189
X – materilining bajarilishi, 1- minus 40
o
C gacha, 2- minus 40
o
C dan
minus 60
o
C gacha;
Gaz separatorlari konstruksiyalariga kо‘ra quydagi tiplarga bо‘linadi:
-
tip 1 – tо‘rli ;
-
tip 2 – nasadkali markazdan qochma
elementli;;
-
tip 3 – oxirgi о‘rnatishli markazdan qochma elementli;
-
tip 4 – tо‘rli nasadkali gorizontal;
-
tip 5 – markazdan qochma va massa almashinuvchi elementli yuvuvchi
nasadkali;
-
tip 6 – nasadkali о‘lchash
qurilmali, suyuqlikni yengil va og‘ir fazalarga
ajratish uchun tо‘siqli;
-
tip 7 – vertikal nasadkali о‘lchash qurilmali, suyuqlikni yengil va og‘ir
fazalarga ajratish uchun tо‘siqli;
Hozirgi paytda gaz tarkibidan turli xildagi komponentlarni alohida suyultirib
ajratib olish uchun har xil konstruksiyadagi gaz separatorli qо‘llaniladi.
Qо‘llanilayotgan separatorlar mahsulot tarkibidagi gaz holatidagi erigan gazlarni
va suyuq fraksiyalarni ajratib olshda yaxshi samara berib kelmoqda. Separtaorlarda
tabiiy gaz tarikbidan suyuq tarkibini ajratib olish bilan bir qatorda ularda amalga
oshiriladigan operatsiyalar soddaligi va texnologik jihatdan soddaligi kabilar bilan
ajralib turadi.
Gaz
separatorlari
bajarilishi
konstruksiyalari
va
qо‘llanilishi
komponovkalarigi bag‘liq ravishda: vertikal, gorizontal va sferik komponovkalarda
bо‘ladi.
Vertikal komponovkali separatorlar asosan tabiiy gaz tarikbida kо‘p
hajmdagi suyuqliklar yoki tozalanayotgan gaz tarikbida mexanik zarrachalar
bо‘lgan xollarda qо‘llanilib ularni joylashtirishda unchalik katta maydonni
egallamaydi va uning ichki qismidan tomchi ushlagich
konstruksiyalardan
joylashtirib foydalanish imkoniyatlari mavjud. Eng asosiysi bu turdagi separatorlar
yuqori samaradorlikga ega.
Gorizontal separatorlar katta gaz oqimi davomidi ularning tarkibidagi suyuq
tarkiblarni uzluksiz tashkil etilgan jarayonlar yordamida ajratib olish uchun juda
yaxshi samara beradi. Ayniqsa bu turdagi separatorlar suyuqlik tarkibidagi erigan
gazlarni ajratib olishda yaxshi samara beradi. Gorizontal separtorlarning asosiy
afzalliklari ularni tayyorlashda tannarxining arzonligi, separatorni tashish qulayligi
va gaz quvurlariga ulashning osnligi kabilardir.
Agar gaz tarkibida suyuq fazalar miqdori juda kam bо‘lsa u hollarda gaz
tarkibidan uni ajratib olish uchun sqerik komponovkali separatorlar yaxshi samara
beradi.
Tabiiy gazni past haroratlarda kondensatsiyalash
usulida boshqa turdagi
separatorlarga nisbatan vertikal separatorlar kо‘pgina afzalliklarga ega va ularning
ish samaradorligi boshqa turdagi separatorlarga nisbatan yuqoridir.
Yuqorida keltirilgan tabiiy gazni past haroratli ajratib olish qurilmalarida
ketma ket joylashgan gorizontal va absorbsiya usulida manfiy haroratlarda gaz
tarkibidagi namliklarni ajratib olish uchun vertikal joylashgan separatorlar, gaz
190
tarkibidan propan-butan fraksiyalarini ajratib olishda esa gazni past haroratlarda
suyultirish jarayonini tashkil etish uchun faqat vertikal separatorlar qо‘llanilgan.
Vertikal
separtorlar
tabiiy
gaz
tarkibdagi
manfiy
haroratlarda
suyultiriladigan fraksiyalarni ayniqsa gaz oqimi tarkibida mexanik qо‘shimchalar
bо‘lgan hollarda yaxshi samara beradi. Shuningdek
bu turdagi searatorlarda
suyultirilgan gaz fazasining dish tubida tо‘planishi va uni olib chiqish qо‘layligi
kabilar bilan ajralib turadi, hamda propan-butan ajratib olish qurilmasida unchalik
katta bо‘lmagan joyni egallaydi.
Zamonaviy vertikal separatorlar 400- 1650 mm diametrda va maksimal
bosim 16 MPa gacha mо‘ljallangan hollarda ishlab chiqarilmoqda. Bu turdagi
separatorlarning eng afzalliklaridan biri shundaki, ulardan foydalanish davomida,
ularning ichki qismida tо‘plangan suyulik satxining gaz oqimi ta’siridagi
tebranishlarni unchalik sezdirmaydi va bu holat suyuqlik
satxini rostlash uchun
murakkab bо‘lmagan satx о‘lchagichlardan foydalanish imkonini beradi. Bunday
separatorlar turlariga masalan modernizatsiyalashgan GSM-1,6-2000-2-T-I markali
separatorlarni keltirish mumkin (5- rasm).
5- Rasm. Vertikal NGS-M turidagi separator sxemasi.
Vertikal separatorlarni qо‘llashning yana bir xususiyati shundaki muxitda
kо‘piklar hosil bо‘lishi jarayonida ham ularning ishlash samaradorligi unchalik
kamayib ketmaydi. Albatta vertikal separatorlarda katta gaz oqimida gorizontal
separatorlarga kо‘ra ish unumdorligi kam. Lekin idish kо‘ndalang kesimi bо‘yicha
va aniq uzunliklarida manfiy haroratlar hosil qilish nuqtai
nazaridan konstruktiv
jihatdan afzalliklarga ega.
Vertikal searatorlar uch fazali muxitlarda ham yaxshi samara beradi. Bu
holatni tabiiy gazni quritish jarayonida deetilenglikolning qо‘llanilishi va uni
tо‘yingan namliklar bilan ajratib olish texnologiyasida ham kuzatish mumkin.
Bunday separatorlarda suyuqlik satxini rostlashning oddiyligi, ichki qismda
hosil bо‘ladigan turli xilgai iflosliklardan tozalash jarayoni qо‘layligi, turli xil
sharoitlarda foydalanish imkoniyatlari va shu kabilar ularning tabiiy gazni past
191
haroratlarda kondensatsiyalash jarayonida qо‘llanilishi orqali ajralib chiqayotgan
suyuqlik miqdorini oshirishga hamda uning tarkibida yengil erigan gazlarning kam
miqdorda bо‘lishini yuqori darajada ta’minlab beradi.
NAZORAT SAVOLLARI
1.
Separatorlarning asosiy turlari?
2.
Separatorlar ichki tuzilishini tushuntirib bering?
3.
Gaz separatorlari konstruksiyalariga kо‘ra qanday turlarga bo’linadi?
Do'stlaringiz bilan baham: