Qarshi muhandislik iqtisodiyot institui neft va gaz fakulteti «texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi


Uzlyuksiz ishlaydigan rektifikatsion qurilmalar



Download 6,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/163
Sana25.04.2022
Hajmi6,47 Mb.
#581207
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   163
Bog'liq
neftkimyo va neft - gazni qayta ishlash jihozlari fani boyicha maruzalar matni

Uzlyuksiz ishlaydigan rektifikatsion qurilmalar. 
Bunday qurilmalar 
sanoatda keng ishlatiladi. Uzlyuksiz ishlaydigan rektifikatsion qurilmaning 
prinsipial sxemasi 6-rasmda ko‘rsatilgan. Qurilmaning asosiy qismi 
rektifikatsion kolonnadir. Кolonna silindrsimon shaklda bo‘lib, uning ichiga
tarelkalar yoki nasadkalar joylashtirilgan bo‘ladi.
Dastlabki aralashma odatda isitkichda qaynash haroratigacha isitiladi
so‘ngra kolonnaning ta’minlovchi tarelkasiga beriladi. Ta’minlovchi tarelka 
kolonnani ikki qismga (yuqorigi va pastki kolonnaga) bo‘ladi. Yuqorigi 
kolonnada bug‘ning tarkibi yengil uchuvchan komponent bilan to‘yinib boradi, 
natijada tarkibi toza yengil uchuvchan komponentga yaqin bo‘lgan bug‘lar 
deflegmatorga beriladi. Pastki kolonnadagi suyuqlik tarkibidan maksimal 
miqdorda yengil uchuvchan komponentni ajratib olish kerak, bunda 
qaynatgichga kirayotgan suyuqlikning tarkibi asosan toza holdagi qiyin 
uchuvchan komponentga yaqin bo‘lishi kerak. 
Shunday qilib, kolonnaning yuqorigi qismi bug‘ tarkibini oshiruvchi qism 
yoki yuqorigi kolonna deb ataladi. Кolonnaning pastki qismi esa suyuqlikdan 
yengil uchuvchan komponentni maksimal darajada ajratuvchi qism yoki pastki 
kolonna deb ataladi. 
Kondensat 
Dastlabki 
aralashma 
Bug‘ 
Qoldiq 
Suv 
Suv 
Distillyat 









38 
6-rasm.
Uzlyuksiz ishlaydigan rektifikatsion qurilma sxemasi: 
1–isitkich; 2–rektifikatsion kolonna; 3–deflegmator; 4–ajratgich; 5–sovitkich;
6–distillyat uchun yig‘gich; 7–qaynatgich; 8–qoldiq mahsulot uchun yig‘gich. 
Кolonnaning pastidan yuqoriga qarab bug‘lar harakat qiladi, bu bug‘lar 
kolonnaning pastki qismiga qaynatgich orqali o‘tadi. Qaynatgich odatda 
kolonnaning tashqarisida yoki uning pastki qismida joylashgan bo‘ladi. Bu 
issiqlik almashgich yordamida bug‘ning yuqoriga yo‘nalgan oqimi hosil 
qilinadi. Кolonnaning tepasidan pastga qarab suyuqlik harakat qiladi. Bug‘lar 
deflegmatorda kondensatsiyaga uchraydi. Deflegmator sovuq suv bilan 
sovitiladi. Hosil bo‘lgan suyuqlik ajratkichda ikki qismga ajratiladi. Birinchi 
qism – flegma kolonnaning yuqorigi tarelkasiga beriladi. Shunday qilib, 
kolonnada suyuq fazaning pastga yo‘nalgan oqimi yuzaga keladi. Ikkinchi qism 
– distillyat sovitilgandan so‘ng yig‘gichga yuboriladi. 
Deflegmatorda bug‘lar to‘la yoki qisman kondensatsiyaga uchraydi. 
Birinchi holda kondensat ikkiga bo‘linadi. Birinchi qism – flegma kolonnaga 
qaytariladi, ikkinchi qism esa distillyat (rektifikat yoki yuqorigi mahsulot) 
sovitkichda sovitilgandan so‘ng yig‘ish idishiga yuboriladi. Ikkinchi holda esa 
deflegmatorda 
kondensatsiyaga 
uchramagan 
bug‘lar 
sovitkichda 
kondensatsiyalanadi va sovitiladi; bu holda ushbu issiqlik almashgich distillyat 
uchun kondensator – sovitkich vazifasini bajaradi. 
Кolonnaning pastki qismidan chiqayotgan qoldiq ham ikki qismga 
bo‘linadi. Birinchi qism qaynatkichga yuboriladi, ikkinchi qism (pastki 
mahsulot) esa sovitkichda sovitilgandan so‘ng yig‘ish idishiga tushadi. 
Rektifikatsion qurilmalar odatda nazorat-o‘lchash va boshqaruvchi asbob-
Kondensat 
Dastlabki 
aralashma
Bug
‘ 
Suv 
Suv 
Kondensat 
Qоldiq 
Distillyat 







Bug‘



39 
uskunalar bilan jihozlangan bo‘ladi. Bu asbob-uskunalar yordamida qurilmaning 
ishini avtomatik ravishda boshqarish va jarayonni maqbul rejimlarda olib borish 
imkoni paydo bo‘ladi. 
REКTIFIКATSION КOLONNANING MODDIY BALANSI 
Rektifikatsiya jarayonini hisoblash va tahlil qilishda fazalar tarkibi va 
miqdori mol ulushlarda ifodalanadi. Hisoblash ishlarini osonlashtirish uchun 
quyidagi shartlar qabul qilinadi: 1) kolonnadan chiqib, deflegmatorga kirayotgan 
bug‘ning tarkibi (u
d
) va kolonnaga qaytib tushayotgan flegmaning tarkibi (x
d

bir xil qiymatga ega, ya’ni u
d
=x
d
; 2) qaynatgichdan chiqib, kolonnada 
ko‘tarilayotgan bug‘ning tarkibi kolonnaning pastki qismi (kub-bug‘latgich) dan 
chiqayotgan suyuqlikning tarkibiga teng, ya’ni u
w
=x
w

7-rasmda ko‘rsatilgan sxemaga ko‘ra rektifikatsion kolonnaning moddiy 
balansini tuzamiz: 
– oqimlar bo‘yicha G
F
= G
D
+ G
W
; (1) 
– yengil uchuvchan komponentlar bo‘yicha
G
F
x
f
= G
D
x
d
+ G
W
x
w
; (2) 
bu yerda, G
F
, G
D
, G
W
dastlabki aralashma, distillyat va qoldiq 
mahsulotning massaviy yoki mol hisobidagi sarflari; x
f
, x
d
, x
w
– yengil 
uchuvchan komponentning dastlabki aralashma, distillyat va qoldiq 
mahsulotdagi massaviy yoki mol ulushlari hisobidagi tarkibi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
7-rasm.
Rektifikatsion kolonnaning moddiy balansini aniqlashga doir: 1–kolonna; 2–kub-
bug‘latgich; 3–deflegmator. 


40 

Download 6,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish