Kurs ishining ob'yekti. Inflatsiya va yurtimizda uning ta’sirini kamaytirish borasida olib borilayotga chora tadbirlar.
Kurs ishining predmeti. Inflyatsiya va uning sabablari.
Kurs ishining maqsadi. Inflatsiyani mohiyatini anglash va kelib chiqish sabablarini tahlil qilish, shuningdek inflatsiya darajasini kamaytirish uchun yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni urganish va bu borada tegishli xulosalar chiqarish.
1-bob Inflatsiya haqida nazariy ma'lumotlar.
1.1 Inflatsiya mohiyati va hisoblash usullari.
Inflatsiya so'zi lotincha bulib, lug'aviy ma'nosi " shishish", "burtish", mantiqan pulning qadrsizlanishi va narx navoni muntazam oshib borishini anglatadi.
Bu suz XIX asrning urtalarida iqtisodiy termin sifatida iqtisodchilar tomonidan ishlatilgunga qadar, u tibbiyotda xavfli usma kasaliligini anglatib kelgan.
Tarix haqiqatda ham bu so'zni juda xavfli ekanligini kursatdi.Chunki inflatsiya shunchaki alohida olingan bozorda tovarlar va xizmatlar narxini usishidangina iborat bulmasdan, bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir. Inflatsiya suzining iqtisodiy ma'nosi - muomalada mavjud bulgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan ko'p chiqarishga aytiladi.
Inflatsiya so'zi Pul muomalasi sohasida AQSHning Janubiy va Shimoliy shtatlari o'rtasida fuqorolar urushi vaqtida muomalaga juda ko'p miqdorda qog'oz dollar chiqarilgan vaqtdan boshlab qullanila boshlangan. Ularning sotib olish qobiliyati ikki yildan keyin 50 foizlargacha tushib ketgan. Tarixda urush va boshqa ofatlar sababli davlat xarajatlarining oshib ketishi kuzatilgan. Masalan , Angliyada kuchli inflatsiya XIX asrning boshida Napoleon bilan urush davrida, Fransiyada fransuz revolutsiyasi davrlarida, Rossiyada XIX asrning urtalarida namoyon buladi. Germaniyada juda yuqori inflatsiya 1923 yillarda bulib, muomaladagi pul massasi 496 kvintirillion markagacha yetgan pul birligi trillion martaga qadrsizlangan.
Inflyatsiya –ma’lum davr mobaynida mamlakatda baholar о‘rtacha (umumiy) darajasining barqaror о‘sishi, pul xarid qobiliyatining uzoq muddatli pasayishidir. Inflyatsiya bozor iqtisodiyotining asosiy izdan chiqaruvchi omillari jumlasiga kiradi, uning sur’ati qanchalik yuqori bо‘lsa, iqtisodiyotga xavfli ta’siri shunchalik katta bо‘ladi. Ayniqsa bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga о‘tayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaning iqtisodiyotga ta’siri ancha xavfli! Chunki, bu davr narxlarning erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasi keskin oshib ketishi bilan bog’liq.
Keynschlar maktabi namoyondalari bunday nomutanosiblikning sababi to’liqbandlik sharoitida talabning haddan ziyod bo’lishida deb bilishadi. Shu sababli ular ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi past bo’lsa byudjettaqchilligi va qo’shimcha pul chiqarish yo’li bilan xarid qobiliyatini, boshqacha aytganda yalpi talabni ko’paytirish inflyatsiyaga olib kelmaydi deb hisoblashishadi.
Neoklassik yondoshuv tarafdorlari inflyatsiyaning manbai ishlab chiqarishning haddan ziyod o’sishida, ishlab chiqarish xarajatlarining ko’payishida deb bilishadi. Demak keynschilar inflyatsiyaga talab tomonidan, neoklassiklar esa taklif tomonidan yondoshishadi.
Agar iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlar massasi yalpi talabga nisbatan sekinroq o’ssa, yoki yalpi talab ko’paygani holda o’zgarmasdan tursa, bu nomutanosiblik narxlar darajasining ko’tarilishi orqali bartaraf etiladi. Oqibatda pul birligining xarid qobiliyati pasayadi va milliy iqtisodiyotning qo’shimcha pul massasiga ehtiyoji paydo bo’ladi.
Inflyatsiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi, balki butun takro ishlab chiqarish mexanizmining kasali, makroiqtisodiy buzilishlar natijasidir. Narxlarning o’sishi, pul birligi xarid qobiliyatining pasayishidan tashqari inflyatsiya namoyon bo’lishining quyidagi uch belgisi ham bor. Bular:
Valyuta kurslarining o’zgarishi;
Kredit berish shartlarining qimmatlashuv va muddatlarining qisqarishi tomon o’zgarishi;
Kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste’mol savati narxsining o’sishi.
Inflyatsiya narx indekslari - deflyator va iste’mol narxlar indeksi yordamidaaniqlanadi. Narxlar o’rtacha (umumiy) darajasining nisbiy o’zgarishi inflyatsiya darajasi (narxlarning o’sish sur’ati) deb ataladi. Makroiqtisodiy modellarda inflyatsiyadarajasi quyidagicha ifodalanishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |