83
mumkin. Ekstraksiyalash jarayoni uzlyuksiz rejim bilan olib borilganda
regeneratsiya qilingan erituvchi uzlyuksiz ravishda aralashtirgichga qaytariladi.
Ushbu usul tarqalish koeffitsiyentining qiymati katta bo‘lgan
sharoitda
qo‘llaniladi.
5-rasm.
Bir pog‘onali ekstraksiyalashning sxemasi:
1–aralashtirgich; 2–tindirgich; F–dastlabki eritma; A,V–aralashma komponentlari; S–
ekstragent; E–ekstrakt; R–rafinat.
6-rasmda har bir pog‘onada toza erituvchini ishlatishga asoslangan ko‘p
karrali ekstraksiyalashning sxemasi ko‘rsatilgan. Bunday jarayon bir necha
pog‘onalarda olib borilib, ikkinchi pog‘onadan keyingi hamma pog‘onalarda
dastlabki aralashma sifatida oldingi pog‘onalardan olingan rafinatlar (R
1
, R
2
,
R
3
,…, R
n-1
)
ishlatiladi. Toza holdagi ekstragentning
umumiy miqdori bir
necha bo‘laklar (S
1
, S
2
, S
3
, …, S
n
)
ga bo‘linib, parallel ravishda hamma
pog‘onalarga beriladi. Кeyingi har bir pog‘onaga dastlabki eritma sifatida
uzlyuksiz ravishda konsentratsiyasi pasayib borayotgan rafinatlar (R
1
, R
2
, R
3
,
…, R
n-1
)
beriladi, shu sababdan ekstraktning
konsentratsiyasi birinchi
pog‘onadan (E
1
) oxirgi pog‘onagacha (E
n
) kamayib boradi. Yuqori darajadagi
toza rafinat olish uchun katta hajmdagi toza ekstragent kerak
6-rasm.
Кo‘p pog‘onali va erituvchini parallel ravishda ishlatishga asoslangan
ekstraksiyalashning sxemasi:
1,2,3, n – pog‘onalar;S
1
, S
2
, S
3
,…..,S
n
– pog‘onalarga berilayotgan rafinatlar; E
1
, E
2
,
E
3
,......,E
n
– pog‘onlardan uzatilayotgan ekstraktlar.
F=A+B
A+B
R
E
R
E
1pog‘ona
поg‘ана
ли
84
bo‘ladi, bu holat rafinatni regeneratsiya qilish jarayonini qimmat-lashishiga olib
keladi. Shu sababdan, ushbu usuldan sanoatda juda kam foydalaniladi.
Кo‘p pog‘onali qarama-qarshi oqimli ekstraksiyalashning sxemasi 7-
rasmda ko‘rsatilgan. Qurilma bir-biri bilan ketma-ket bog‘langan n-ta
pog‘onalardan tashkil topgan. Dastlabki eritma G‘
va ekstragent S
qarama-
qarshi yo‘nalishga ega bo‘lib, oxirgi tarkibi E
1
ga teng bo‘lgan ekstrakt birinchi
pog‘onadan, oxirgi tarkibi R
n
ga teng bo‘lgan rafinat esa n – pog‘onadan
uzatiladi. Ekstraksiyalashning ushbu usuli texnikaviy-iqtisodiy jihatdan katta
afzalliklarga
ega
bo‘lganligi
sababli
sanoatda
keng
ishlatiladi.
Ekstraksiyalashning ko‘p pog‘onali va qarama-qarshi yo‘nalishli usuli kolonnali
ekstraktorlarda va aralashtirgich-tindirish uskunalarida amalga oshiriladi.
7-rasm.
Кo‘p pog‘onali va qarama-qarshi oqimli ekstraksiyalashning sxemasi:
1,2,....., n –1, n – pog‘onalar; E
1
– birinchi pog‘onadan
chiqayotgan ekstrakt; R
n
–oxirgi
pog‘onadan chiqayotgan rafinat.
Oxirgi yillarda suyuqliklarni ekstraksiyalash uchun sanoatda flegma
yordamida ishlaydigan qarama-qarshi yo‘nalishli va ikkita erituvchidan
foydalanishga asoslangan usullar ham keng qo‘llanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: