Qarshi muhandislik iqtisodiyot institui neft va gaz fakulteti «texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi



Download 6,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/163
Sana25.04.2022
Hajmi6,47 Mb.
#581207
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   163
Bog'liq
neftkimyo va neft - gazni qayta ishlash jihozlari fani boyicha maruzalar matni

a
- jalyuzali; b – inertsion to’siqli; d 

to’g’ri markazdan qochma; 
e - to’rli; f
 -
filtratsion-to’rli; 
1
- kirish quvuri; 
2 - 
jalyuzali to’siq (vertikal); 
3-
gaz kirishi quvuri; 
4 - 
gaz chiqishi quvuri; 
5- inertsion to’siq; 
6
- rostlanuvchan zavixritel; 7 - yig’ish idishi; 
8 –
o’rli to’siq; 
9 -
gravitatsion sektsiya; 10
-
filtrlash 
bosqichi. 


181 
Markazdan qochma separatorlarda suyuq fazaning chо‘kishiga quyidagi 
omillar ta’sir qiladi

apparat kesim yuzasi bо‘yicha gaz tezligi maydonining 
notekis taqsimlanishi, og‘ir fazaning harakat trayektoriyasiga uning dispersligi va 
zichligining bog‘liqligi, chо‘kkan ohir fazaning gaz oqimi bilan birga kо‘tarilib 
chiqib ketishi va chо‘kish jarayonida harakat turbelentligi pusatsiyasining 
о‘zgarishi kabilar. Bu omillarning har biri apparat ichida juda murakkab ravishda 
sodir bо‘ladi, shuning uchun hozirgacha bu jarayonlarni hisoblashning aniq bir 
о‘rnatilgan metodlari mavjud emas. Shuning uchun markazdan qochma 
separatorlarning samaradorligini va о‘tkazish qobiliyati kabi kо‘rsatkichlarini har 
bir alohida turlari bо‘yicha eksperimental usullar bilan aniqlanadi. 
Filtrli-separatorlar odatda ikki yoki kо‘p bosqichli separatsiyalash 
jarayonlarida qо‘llaniladi. Tolali filtrlarda filtrlovchi materiallarda tomchili 
suyuqliklarning diffuzion yoki inersion koalessensiya hodisasi sodir bо‘ladi. 
Bunday turdagi filtrlar odatda plenkali va yirik dispersli zarrachalardan tozalashda 
ikkinchi bosqich tozalash jarayonida qо‘llaniladi. Bundafiltrlar yordamida ikkinchi 
bosqichda mayda dispersli tumansimon suyuqliklar zarrachalari ajratib olinadi. 
Uch bosqichli filtratsion-tо‘rli separatorlar (-Rasm, ye) plenkali suyuqlik 
kirish quvuridan keyin ajralib boshlaydi. Ajraladigan joyni birinchi seksiya - 
gravitatsion seksiya deb ham nomlanadi. Ikkinchi filtrlovchi seksiyadagifiltrlash 
bosqichida mayda dispersli suyuqlik zarrachalarining koalesseniyasi sodir bо‘ladi. 
Koalessensiya hodisasi natijasida hosil bо‘lgan suyuqlik tomchilari gaz oqimidan 
uchunchi bosqich filtrlash jarayoni ya’ni separatorning yuqori qismida о‘rnatilgan 
tо‘rli otboyniklarda separatsiyalanadi. Bu turdagi separatorlarning asosiy 
kamchiligi separatsiyalash jarayonining samaradorligi filtrning tavsifnomalariga 
ya’ni tolalar diametrlari va zichlab joylanganlik kabilarga bog‘liqdir. 
Tо‘rli separatorlarda suyuqlik tomchilarining ajralib olish uchun tо‘rli 
nasadkalar о‘rnatiladi. Bu tо‘rli nasadkalar turli xildagi materiallardan – metall 
yoki sintetik materiallardan tayyorlanadi. Odatda tо‘rli nasadka (mat) har xil 
tо‘qilgan tо‘rlardan tayyorlanib, ular bir birining ustiga yaxshilab taxtlanadi yoki 
aylantirib о‘raladi. Matdagi tо‘rlar qatlami soni 50-70 tagcha, tо‘r provolakalaring 
diametri esa 0,1- 0,5 mm, mat qalinligi ya’ni nasadkalar balandligi 70-300 mm 
qilib qoylashtiriladi, nisbiy zichligi 120-1900 m
2
/m
3
, rovolakalar oralig‘idagi erkin 
hajm 91-99%, birlik hajmga tо‘g‘ri keluvchi nasadkalar massasi esa 50-530 kg/m
3
ni tashkil etadi. Tо‘rsimon matlar 5 mkm dan katta bо‘lgan suyuqlik zarrachalarini 
separatsiyalash imkonini beradi, agar ikki qavat mat joylashtirilsa undan ham 
kichik о‘lchamli suyuqlik tomchilarini ushlab qolish imkonini beradi. 
Tо‘rli gaz separatorlari tabiiy va yо‘ldosh gazlarni kon sharoitida tabiiy gazni 
tashishga tayyorlash qurilmalaridan sо‘ng eng oxirgi bosqich tozalash jarayonida 
qо‘llaniladi. Bunda tabiiy gazning tarkibidagi kondensat, gidratlar hosil bо‘lishiga 
qarshi qо‘llanilgan ingibitorlar va qatlam suvi kabilarning tomchilar separator 
tо‘rli qismida ushlanib qolinadi. Shuningdek separator gazkimyo va neftkimyo 
sanoatlari zavodlarida ham tabiiy gazni suyuqlik tomchilaridan tozalash jarayonida 
qо‘llaniladi. 


182 
Hozirgi paytda gaz aralashmasi tarkibidan suyuqliklar va mexanik 
zarrachalarni ajratib olishda separatorlarda tо‘siqlar sifatida simli-tо‘qimali 
tо‘siqlar (demistr) foydalanilishi yaxshi samra bermoqda. 
 
Hozirgi paytda gaz tarkibidan turli xildagi komponentlarni alohida suyultirib 
ajratib olish uchun har xil konstruksiyadagi gaz separatorli qо‘llaniladi. 
Qо‘llanilayotgan separatorlar mahsulot tarkibidagi gaz holatidagi erigan gazlarni 
va suyuq fraksiyalarni ajratib olshda yaxshi samara berib kelmoqda. Separtaorlarda 
tabiiy gaz tarikbidan suyuq tarkibini ajratib olish bilan bir qatorda ularda amalga 
oshiriladigan operatsiyalar soddaligi va texnologik jihatdan soddaligi kabilar bilan 
ajralib turadi. 
Vertikal separatorlarni qо‘llashning yana bir xususiyati shundaki muxitda 
kо‘piklar hosil bо‘lishi jarayonida ham ularning ishlash samaradorligi unchalik 
kamayib ketmaydi. Albatta vertikal separatorlarda katta gaz oqimida gorizontal 
separatorlarga kо‘ra ish unumdorligi kam. Lekin idish kо‘ndalang kesimi bо‘yicha 
va aniq uzunliklarida manfiy haroratlar hosil qilish nuqtai nazaridan konstruktiv 
jihatdan afzalliklarga ega. 
Vertikal searatorlar uch fazali muxitlarda ham yaxshi samara beradi. Bu 
holatni tabiiy gazni quritish jarayonida deetilenglikolning qо‘llanilishi va uni 
tо‘yingan namliklar bilan ajratib olish texnologiyasida ham kuzatish mumkin. 
Zamonaviy vertikal separatorlar 400- 1650 mm diametrda va maksimal bosim 16 
MPa gacha mо‘ljallangan hollarda ishlab chiqarilmoqda.
Bu turdagi separatorlarning eng afzalliklaridan biri shundaki, ulardan 
foydalanish davomida, ularning ichki qismida tо‘plangan suyulik satxining gaz 
oqimi ta’siridagi tebranishlarni unchalik sezdirmaydi va bu holat suyuqlik satxini 
rostlash uchun murakkab bо‘lmagan satx о‘lchagichlardan foydalanish imkonini 
beradi. Bunday separatorlar turlariga masalan modernizatsiyalashgan GSM-1,6-
2000-2-T-I markali separatorlarni keltirish mumkin.
Neftgaz separatorlari neftgaz yoki neftgazkondensat oqimidan suyuqlik 
miqdorining kо‘p bо‘lishi bilan uning tarkibidan gazni ajratib olish uchun 
mо‘ljallangan. Bu jarayonda shuningdek muxit tarkibidan qatlam suvlari va 
mexanik qо‘shimchalr xam gravitatsiya natijasida ajratib olinadi. Separatorning 
asosiy vazifasi neft tarkibida erigan gazlarni normal atmosfera sharoitlarida ajratib 
olish uchun mо‘ljallangan bо‘ladi. Muxit tarkibidagi asosiy fraksiya neft 
xisoblanadi. 
Gaz separatorlari gaz-suyuqlik oqimida gazli fraksiya miqdori yuqori 
bо‘lgan xollarda tabiiy gaz tarkibidan suyuqfazalarni va mexanik qо‘shimchalarni 
ajratib olish uchun mо‘ljallangan. Gazli muxitning asosiy fraksiyasi tabiiy yoki 
yо‘ldosh gazlar, turli xildagi texnologik gazlar bо‘lishi mumkin. Odatda ajratish 
jarayoni oddiy bosimlarda yoki bosim ostida amalga oshirilishi mumkin. 
Neftgaz sanoati tizimida uch fazali separatorlar xam keng qо‘llaniladi. 
Ularda gaz-suyuqlik oqimidan zichliklari bir biridan farqqiluvchi yengil gaz 
fraksiyasi, nfet frksiyasi, qatlam suvlari va mexanik qо‘shimchalar ajratib olinadi. 
Standart bajarillarga kо‘ra separatorlar saqlash klapanlari zaruriy flanetslar 
bilan jixozlangan bо‘ladi. Separatorning qо‘shimcha jixozlariga ajratilgan suyuqlik 
fazalari chegaralariga о‘rnatilgan avtomatik qо‘yib olish qurilmalari, yuqori va 


183 
pastki satx kо‘rsatuvchi datchiklar, elektromagnit qо‘yib olish jumrakalri, 
monometrlar, xarorat о‘lchash uchun datchiklar va boshqa shu kabi qо‘shimcha 
jixozlar о‘rnatilishi mumkin. 
Neft va gaz sanoati korxonalarida qо‘llaniladigan separatorlar bosim ostida 
ishlaydigan qurilmalar turiga kirib ulardan foydalanish jarayoni adbatta о‘rnatilgan 
tarti-qoidalar asoslarida amalga oshiriladi. 
Neft va gaz konlari sharoitida qо‘llaniladigan separatorlar bir birlarida texnik 
tavsifnomalari bilan farqqiladi. Masalan kon sharoitida keng miqyosda 
qо‘llaniladigan markazdan qochma uyurmali maydon xisobiga ishlaydigan SSV-
5N (SSV-8N) turidagi separatorning asosiy tavsifnomalari quyidagicha: 
- gaz bо‘yicha ish unumdorligi, Q – 10 000 000 m³/kun gacha; 
- suyuqfaza bо‘yicha ish unumdorligi , Q (m³/min) – cheklanmagan; 
- ishchi bosim,– 16,0 MPa (160 kgs/sm² gacha ; 
- ishchi muxit – gaz-neft, gazokondensat, qatlam suvlari, mexanik 
qо‘shimchalar (qattiqzarrachalar); 
- separatordan chiqishdagi suyuqlik miqdori – 0,004 g/m³; 
- Chiqishdagi mexanik zarrachalar miqdori – 0,003 g/m³; 
SSV turkumidagi markazdan qochma uyurmali maydon ta’sirida ishlaydigan 
separatorlarida unchalik bosim yuqotilishi sodir bо‘lmaydi, shuning uchun aniqkon 
sharoitlarida bu turdagi separatorlarning qо‘llanilishida xisoblash ishlarini amalga 
oshirishda zaruriy parametrlar doimiyligicha qabul qilinadi. Separatorda ajratib 
olinayotgan kondensat va qatlam suvlarini chiqarib olish avtomatik rejimda amalga 
oshiriladi. 
Kon sharoitida tabiiy gazni qazib olish va tayyorlash uchun quyidagi turdagi 
separatorlar qо‘llaniladi:
- gaz tayyorlash qurilmalarida qо‘llaniladigan mash’ala separatorlari; 
- quduqlardan chiqayotgan gazsuyuqlik aralashmasini dastlabki ajratib olish 
yoki gaz va suyuqliklarni aloxida ajratib olib keyingi bosqich qayta ishlash 
tizimlariga yuborish uchun separatorlar; 
- tabiiy gazni past xaroratli tayyorlashda birinchi bosqich ajratib olish uchun 
separatorlar; 

kon 
siquv 
kompressor 
stansiyalarida 
kompressor 
stansiyalarni 
suyuqtomchilar va mexanik qо‘shimchalardan ximoya qilish uchun qо‘llaniladigan 
separatorlar va boshqa shu kabilar. 
Tarkibida kondensat omili boshlangan gaz kondensatli aralashmalar 
gravitatsion separatorga kirish iuvuri oriali kiradi va aralashmaning keskin xajmiy 
kengayishi va tezlikning kamayishi natijasida aralashma tarkibidagi suyuqlik 
tomchilari yiriklashuvi sodir bо‘ladi va tabiiy gaz tarkibidan gravitatsiya kuchlari 
natijasida idish tubiga chо‘ka boshlaydi. Bunda uglevodorodli suyuqfaza tarkibida 
erigan yengil fraksiyaning xam ajralib chiqishi sodir bо‘ladi. 
Gravitatsion separatorlarning konstruksiyalariga kо‘ra suyuqfazada qatlam 
suvlari va kondensat fraksiyalari bо‘lgpnligi uchun ularning xam aloxida 
zichliklari farqi natijasida ajralishi kuzatiladi. Bunday xollarda separator 
konstruksiyasida suyuqfazalarning aloxida tо‘planishi uchun suyuqlik tо‘plovsi 
qismlari bajariladi.


184 
Sepraatorlar konstruktiv bajarilishlariga kо‘ra vertikal va gorizantal turlarda 
bо‘ladi. Gravitatsiya jarayoni kо‘p xollarda gorizantal separatorlarda amalga 
oshirilgan eng yaxshi samara beradi. Chunki gaz aralashmasining tarkibidagi 
uglevodorodli fraksiyalarning va unda erigan gazlarning ajralishi tinish yuzasi 
yiriklashuvi bilan ortib boradi. 
Gorizantal gravitatsion separtorlarning tipik sxemasi Rasm 2 da keltirilgan. 
Qurilmaning butun uzunligi bо‘yicha vertikal ravishda separatsiya nasadkalari 1 
qо‘yilgan bо‘lib, nasadkalar gaz oqimi tezligini turg‘unlashtiradi va gaz fazadan 
suyuqlik ajralib chiqishi jarayonini jadallashtiradi. 
3-rasm. Gravitatsion separatorning tipik sxemasi. 
1- vertikal nasadkalar yoki metall tо‘r; 2-satxlarda о‘rnatilgan gorizantal metall tо‘rlar; 3-tomchi 
ushlagichlar. 
Texnologik jarayonni amalga oshirish bо‘yicha qо‘yilgan talablarga 
muvofiqvertikal joylashgan seksiyalar konstruktiv bajarilishi bо‘yicha separatsion 
turlardan yoki nasadkalardan tashkil topadi. Ularning о‘rnatilishi va soni 
texnologik jarayon talablariga kо‘ra konstruktiv jixatlardan tanlab olinadi.
Qurilma ichida suyuqfazaning hosil bо‘lishi bilan gaz oqimlari bosimi va gazning 
suyuqfazaga bosimi tufayli suyuqlik sirtida tо‘lqinlar xosil bо‘lishi kuzatiladi. Bu 
tо‘lqinlar natijasida gaz о‘zining tarkibida suyuqfazalarni birga olib chiqib ketadi. 
Shuning uchun tо‘lqinlar xosil bо‘lishini kamaytirish maqsadida gorizantal 
ravishda joylashtirilgan metall simlardan tayyorlangan tо‘rlar qо‘llaniladi. 
Metall tо‘rlarda suyuqfazalarning chо‘kishi va gaz oqimining urilishi sodir 
bо‘lib suyuqfazaning qalqishi sekinlashadi. Gorizantal tо‘rlar 2 odatda ikki xil 
satxda о‘rnatiladi. Ularning о‘rnatilish satxi qatlam suviva gaz kondensat 
fazalarning tutashuv yuzasida (pastda joylashgan metall tо‘r), xamda qatlam 
suvlari bilan gaz fazaning ajralish soxalariga (yuqorida joylashgan metall tо‘r) 


185 
о‘rnatiladi. Suyuqfazaning ajralishi natijasida satxlar balandligi о‘zgarib boradi, 
ya’ni qatlam suvi va kondenstalar miqdori oshib boradi. Shuning uchun xar bir 
gorizantal tо‘rga mos keluvchi qismlarga avtomatik ravishda suyuqlikni qо‘yib 
olish uchun datchiklar о‘rnatiladi va bu datchiklar ishlashi bilan qatlam suvi yoki 
kondensatning tuо‘rlar bо‘yicha satxi doimiy ushlanib turiladi. 
Tozalanayotgan tabiiy gaz separatsiya jarayonining samaradorligini oshirish 
uchun gazning qurilmadan chiqishida uning tarkibidagi mayda suyuqtomchilarni 
ushlab qolish uchun tomchi ushlagichlar 3 о‘rnatiladi. Qurilmada separatsiya 
nasadkalari 2 va tomchi ushlagichlar 3 gaz oqimiga perpendikulyar xolda 
о‘rnatiladi va separatsiyalash jarayoni samaradorligi oshadi. 
Ba’zi bir konstruksiyalarda tomchi ushlagichlar gaz oqimiga qiya xolatda 
joylashtirilib yig‘ma metall tо‘rlardan iborat bо‘ladi bloklardan foydalanildai. 
Bunday xolatlarda metall tо‘rlarning g‘ovakligini tanlash orqali chiqayotgan gaz 
tarkibidagi namliklar miqdori va mexanik qо‘shimchalar, ya’ni qattiqzarrachalar 
ushlanib qolinadi. 
Tabiiy tozalangan gazning qurilmadan chiqishida chiqish shtuseri pastki 
qismidagi patrubkaning qurilma ichki qismi og‘zi gaz oqimiga teskari ravishda 
о‘rnatiladi va bu bilan gaz tarkibidagi mayda suyuqtomchilarning tо‘g‘ridan tо‘g‘ri 
chiqib ketishi oldi olinadi.
Barcha turdagi separatorlar kondensatni qо‘yib olish va qatlam suvlarini 
quyib olish uchun aloxida drenaj qurilmalari bilan jixozlangan bо‘ladi. Drenaj 
qurilmalaridan chiqayotgan suyuqlik qatlam suvlari suvni tozalash qurilmalariga, 
kondensat esa kondensatni barqarorlashtirish qurilmalariga yuboriladi. 
Xozirgi paytda neft va gaz sanoati korxonalarida tabiiy gazni dastlabki 
tayyorlash qurilmalarida qо‘llanilayotgan gorizantal separatorlarning texnik 
tavsifnomalari quyidagicha: 
- ishchi bosim, MPa - 0,1 dan 16 gacha; 
- ishchi xarorat, 0S - -60 dan 300 gacha; 
- qurilma diametri, mm – 3000 gacha; 
- qurilma uzunliklari, mm – 7000 gacha; 
- qurilmaning ichki xajmi, m3 – 63 gacha: 
- korpusi tayyorlanadigan material – uglerodli va zanglamas pо‘latlar; 
- ichki jixozlari tayyorlanadigan materiallar – uglerodli, zanglamas 
pо‘latlar. 
Neftgaz separatorlari quduqdan qazib olinayotgan neft xom-ashyosi 
tarkibidan gazni ajratib olish uchun qо‘llaniladi.
Neftgaz konlarida qо‘llaniladigan shartli ravishda quyidagi kategoriyalarga 
bо‘linadi: 
- ahamiyatiga kо‘ra – о‘lchash separatsiyalash va separatsiyalash; 
- geometrik shakli va fazoda joylashuviga kо‘ra – silindrik, sferik, vertikal, 
gorizontal va qiya joylashgan; 
- ishlatiladigan quduqning turiga qarab – fontan, kompressor va nasos; 
- asosiy separatsiya kuchlarining hosil qilinishiga kо‘ra – gravitatsion, 
inersion (jalyuzali), va markazdan qochma (gidrotsiklon); 


186 
- ishchi bosimiga kо‘ra - yuqori (6,4 MPa), о‘rta (2,5 MPa), past (0,6 MPa) 
bosimli va vakuumli; 
- xizmat qiladigan quduqlar soniga kо‘ra - individual va guruxiy; 
- separatsiya bosqichlari soniga kо‘ra -birinchi, ikkinchi, uchinchi va h.k.; 
- fazalarni ajratish bо‘yicha ikki fazali; (neft+gaz); uch fazali 
(neft+gaz+qatlam suvi). 
Neft va gaz konlarida qо‘llaniladigan har qanday turdagi gaz separatorlarida 
quyidagi tо‘rtta seksiya mavjud bо‘ladi ( 4 -rasm). 
1-seksiya. Asosiy separatsiya seksiyasi. Quduq mahsulotini gaz va suyuqlik 
fazalarga ajratish uchun xizmat qiladi. Quduq mahsuloti maxsus deflektor 
qurilmasidan foydalanilgan holda seksiyaga tangensial yoki normal holatlarda 
kiritiladi. Xom-ashyo tarkibidan ajralib chiqayotgan gaz separatorga kirib 
qо‘shimcha ravishda markazdan qochma kuchlar ta’sirida va gaz- suyuqlik 
oqimining yо‘alishi о‘zgarishlari hisobiga, ya’ni gazning yuqoriga qarab 
kо‘tarilishlari suyuqlikning esa og‘irlik kuchi ta’sirida pastga qarab harakatlanishi 
natijasida idish tubiga chо‘kishi sodir bо‘ladi.
2-seksiya. Chо‘ktirish seksiyasi deb nomlanib, bunda suyuqlik tarkibidagi 
gaz pо‘fakchalari qо‘shimcha ravishda ajraalib chiqadi. Ya’ni ajralib chiqqan 
suyuqlik tarkibida hali ajralib ulgurmagan erigan gazlar ajraladi. Agar suyuqlik 
bunda bir yoki bir nechta qiyaliklar ostida oqib tushadigan bо‘lsa, suyuqlik 
tarkibidan gaz pо‘fakchalarining ajralishi tezlashadi.. Bu qiya joylashtirilgan 
tekisliklar deflektorlar deb nomlanadi va unda suyuqlik sachramasdan bir tekis 
holatda suyuqlik separator pastki qismiga oqib tushadi. 
3-seksiya. Suyuqliklarni tо‘plash seksiyasi bо‘lib, bu yerda suyuqliklar 
tо‘planadi va separatorda hosil qilinadigan bosim va haroratlarning kamayishi 
natijasida suyuqlik tarkibida erigan gazlar tо‘liq ajralib chiqadi. Lekin bir qancha 
miqdordagi gazlar suyuqlik tarkibida hali qoladi. Shuning uchun bu seksiya ikki 
qismga ajratiladi, seksiyaning yuqori qismi uglevodorodli komponentlar uchun va 
pastki qismida qatlam suvlari tо‘planadi. 
Suyuqliklarning balandliklari sath о‘lchagichlar bilan rostlanib turiladi. 
Suyuqliklarni tо‘plash seksiyasi apparat vertikal joylashganda seksiya balandligi 
apparat diametriga teng qilib, gorizontal apparatlarda esa apparat diametrining 
yarmiga yoki uning 0,75 qismigateng qilib bajariladi. 
4-seksiya. Namliklarni ushlash seksiyasi. Bu seksiya gaz separatorining 
yuqori qismida joylashgan bо‘lib, uning vazifasi gaz oqimlari bilan birga yuqoriga 
harakatlangan suyuqlik zarrachalarinini ushlab, ya’ni tutib qolishdir. Bu 
seksiyaning konstruksiyalari shvellerlardan, jalyuzalardan, simli tо‘rlardan, simlar 
о‘ramidan, hamda perfirlangan bir tekis pо‘lat polosalardan iborat bо‘lgan qattiq 
sirtlardan iboratdir. Bu qattiqsirtlarga suyuqlik tomchilari urilib ushlanib qolinadi 
va ularning о‘zaro birikib pastgi tushishi hamda pastki seksiga oqib tushishi 
yuzaga keladi. 
Vertikal turdagi separator seksiyalarida amalga oshiriladigan jarayonlarni 
kо‘rib chiqamiz (4 - Rasm). 
Yuqorida keltirilgan har bir seksiyaning balandliklari qо‘llanilayotgan gaz 
separatorining samaradorlik kо‘rsatkichlarini belgilaydi. Suyuqlik tarkibidan gazni 


187 
ajratib olish darajasi qurilmaning ishlash samaradorligini belgilaydi va u quyidagi: 
tomchi ushlash seksiyasidan gaz oqimi bilan birga chiqib ketadigan suyuqlikning 
miqdori va gaz oqimi bilan birga ketadigan suyuqlik miqdori kabi kо‘rsatkichlar 
bilan baholanadi. 
Keltirilgan kо‘rsatkichlarning qiymatlari qanchalik kam bо‘lsa qurilmaning 
ishlash samaradorligi shunchalik yuqori deb hisoblanadi.
Hozirgi paytda neftgaz sanoatida tо‘rli separatorlarning vertikal turi samarali 
bо‘lganligi uchun faqat ular vertikal bajarilshalarda ishlab chiqariladi. Bunga 
asosiy sabablardan quyidagilar hisoblanadi: 
-
bir xil hajmdagi qurilmaning mahsulot joylashuvida oqimlarning harakati 
va ajralayotgan tarkiblarning alohida alohida joylashuvi; 
-
yuqori bosimlarda ham separatsiyalash samaradorligining kattaligi; 
-
qurilmani nazorat qilish va unga texnik xizmat kо‘rsatishning oddiyligi va 
shu kabilar. 
4 - rasm. Vertikal separator umumiy kо‘rinishi. 
I – asosiy separatsion seksiya; II – chо‘ktirish seksiyasi; III – neft yig‘ish seksiyasi; IV – 
tomchi ushlash seksiyasi; 1 – quduq mahsuloti kirishi; 2 – taqsimlash kollektori; 3- satx 
rostlagich; 4 –tomchi ushlovchi nasadkalar; 5 – saqlash klapani; 6 – qiya tekisliklar; 7 – satxni 
rostlovchi datchik; 8 – bajaruvchi mexanizm; 9 – patrubok; 10 – saqlash klapani; 11 – 
suvо‘lchagich shisha; 12 – ajratuvchi kraniklar; G
y
– gaz pо‘fakchalari massasi, unosimix s 
neftyu iz separatora; 13 – drenaj quvur. 
Apparatda qatlam suvlari, uglevodorodli tarkib va gazlar ajralishi sodir 
bо‘lganligi uchun uch fazali separatorlar guruxiga kiradi va separatorlarning 


188 
ishlashi bosim о‘zgarishlari va ichki konstruktiv tuzilishlari bilan talab qilingan 
funksiyani bajarish imkoniyatlarini beradi. 
Ba’zi bir vertikal gaz separatorlarida sepatsiyalangan gazni о‘lchash bilan 
bir qatorda ajralib chiqayotgan qatlam suvlari va suyuq uglevodorod ham 
о‘lchanadi va shuning uchun u turdagi separatorlani о‘lchash tо‘rli separatorlari 
deb ham yuritiladi. Bu turdagi separatorlarda ba’zi qollarda isitish tizimi 
qо‘llaniladi. Isitish tizimining qо‘llanilishi asosiy maqsadi suyuqlik tarkibidagi 
erigan gazlarning ajralishini jadallashtirish va kо‘pik hosil bо‘lishi jarayoni oldini 
olish kabilardir. Isitish tizimida yonilg‘i sifatida separatorning yuqori qismidan 
tozalanib chiqayotgan gazdan foydalaniladi. 
Separatorda ajralib chiqayotgan separatorning pastki qismidan va neft yoki 
gazkondensati yon tomonidan tangensial yо‘nalishda chiqariladi. Lekin amaliyotda 
kо‘pgina hollarda nfet-suv aralashmalari separator tub qismidan birgalikda 
chiqazib olish konstruksiyalari kо‘p qо‘llaniladi. 

Download 6,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish