Nazorat savollari:
Qarshilik termometrlarining ishlash prinsipini tushintiring.
Qarshilik termometrlarining qanday turlari mavjud?
Qarshilik termometrlari qanday tuzilgan?
Qarshilik termometrlarini ulash usullari qanday?
9-Mavzu: MUVOZANATLASHGAN VA MUVOZANATLASHMAGAN KO‘PRIK SXEMALAR.
Reja:
Logometrlar;
Qarshiliklar o’lchashning ko’prik sxemasi;
Avtomatik muvozanatlashgan ko‘prik sxemalar.
L ogometrlar. Magnitoelektr logometr, ko’pincha, texnikaviy qarshilik termometrlari bilan birgalikda temperaturani o’lchash uchun qo’llaniladi. Logometrning ishlash prinsipi ikki elektr zanjiridagi toklar nisbatini o’lchashga asoslangan. Zanjirlardan biriga qarshilik termometri, ikkinchisiga esa o’zgarmas qarshilik ulangan. 9.1-rasmda logometrning sxemasi keltirilgan. U o’zaro va strelka 3 bilan bikir qilib mahkamlangan ikkita 1 va 2 ramachalardan iborat. Bu ramachalar esa doimiy magnit qutb uchliklari 4 va 5 bilan o’zak orasidagi havo tirqishida joylashtirilgan. Bu tirqish bir tekis qilinmagan, shuning uchun magnit induksiyasi kiymatlari uning turli nuqtalarida (ramachalar va strelkaning burilish burchaklari turlicha bo’lganda) turlicha bo’ladi.
Markazdan qutb uchliklari chetlariga qarab havo tirkishi kamayadi va mos ravishda markazdan qutb uchliklari chetlariga qarab tirqishda magnit induksiyasi o’sadi.
Logometrning ikkala ramachasi bitta o’zgarmas tok manbai YE dan ta’minlanadi, ular aylanuvchi momentlari bir-biriga qarshi yo’naladigan qilib ulangan. Aylanuvchi momentlar M1 va M2 ning qiymati mos ravishda quyidagiga teng:
(9.1)
(9.2)
bunda С1 ва С2 — ramachalarning geometrik o’lchamlari va ulardagi sim o’ramlari soni bilan aniqlanadigan o’zgarmas koeffitsiyentlar; В1 va В2 — ramachalar joylashgan joydagi magnit induksiyalari; I1 va I2 — ramachalardan o’tayotgan tok kuchlari.
Ramachalar qarshiligi teng, ya’ni R1 = R2 va R = Rt bo’lsa, I1 = I2 va M1 = M2 bo’lib, qo’zg’aluvchi sistema muvozanat holatda bo’ladi. Agar termometr qarshiligi uzgarsa, ramachalardan birida tok kuchayadi, shu sababli momentlar muvozanati buziladi, qo’zg’aluvchan sistema esa harakatga keladi. Toki kuchaygan ramacha magnit induksiyasi kichik tirqishga kiradi, ikkinchi ramacha esa magnig induksiyasi katta tirqishga kiradi. Ma’lum bir holatda ramachalar momeiti muvozanatlashadi, ya’ni:
(9.3)
Bu tenglamadan
(9.4)
kelib chiqadi. I1 va I2 ning ta’minlash manbai YE orkali ifodalangan qiymatlarini qo’ysak, quyidagi natijaga ega bo’lamiz:
(9.5)
bo’lgani uchun
. (9.6)
Shuning uchun
(9.7)
R, R1vaR2 — doimiy kattaliklar bo’lgani uchun qo’zg’aluvchan sistemaning burilish burchagi termometr qarshiligi qiymatiga bog’liq:
(9.8)
9.2-rasm. Logometrning
ko’prikli o’lchash sxemasi.
| Shunday qilib, ko’zg’aluvchan siayemaning burilish burchagi yoki M1 va M2 momentlar teng bo’lgandagi (sistemaning muvozanat holati) logometr ko’rsatnshi termometr qarshiligiga bog’liq va ta’minlash kuchlanishiga bog’liq emas.
Tenglamalarni keltirib chiqarishda tayanchlardagi ishqalish, issiqlik o’tkazuvchilarning qarshilik momentlari, qo’zg’aluvchan sistemaning inersiya momentlari va qator boshqa faktorlar e’tiborga olinmadi. Shuning uchun amalda logometrning ko’rsatishi bilan ta’minlash kuchlanishi orasida qandaydir bog’lanish bor.
Logometrning sezgirligini oshirish uchun va temperatura kompensatsiyasini amalga oshirish imkoniyagi bo’lishi uchun simmetrik ko’prikli o’lchash sxemasiga ega bo’lgan logometr qo’llaniladi (9.2-rasm).
Manganindan tayyorlangan o’zgarmas qarshiliklar R3, R4, R5, R6 ko’prik sxemasini tuzish uchun manganin qarshilik R7 qo’zg’aluvchi sistemaning og’ish burchagini to’g’rilash uchun, mis qarshilik R8 temperaturani kompensatsiyalash uchun xizmat qiladi. R6 qarshilikdan ulash simlari qarshiligini hisobiy qiymatlargacha moslash uchun foydalaniladi. Buning uchun Rt qisqa tutashtiriladi. Rk dan esa qiska ulash simi olib tashlanadi. Rk qarshilik logometr shkalasida qizil chiziqcha bilan belgilangan temperaturadagi termometr qarshiligiga teng. Shuning uchun Rk ulanganda, agar ulash simlari qarshiligi hisobiy qarshiligiga teng bo’lsa, Rt o’rniga logometr ko’rsatkichi qizil chiziqchada turishi lozim. Agar bu shart bajarilmasa, unda moslash rezistorlari zanjir qarshiligini logometr ko’rsatkichi qizil chiziqchaga kelguncha o’zgartirishi zarur.
Ko’chma asboblar uchun logometrlarning aniqlik klassi 0,2; 0,5 va 1,0 ni, shchitda o’rnatiladigan statsionar asboblar uchun — 0,5; 1,0; 1,5; 2,0 va 2,5 larni tashkil etadi. Logometrlar ko’rsatuvchi o’ziyozar (12 ta gacha o’lchash nuqtalariga ega; bo’lishi, shuningdek, signal berish va boshqarish uchun qo’shimcha kurilmalari bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |