O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Andijon mashinasozlik instituti
“Mashinasozlik texnologiyasi” fakulteti
“Iqtisodiyot” yo’nalishi 2-kurs talabasi
Toxirov Muxammadnozimjonning
“Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan
ORALIQ NAZORAT ISHI
Tekshirdi:Bozorova G.
Andijon 2020
Kurs ishi mavzusi: Kredit
Reja
1. Kreditning moxiyati.
2. Kreditning turlari.
3. Kredit institutlari.
4. Ba`zi davlatlarning kredit tizimi
5. Kreditning chegaralari. Kredit foizi va unga ta`sir qiluvchi omillar.
6.Xulosa.
Kirish
Kredit qadimdan ma`lum bo`lib, u dastlab savdoda almashuv jarayonida paydo bo`lgan bo`lib, u avval tovarlarni kreditga sotilishi bilan bog`liq.
Kredit o`z egalari qo`lida vaqtincha bo`sh turgan ayrim qiymat yoki pul mablag`larining boshqalar tomonidan ma`lum muddatga xaq to`lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlar tushuniladi.
Kredit iqtisodiyotda muhim vazifalarni bajaradi, ularning orasida moliya resurslarini qayta taqsimlash asosiy oʻrinda turadi. Kredit yordamida kapitalni bir tarmoqdan ikkinchisiga, bir mulkdordan boshqasiga oqib oʻtishi taʼminlanadi. Shu bilan ishlab chiqarishni kengaytirish, iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, mablagʻlarni kapital qoʻyishning eng foydali va istiqbolli yoʻnalishlarida toʻplash imkoniyatlari yuzaga keladi. Kredit resurslarini banklar tomonidan tartibga solish mexanizmlari yordamidapul aylanmasi toraytiriladi yoki ken-gaytiriladi, toʻlovga qrbil talabning koʻpayishi yoki qisqarishi yuz beradi, bu esa, oʻz navbatida, ishlab chiqarish rivojiga ragʻbat beradi
Kredit munosabatlarining obʼekti jamiyatda vaqtincha boʻsh turgan pul mablagʻlaridir. Takror ishlab chiqarish jarayonida tovarlar, iqtisodiy resurslar va pul mablagʻlarining doiraviy aylanishi kredit munosabatlarining mavjud boʻlishini taqozo qiladi. Shu bilan birga doiraviy aylanish jarayonida muqarrar suratda vaqtincha boʻsh turadigan pul mablagʻlari va boshqa pul resurslari kredit mablagʻlarining manbaini tashkil qiladi.
Kredit munosabatlarining subyektlarga yoki kreditlarning turlariga nisbatan aniq ko`rsatkichlar shaklida belgilab qo`yiladigan kreditdan foydalanishning qat`iy chegarasi kreditlash chegarasi deyiladi. Masalan, kreditning hajmi va yalpi ijtimoiy mahsulot hajmi o`rtasidagi nisbatdan foydalanib kredit chegarasini belgilash mumkin. Bu ko`rsatkichning optimal darajasi korxonani kreditga layoqatligini hisobga olgan holda kreditlashdir. Bunga har xil normativlarni qo`llash, bir mijozga beriladigan kredit miqdorini cheklash kabi tadbirlarni kiritish mumkin.
Kreditning asosiy sharti - bu qarz uchun haq to`lash. Bu xaq qarz summasining yig`indisiga nisbatan foiz hisobida olinganidan uni qarz foizi yoki kreditning foiz stavkasi deb yuritiladi. Foiz miqdori kreditning turi, uni to`lash muddati, olingan qarzni o`z vaqtida uzilishiga bog`liq. Masalan, tijorat kreditining foiz stavkasi odatda, bank kreditining foiz stavkasidan past bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |