Oraliq nazorat ishi


Kreditning chegaralari. Kredit foizi va unga ta`sir qiluvchi omillar



Download 112,11 Kb.
bet4/7
Sana26.07.2021
Hajmi112,11 Kb.
#129342
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Toxirov M.

Kreditning chegaralari. Kredit foizi va unga ta`sir qiluvchi omillar

Kredit munosabatlarining subyektlarga yoki kreditlarning turlariga nisbatan aniq ko`rsatkichlar shaklida belgilab qo`yiladigan kreditdan foydalanishning qat`iy chegarasi kreditlash chegarasi deyiladi. Masalan, kreditning hajmi va yalpi ijtimoiy mahsulot hajmi o`rtasidagi nisbatdan foydalanib kredit chegarasini belgilash mumkin. Bu ko`rsatkichning optimal darajasi korxonani kreditga layoqatligini hisobga olgan holda kreditlashdir. Bunga har xil normativlarni qo`llash, bir mijozga beriladigan kredit miqdorini cheklash kabi tadbirlarni kiritish mumkin. Kreditning quyidagi chegaralari mavjud:

        1. Kreditning ichki chegarasi - kreditning turli shakllarga ega ekanligidan kelib chiqadi (banklar, tijorat va boshqalar). Kreditning ichki chegarasi miqdor jihatdan kreditning har bir shakliga bo`lgan talabga, korxona va xalq xo`jaligining ehtiyojiga va kredit resurslarining mavjudligiga bog`liq

        2. Kreditning qayta taqsimlash chegarasi iqtisodiyotda mavjud kredit resurslarining hajmi bilan belgilanadi.

Kreditning antitsipatsiyaviy chegarasi. Kredit yordamida pul jamg`armalarini hosil qilish imkoniyatlarini so`ngi chegarasi antitsipatsiya deb yuritiladi va bu imkoniyat uning barcha shakllarida namoyon bo`ladi.

Kreditning asosiy sharti - bu qarz uchun haq to`lash. Bu xaq qarz summasining yig`indisiga nisbatan foiz hisobida olinganidan uni qarz foizi yoki kreditning foiz stavkasi deb yuritiladi. Foiz miqdori kreditning turi, uni to`lash muddati, olingan qarzni o`z vaqtida uzilishiga bog`liq. Masalan, tijorat kreditining foiz stavkasi odatda, bank kreditining foiz stavkasidan past bo`ladi.

O`zbekiston Respublikasi hududida banklar tomonidan xo`jalik subyektlarini qisqa muddatli kreditlashni tashkil etish tartibi to`g`risidagi Nizomga binoan (Toshkent, 2001 y) foiz stavkasi bank bo`yicha hisobot oyi boshiga bo`lgan o`rtacha foiz stavkasiga Markaziy bank tomonidan tartibga solinadigan foyda normasini hisobga olgan holda belgilanadi.

Adabiyotlarda kreditning nominal va real foiz stavkalari tushunchalari mavjud. Nominal foiz stavkasi deganda kredit shartnomasi- da ko`zda tutilgan foiz stavkalari tushuniladi.



Real foiz stavkasi ═ nominal foiz stavkasi - inflyatsiya darajasi.

Bundan tashqari kreditning qat`iy belgilangan va suzib yuruvchi foiz stavkalari tushunchalari ham mavjud.

Qat`iy belgilangan foiz stavkalari kredit shartnomasi bajarilgunga qadar o`zgarmasdan qoladi. Bunda bank o`zining aktivlarini ma`lum qismini yo`qotishi mumkin. Suzib yuruvchi stavkada foiz stavkalariga tegishli o`zgarishlarni hisobga olgan holda o`zgartirishlar kiritib boriladi.

Xalqaro kreditlar bo`yicha foiz stavkalari jaxon ssuda kapitallari bozorida aniqlanib, bu bozorlarning asosiy qismi London, Tokio, Nyu York, Frankfurt-na-Mayne, Parij, Bryussel shaharlarida joylashgan.

Umuman kreditlar bo`yicha foiz stavkalari turli omillar ta`sirida o`zgarib turadi. Shunday omillarning asosiylari bo`lib quyidagilar hisoblanadi:

  1. Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi.

  2. Pul bozoridagi talab va taklifning nisbati. Talab oshsa, foiz ortadi, taklif oshsa u kamayadi.

  3. Qarzga olinadigan pulni ishlatishdan kutiladigan naf darajasi. Ko`proq naf keltirsa, foiz yuqori va aksincha.

  4. Qarzni to`lash muddati va sharti. Qarz uzoq muddatga berilib uni asta-sekin kichik qismlar bilan qaytarilsa, qarzdor yuqori foizga rozi bo`ladi va aksincha.

  5. Qarzni qanday pul bilan berilishi. Qarz erkin konvertirlangan valyutada berilsa foiz yuqori va aksincha.

  6. Inflyatsiya darajasi. Bunda foiz darajasi inflyatsiya darajasiga nisbatan to`g`ri mutanosiblikda o`zgaradi.

  7. Pulni qarz berishdan ko`ra boshqa yo`sinda ishlatishdan tushadigan daromad. Bunda pul egasining afzal ko`rish prinsipi amal qiladi. Masalan, agar aksiya bo`yicha dividend yuqori bo`lsa foiz pasayadi va aksincha.

  8. Qarz berishning xatar darajasi. Agar qarzning qaytib kelishi kafolatlansa foiz past, agar uni qaytishi shubxali bo`lsa foiz yuqori bo`ladi va boshqa omillar.



Download 112,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish