Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti innovatsion iqtisodiyot kafedrasi


Inflatsiyaning kelib chiqish sabablari



Download 0,96 Mb.
bet7/15
Sana31.12.2021
Hajmi0,96 Mb.
#236307
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
kursishimikro

1.3 Inflatsiyaning kelib chiqish sabablari.

Inflyatsiyani vujudga keltiruvchi quyidagi sabablarni qayd qilish mumkin:

1. Davlat byudjeti taqchilligi. Davlat о‘z xarajatlarini daromadlari bilan qoplay olmaydigan sharoitda byudjetda taqchillik (defitsit) hosil bо‘ladi. Buni davlat ortiqcha emissiya, ya’ni pul chiqarish hisobidan qoplaydi. Natijada tovar va xizmatlar bilan ta’minlanmagan qо‘shimcha pul mablag‘lari vujudga keladi. Bu esa о‘z navbatida pulning qadrsizlanishiga olib keladi.

2. Kreditning haddan tashqari rivojlanib ketishi, moddiy ne’matlar yaratish bilan bog‘liq bо‘lmagan xarajatlar uchun berilgan kreditlarning tez sur’atlar bilan о‘sishi muomiladagi pul massasining о‘sishiga olib keladi.

3. Pulga nisbatan xalq ishonchininng yо‘qolishi, davlatning ulkan noishlab chiqarish xarajatlari, qurollanishga berilish, bozorda talabga javob bermaydigan tovarlarning kо‘payib ketishi natijasida ham pul qadrsizlanadi.

4. Mamlakat tо‘lov balansining holati. Passiv tо‘lov balansi doimo konvertirlashgan chet el valyutasiga bо‘lgan talabni oshiradi.

5. Ishlab chiqarish jarayoni nomutanosibliklarning sodir bо‘lishi. Ishlab chiqarish sustlashib, taklif talabdan orqada qoladi, ishlab chiqarish ham resurslardan foydalanmasa, tovar takliflari pulni tо‘ydira olmaydi, tovarga chanqoq pullar о‘z tashnaligini qondira olmaydi, ya’ni pul qadrsizlanadi.



Baholarning о‘sishi, pul birligi xarid qobiliyatining pasayishidan tashqari inflyatsiya namoyon bо‘lishining quyidagi uch belgisi ham bor. Bular:

1) valyuta kurslarining о‘zgarishi;

2) kredit berish foizining oshishi, miqdorining kamayishi va muddatining qisqarishi;

3) kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste’mol savati bahosining о‘sishi



Lex.uz saytiga ko'ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-noyabrdagi PF-5877-son Farmoniga 2-ILOVA inflatsiya omillarining batafsil tahlili va bajarilishi kerak bulgan ishlar tahlili to'la bayon etilgan:

Tartibga solinadigan narxlar (tariflar) hamda davlat sektorida ish haqining yillik oshirib borilishi, shuningdek, pul-kredit siyosatining o’ziga xosliklari (iqtisodiyotdagi pul massasi o’sishi bilan birgalikda oltin-valyuta zaxiralarining jamg’arib borilishi, milliy valyutaning doimiy devalvatsiyasi va spekulyativ kursli parallel valyuta bozorining mavjudligi) respublikada oldingi yillarda shakllangan inflatsiyaning fundamental omillari bo’lib hisoblanib kelmoqda. Yillar davomida yig’ilib kelgan investitsion yetishmovchilik va iqtisodiyotda shakllangan nomutanosibliklar mamlakatni rivojlantirishning yangi bosqichida ushbu muammolarni hal qilish uchun muhim qadamlar tashlashni taqozo etmoqda. Iqtisodiyotdagi ushbu ijobiy tarkibiy o’zgarishlar sharoitida iqtisodiyotda inflatsiya bosimining obyektiv (muqarrar) shakllanishi kuzatildi. Ushbu jarayonda quyidagilar asosiy omillar sifatida namoyon bo’lmoqda:

a) oshirilgan iqtisodiy, kredit va investitsion faollik. Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini modernizatsiya qilish vazifalari, hududlarda aholi turmush sharoitlarini yaxshilash zaruriyati, agrar sohadagi islohotlar, davlat sektorida ish haqi darajasidagi tuzatishlar, tadbirkorlik faoliyati rivojlanishi va aholining ozini-o’zi ish bilan ta’minlashi uchun shart’sharoitlar yaratish bo‘yicha choralar iqtisodiyotga sezilarli moliyaviy resurslar yo‘naltirilishini talab etdi;

b) tartibga solinadigan narxlarni erkinlashtirish. Narxlarni tartibga solish tizimini isloh qilish va bozor narxlarini shakllantirishga ushbu tovar va xizmatlarning mazkur guruh tomonidan inflatsion bosimini shakllantiradi. Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, narxlarni erkinlashtirish jarayonining kechiktirilishiislohotlar samaradorligini pasaytirishi va natijada uzoq muddatli inflatsion kutilmalarni yuzaga keltirishi mumkin. Tartibga solinadigan narxlarni bozor darajasiga yetkazish iqtisodiyotning tegishli sektoriga xususiy kapitalni jalb qilishni ta’minlashga imkon beradi. Bunda, narxlarning ma’muriy tartibga solish tizimining isloh qilinishi va tariflarning bosqichma-bosqich oshirib borilishi mazkur tovarlar va xizmatlar guruhi tomonidan malum darajadagi inflatsion bosimni yuzaga keltirishi mumkin;

d) nominal ish haqlarining korrektirovkasi. So’nggi ikki yilda aholi real daromadlarining o’rtacha yillik o’sishi 10-12 foizni tashkil etdi. Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi uning ayrim sohalarida malakali mutaxassislarga bolgan talabi natijasida ularning ish haqlari sekin-asta oshib borishiga olib keldi;

e) tashqi savdoni erkinlashtirish hamda tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va tovarlar transchegaraviy olib o’tilishining soddalashtirilishi. Tashqi savdoning erkinlashtirilishi va importning o’sishi sharoitida valyuta kursining o’zgarishi ham import, ham mahalliy tovarlar narxlarining shakllanishiga sezilarli ta’sir ko’rsatdi.

2018-yilda nisbatan barqaror valyuta kursi sharoitida bazi tovarlar importi narxlar barqarorlashuviga ta’sir ko’rsatgan bo’lsa, meva va sabzavotlar narxlari qo’shni davlatlardagi narxlar darajasigacha korrektirovka qilinib oldi. Ayni vaqtda, joriy yilda devalvatsiyaning tezlashishi iqtisodiyotdagi narxlar darajasiga salbiy ta’sir ko’rsatdi.

Makroiqtisodiy barqarorlik, sifatli iqtisodiy o’sishga va past darajadagi inflatsiyaga erishish nafaqat pul-kredit siyosati instrumentlarini qo’llash orqali, balki quyidagilarni o’z ichiga olgan kompleks yondashuv bilan ta’minlanadi:



  • mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatdoshligini oshirishga urg’u bergan holda, tartibga solinadigan narxlarni bosqichma-bosqich erkinlashtirish;

raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga o’tishni tezlashtirish hamda tovar va xizmatlarning to’laqonli bozorini shakllantirish orqali iqtisodiyot tarmoqlaridagi tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishni davom ettirish;

  • ishlab chiqarish, transport va ijtimoiy infratuzilmani kengaytirish va modernizatsiya qilish;

  • xususiy investitsiyalar kirishini ko’paytirish va moliya bozorini rivojlantirish orqalimoliyaviy resurslarning samarali qayta taqsimlanishini ta’minlash, shuningdek, moliya bozorida uzoq muddatli pullar manbasini shakllantirish.2


Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish