Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti innovatsion iqtisodiyot kafedrasi



Download 0,96 Mb.
bet6/15
Sana31.12.2021
Hajmi0,96 Mb.
#236307
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
kursishimikro

Taklif inflyatsiyasi - bu mamlakat iqtisodiyotida tovar va xizmatlar taklifining kamayishi natijasida tovar va xizmatlar narxlarining oshishidan paydo bo’ladi. Bunday hollarda ortiqcha talab bo’lmasa ham tovarlarning narxlari oshib boradi. Hatto ish bilan bandlik va YaIM ishlab chiqarish kamaygan yillari tovarlarning narxi oshadi. Jami taklif qisqarishining asosiy sababi mahsulot birligiga sarflangan xarajatlarning o’sishi hisoblanadi. Bunda nominal ish haqi, xomashyo va yoqilg’i narxlarining oshishi natijasida ishlab chiqarish tannarxi ham oshadi. Taklif inflyatsiyasining kelib chiqishiga, shuningdek, taklif mexanizmining buzilishi ham ta’sir qiladi. Taklif mexanizmi esa tasodifiy holda asosiy ishlab chiqarish omillari narxsining keskin ko’payishidan kelib chiqadi. Iqtisodchi olimlarning fikriga ko’ra, taklif inflyatsiyasi o’z-o’zini cheklaydi. Ishlab chiqarishning pasayishi xarajatlarning qo’shimcha o’sishini cheklaydi, chunki ishsizlikning o’sishi nominal ish haqining asta-sekin pasayishiga olib keladi. Inflyatsiyani real daromadlar darajasiga ta’siri u kutilayotgan yoki kutilmayotganiga ham bog’liq. Kutilayotgan inflyatsiya sharoitida daromad oluvchi inflyatsiyaning u olayotgan daromadga ta’sirini kamaytirish, ya’ni real daromadi darajasini saqlab qolish chorasini ko’radi.

Kutilmagan inflyatsiya daromadlarni debitorlar va kreditorlar o’rtasida kreditorlar foydasiga qayta taqsimlaydi. Shuningdek kutilmagan inflyatsiya daromadlarni qayd qilingan daromad oluvchilar va qayd qilinmagan daromad oluvchilar o’rtasida keyingilari foydasiga qayta taqsimlaydi. Talab va taklif inflyatsiyasini qat’iy chegaralash qiyin. Ba’zida bu ikki turdagi inflyatsiya bir-biri bilan qo’shilib ketadi. Masalan, talab inflyatsiyasi sharoitida yollanma ishchilar kutilayotgan inflyatsiya darajasini e’tiborga olib ish haqilari oshirilishini mehnat shartnomalariga kiritadilar. Bu esa mahsulot tannarxini oshirib taklif inflyatsiyasini keltirib chiqaradi. Tovarlar taklifning kamayishini kuzatayotgan iqtisodiy agentlar pul mablag’larini tovarlarga aylantirishga shoshadilar. Bu holat talab inflyatsiyasi ko’rinishini keltirib chiqaradi. Bunday ketma-ketlik oxir-oqibat giperinflyatsiyani keltirib chiqarishi mumkin. Giperinflyatsiya boshqarib bo’lmaydigan inflyatsiya jarayoni bo’lib, ishlab chiqarish va bandlik darajalariga halokatli ta’sir korsatadi. Yillik sur’ati bir necha o’n yoki yuz foizni tashkil etgan inflyatsiya pul tizimining boshlanayotgan yoki kuchayayotgan inqirozi belgisidir. Giperinflyatsiya uning halokatini, butun bozor mexanizmi falajlanishini anglatadi. Giperinflyatsiyaning rasmiy mezoni amerikalik iqtisodchi Filipp Kegan tomonidan kiritilgan. F. Kegan giperinflyatsiyaning boshlanishi deb narxlarning birinchi bor 50% dan oshgan oyni, tugallanishi deb esa narxlarning o’sishi bu sur’atdan pasaygan va shundan so’ng kamida bir yil davomida undan oshmagan oydan oldingisini hisoblash kerak deb taklif qilgan. Giperinflyatsiya sharoitida pul o’zining qiymat o’lchovi va almashinuv vositasi singari funktsiyalarini bajarolmay qoladi. Normal iqtisodiy munosabatlar buziladi. Mablag’lar ishlab chiqarishga emas, balki tovar-moddiy boyliklari jamgarishga yo’naltiriladi.




Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish