Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati. ..........................................32
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Inflatsiyaga oid ba'zi tushuncha va tamoyillar hamda mavjud inflatsiya turlarini mohiyatini ochib berish va unga qarshi kurashishda yurtimizda bo'layotgan amaliy ishlarni yoritib berish, tegishli xulosalar shakllantirish hamda ularning negizida amaliy ko'nikmalarga ega bo'lish kurs ishi mavzusini o'rganishda muhim ahamiyati kasb etadi.
Inflatsiyaning har tomonlama oshib ketishi mamlakatda sotsial va iqtisodiy jihatdan qarama qarshiliklar vujudga kelishiga olib keladi. Shuning uchun davlat inflatsiyaning oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqishi kerak. Inflatsiyaga qarshi kurashishning asosiy shakllari - inflatsiyaga qarshi siyosat va pul islohotidir.
Oldingi markazlashgan , rejali boshqaruvga asoslangan iqtisodiy tizimda pul muomalasi rejalashtirish asosida boshqarib kelingan. Aholining daromadi va harajatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirib turilgan. Tovar ishlab chiqarishni kengaytirish, aholiga kreditga tovar berish, baholar tizimini uzgartiring turish va hakazolar. Barcha jarayonlar davlat tomonidan boshqarilgani tufayli pul muomalasi qonun buzulganda davlat o'z vakolati doirasida narxlarni uzgartirish yuli bilan, pul reformasi bilan pul muomalasini tartibga solib turgan.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aytganidek: inflyatsiya darajasini 5 foizga kamaytirmasak, odamlar bizdan rozi bo’lmaydi. Inflyatsiya darajasini 5 foizgacha kamaytirish hukumat oldida turgan eng katta masala. "Inflyatsiya darajasini 5 foizgacha kamaytirish eng katta masala. Kelgusi besh yilda inflyatsiyani 5 foizgacha kamaytirmasak, odamlar bizdan rozi bo’lmaydi. Bu juda muhim, juda nozik masala iqtisodiyotni tushungan odamlar buni yaxshi anglaydi .Necha yillar davomida ura-ura qilib, inflyatsiya ko’rsatkichlarini qalam bilan yozib yurdik. Bari noto’g’ri ko’rsatkichlar bo’lgan. Nega deb so’rasangiz, biz biror marta narx-navolarni ko’rib chiqmaganmiz."1
O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 avgust kuni mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha 2019 yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilish hamda 9 oy va yil yakuni bo’yicha belgilangan prognoz parametrlariga erishishni ta'minlaydigan ustuvor vazifalarga bag’ishlangan kengaytirilgan yig’ilish o’tkazildi.
Inflatsiya darajasini yanada pasaytirish borasidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi aholi turmush darajasini yaxshilash va barqaror iqtisodiy o’sish uchun sharoitlar yaratishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar samaradorligini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi.
Xalqaro tajriba bozor iqtisodiyoti sharoitida pul-kredit siyosatini yuritishning samarali usullaridan biri inflatsion targetlash rejimi ekanligini ko’rsatmoqda, bunda pul-kredit bozoridagi markaziy bankning faol ishtiroki, shuningdek, iqtisodiy rivojlanishning muntazam tahlili va davlat siyosati rejalarining keng yoritib borilishi inflatsiyaning miqdoriy maqsadlariga erishishni ta’minlaydi
Hozirgi kunda inflyatsion targetlash pul-kredit siyosatini olib borishning eng ommabop usullaridan biri bo'lib, ushbu usul jahondagi 40 dan ortiq mamlakatlarda qo'llanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |