1.3-chizma. 2018 yilning yanvar-dekabr holatiga O’zbekiston Respublikasi hududlari bo’yicha aholi umumiy daromadlari tarkibi (hudud aholi umumiy daromadlariga nisbatan,%).
3. Bir martalik foydalaniladigan daromad(disposable income) – bu to’g’ri soliqlarning yalpi daromaddan olib tashlanishi bir martalik foydalaniladigan daromadni hosil qiladi.
Bundan tashqari bir martalik foydalanadigan ekvivalent daromad ham mavjud, bu kambag’al va boy aholini darajasini belgilaydi. Ekvivalentlik mavjud daromadga moslashish jarayoni hisoblanadi, bu esa aholining darajasini aniqlashda foydalaniladi.
4. Keyingi daromad turi bu to’g’ri bo’lmagan soliqlarni chegirib tashlash orqali soliqdan keying daromad(post-tax income) hosil bo’ladi. Bu turdagi saliqlar ikki turga bulinadi: oxirgi ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan soliq va oraliq tovarlardan soliq. Oxirgi ishlab chiqarilgan tovar va mahsulotlar iste’molchilarga sotilishi jarayonida, oraliq tovarlar shu mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarishga sarflanadi. Shuni takidlash kerakki, korxonalar ishlab chiqarilgan tovar xizmatlar solig’ni iste’molchilar yelkasiga quyishgan.
Bunda qo’yidagi noto’g’i soliqlarni o’z ichiga oladi:
Alkagol, tamaki mahsulotlariga quyilgan boj to’lovi.
Qo’shimcha qiymat solig’i(VAT).
Iste’mol boji(costumer duties).
Haydovchilik litsenziyasi va h.k.
Qo’shimcha qiymat solig’ini(VAT) asosan iste’molchilar to’laydi va shuning uchun ularning umumiy xarajatlari tovar va xizmatlarga to’langan QQS orqali aniqlaniladi. QQS 3 ta turga bo’linadi: standart, kamaytirilgan va nol stavkadagi qo’shimcha qiymat solig’i. Ko’plab tovarlar asosan standart QQSga kiradi ammo gaz, elector kabi mahsulotlar kamaytirilgan qo’shimcha solig’iga kiradi. Bolalarning kiyimlari, kitoblari esa bu nol stavkadagi QQS i turiga kiradi.
Oraliq tavor va xizmatlarda noto’g’ri soliqga qo’yidagilar kiradi:
Tijorat va sanoat mulki darajasidagi.
Neft boji.
Avtomabil boji.
Yer solig’i va h.k
Iqtisodiyotning ijtimoiy samaradorligi xalq farovonligini ifodalaydi, iqtisodiy tomoni turmush darajasini ifoda etadi.
Aholi turmush darajasi aholining turmush kechirishi uchun moddiy a ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanganligi va ularning ehtiyojlarini to’liq qondirish darajasida aniqlanadi. Turmush darajasi kishilarning turmush tarzi bilan ham bog’liq. Turmush tarzi bu shaxslarning milliy va jahon hamjamiyatidagi faoliyati turi va usullari aks etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya. Turmush tarzi inson hayot faoliyatini qamrab oladi:
Mehnat va uni tashkil etishning ijtimoiy shakllari.
Bo’sh vaqtdan foydalanish shakllari.
Siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtirok etish.
Modiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish.
Shaxlarning kundalik hayotida xulq-atvori me’yorlari va qoidalari.
6311.1
Do'stlaringiz bilan baham: |