a
- jalyuzali; b – inertsion to’siqli; d
-
to’g’ri markazdan qochma;
e - to’rli; f
-
filtratsion-to’rli;
1
- kirish quvuri;
2 -
jalyuzali to’siq (vertikal);
3-
gaz kirishi quvuri;
4 -
gaz chiqishi quvuri;
5- inertsion to’siq;
6
- rostlanuvchan zavixritel; 7 - yig’ish idishi;
8 –
o’rli to’siq;
9 -
gravitatsion sektsiya; 10
-
filtrlash
bosqichi.
181
Markazdan qochma separatorlarda suyuq fazaning chо‘kishiga quyidagi
omillar ta’sir qiladi
:
apparat kesim yuzasi bо‘yicha gaz tezligi maydonining
notekis taqsimlanishi, og‘ir fazaning harakat trayektoriyasiga uning dispersligi va
zichligining bog‘liqligi, chо‘kkan ohir fazaning gaz oqimi bilan birga kо‘tarilib
chiqib ketishi va chо‘kish jarayonida harakat turbelentligi pusatsiyasining
о‘zgarishi kabilar. Bu omillarning har biri apparat ichida juda murakkab ravishda
sodir bо‘ladi, shuning uchun hozirgacha bu jarayonlarni hisoblashning aniq bir
о‘rnatilgan metodlari mavjud emas. Shuning uchun markazdan qochma
separatorlarning samaradorligini va о‘tkazish qobiliyati kabi kо‘rsatkichlarini har
bir alohida turlari bо‘yicha eksperimental usullar bilan aniqlanadi.
Filtrli-separatorlar odatda ikki yoki kо‘p bosqichli separatsiyalash
jarayonlarida qо‘llaniladi. Tolali filtrlarda filtrlovchi materiallarda tomchili
suyuqliklarning diffuzion yoki inersion koalessensiya hodisasi sodir bо‘ladi.
Bunday turdagi filtrlar odatda plenkali va yirik dispersli zarrachalardan tozalashda
ikkinchi bosqich tozalash jarayonida qо‘llaniladi. Bundafiltrlar yordamida ikkinchi
bosqichda mayda dispersli tumansimon suyuqliklar zarrachalari ajratib olinadi.
Uch bosqichli filtratsion-tо‘rli separatorlar (-Rasm, ye) plenkali suyuqlik
kirish quvuridan keyin ajralib boshlaydi. Ajraladigan joyni birinchi seksiya -
gravitatsion seksiya deb ham nomlanadi. Ikkinchi filtrlovchi seksiyadagifiltrlash
bosqichida mayda dispersli suyuqlik zarrachalarining koalesseniyasi sodir bо‘ladi.
Koalessensiya hodisasi natijasida hosil bо‘lgan suyuqlik tomchilari gaz oqimidan
uchunchi bosqich filtrlash jarayoni ya’ni separatorning yuqori qismida о‘rnatilgan
tо‘rli otboyniklarda separatsiyalanadi. Bu turdagi separatorlarning asosiy
kamchiligi separatsiyalash jarayonining samaradorligi filtrning tavsifnomalariga
ya’ni tolalar diametrlari va zichlab joylanganlik kabilarga bog‘liqdir.
Tо‘rli separatorlarda suyuqlik tomchilarining ajralib olish uchun tо‘rli
nasadkalar о‘rnatiladi. Bu tо‘rli nasadkalar turli xildagi materiallardan – metall
yoki sintetik materiallardan tayyorlanadi. Odatda tо‘rli nasadka (mat) har xil
tо‘qilgan tо‘rlardan tayyorlanib, ular bir birining ustiga yaxshilab taxtlanadi yoki
aylantirib о‘raladi. Matdagi tо‘rlar qatlami soni 50-70 tagcha, tо‘r provolakalaring
diametri esa 0,1- 0,5 mm, mat qalinligi ya’ni nasadkalar balandligi 70-300 mm
qilib qoylashtiriladi, nisbiy zichligi 120-1900 m
2
/m
3
, rovolakalar oralig‘idagi erkin
hajm 91-99%, birlik hajmga tо‘g‘ri keluvchi nasadkalar massasi esa 50-530 kg/m
3
ni tashkil etadi. Tо‘rsimon matlar 5 mkm dan katta bо‘lgan suyuqlik zarrachalarini
separatsiyalash imkonini beradi, agar ikki qavat mat joylashtirilsa undan ham
kichik о‘lchamli suyuqlik tomchilarini ushlab qolish imkonini beradi.
Tо‘rli gaz separatorlari tabiiy va yо‘ldosh gazlarni kon sharoitida tabiiy gazni
tashishga tayyorlash qurilmalaridan sо‘ng eng oxirgi bosqich tozalash jarayonida
qо‘llaniladi. Bunda tabiiy gazning tarkibidagi kondensat, gidratlar hosil bо‘lishiga
qarshi qо‘llanilgan ingibitorlar va qatlam suvi kabilarning tomchilar separator
tо‘rli qismida ushlanib qolinadi. Shuningdek separator gazkimyo va neftkimyo
sanoatlari zavodlarida ham tabiiy gazni suyuqlik tomchilaridan tozalash jarayonida
qо‘llaniladi.
182
Hozirgi paytda gaz aralashmasi tarkibidan suyuqliklar va mexanik
zarrachalarni ajratib olishda separatorlarda tо‘siqlar sifatida simli-tо‘qimali
tо‘siqlar (demistr) foydalanilishi yaxshi samra bermoqda.
Hozirgi paytda gaz tarkibidan turli xildagi komponentlarni alohida suyultirib
ajratib olish uchun har xil konstruksiyadagi gaz separatorli qо‘llaniladi.
Qо‘llanilayotgan separatorlar mahsulot tarkibidagi gaz holatidagi erigan gazlarni
va suyuq fraksiyalarni ajratib olshda yaxshi samara berib kelmoqda. Separtaorlarda
tabiiy gaz tarikbidan suyuq tarkibini ajratib olish bilan bir qatorda ularda amalga
oshiriladigan operatsiyalar soddaligi va texnologik jihatdan soddaligi kabilar bilan
ajralib turadi.
Vertikal separatorlarni qо‘llashning yana bir xususiyati shundaki muxitda
kо‘piklar hosil bо‘lishi jarayonida ham ularning ishlash samaradorligi unchalik
kamayib ketmaydi. Albatta vertikal separatorlarda katta gaz oqimida gorizontal
separatorlarga kо‘ra ish unumdorligi kam. Lekin idish kо‘ndalang kesimi bо‘yicha
va aniq uzunliklarida manfiy haroratlar hosil qilish nuqtai nazaridan konstruktiv
jihatdan afzalliklarga ega.
Vertikal searatorlar uch fazali muxitlarda ham yaxshi samara beradi. Bu
holatni tabiiy gazni quritish jarayonida deetilenglikolning qо‘llanilishi va uni
tо‘yingan namliklar bilan ajratib olish texnologiyasida ham kuzatish mumkin.
Zamonaviy vertikal separatorlar 400- 1650 mm diametrda va maksimal bosim 16
MPa gacha mо‘ljallangan hollarda ishlab chiqarilmoqda.
Bu turdagi separatorlarning eng afzalliklaridan biri shundaki, ulardan
foydalanish davomida, ularning ichki qismida tо‘plangan suyulik satxining gaz
oqimi ta’siridagi tebranishlarni unchalik sezdirmaydi va bu holat suyuqlik satxini
rostlash uchun murakkab bо‘lmagan satx о‘lchagichlardan foydalanish imkonini
beradi. Bunday separatorlar turlariga masalan modernizatsiyalashgan GSM-1,6-
2000-2-T-I markali separatorlarni keltirish mumkin.
Neftgaz separatorlari neftgaz yoki neftgazkondensat oqimidan suyuqlik
miqdorining kо‘p bо‘lishi bilan uning tarkibidan gazni ajratib olish uchun
mо‘ljallangan. Bu jarayonda shuningdek muxit tarkibidan qatlam suvlari va
mexanik qо‘shimchalr xam gravitatsiya natijasida ajratib olinadi. Separatorning
asosiy vazifasi neft tarkibida erigan gazlarni normal atmosfera sharoitlarida ajratib
olish uchun mо‘ljallangan bо‘ladi. Muxit tarkibidagi asosiy fraksiya neft
xisoblanadi.
Gaz separatorlari gaz-suyuqlik oqimida gazli fraksiya miqdori yuqori
bо‘lgan xollarda tabiiy gaz tarkibidan suyuqfazalarni va mexanik qо‘shimchalarni
ajratib olish uchun mо‘ljallangan. Gazli muxitning asosiy fraksiyasi tabiiy yoki
yо‘ldosh gazlar, turli xildagi texnologik gazlar bо‘lishi mumkin. Odatda ajratish
jarayoni oddiy bosimlarda yoki bosim ostida amalga oshirilishi mumkin.
Neftgaz sanoati tizimida uch fazali separatorlar xam keng qо‘llaniladi.
Ularda gaz-suyuqlik oqimidan zichliklari bir biridan farqqiluvchi yengil gaz
fraksiyasi, nfet frksiyasi, qatlam suvlari va mexanik qо‘shimchalar ajratib olinadi.
Standart bajarillarga kо‘ra separatorlar saqlash klapanlari zaruriy flanetslar
bilan jixozlangan bо‘ladi. Separatorning qо‘shimcha jixozlariga ajratilgan suyuqlik
fazalari chegaralariga о‘rnatilgan avtomatik qо‘yib olish qurilmalari, yuqori va
183
pastki satx kо‘rsatuvchi datchiklar, elektromagnit qо‘yib olish jumrakalri,
monometrlar, xarorat о‘lchash uchun datchiklar va boshqa shu kabi qо‘shimcha
jixozlar о‘rnatilishi mumkin.
Neft va gaz sanoati korxonalarida qо‘llaniladigan separatorlar bosim ostida
ishlaydigan qurilmalar turiga kirib ulardan foydalanish jarayoni adbatta о‘rnatilgan
tarti-qoidalar asoslarida amalga oshiriladi.
Neft va gaz konlari sharoitida qо‘llaniladigan separatorlar bir birlarida texnik
tavsifnomalari bilan farqqiladi. Masalan kon sharoitida keng miqyosda
qо‘llaniladigan markazdan qochma uyurmali maydon xisobiga ishlaydigan SSV-
5N (SSV-8N) turidagi separatorning asosiy tavsifnomalari quyidagicha:
- gaz bо‘yicha ish unumdorligi, Q – 10 000 000 m³/kun gacha;
- suyuqfaza bо‘yicha ish unumdorligi , Q (m³/min) – cheklanmagan;
- ishchi bosim,– 16,0 MPa (160 kgs/sm² gacha ;
- ishchi muxit – gaz-neft, gazokondensat, qatlam suvlari, mexanik
qо‘shimchalar (qattiqzarrachalar);
- separatordan chiqishdagi suyuqlik miqdori – 0,004 g/m³;
- Chiqishdagi mexanik zarrachalar miqdori – 0,003 g/m³;
SSV turkumidagi markazdan qochma uyurmali maydon ta’sirida ishlaydigan
separatorlarida unchalik bosim yuqotilishi sodir bо‘lmaydi, shuning uchun aniqkon
sharoitlarida bu turdagi separatorlarning qо‘llanilishida xisoblash ishlarini amalga
oshirishda zaruriy parametrlar doimiyligicha qabul qilinadi. Separatorda ajratib
olinayotgan kondensat va qatlam suvlarini chiqarib olish avtomatik rejimda amalga
oshiriladi.
Kon sharoitida tabiiy gazni qazib olish va tayyorlash uchun quyidagi turdagi
separatorlar qо‘llaniladi:
- gaz tayyorlash qurilmalarida qо‘llaniladigan mash’ala separatorlari;
- quduqlardan chiqayotgan gazsuyuqlik aralashmasini dastlabki ajratib olish
yoki gaz va suyuqliklarni aloxida ajratib olib keyingi bosqich qayta ishlash
tizimlariga yuborish uchun separatorlar;
- tabiiy gazni past xaroratli tayyorlashda birinchi bosqich ajratib olish uchun
separatorlar;
-
kon
siquv
kompressor
stansiyalarida
kompressor
stansiyalarni
suyuqtomchilar va mexanik qо‘shimchalardan ximoya qilish uchun qо‘llaniladigan
separatorlar va boshqa shu kabilar.
Tarkibida kondensat omili boshlangan gaz kondensatli aralashmalar
gravitatsion separatorga kirish iuvuri oriali kiradi va aralashmaning keskin xajmiy
kengayishi va tezlikning kamayishi natijasida aralashma tarkibidagi suyuqlik
tomchilari yiriklashuvi sodir bо‘ladi va tabiiy gaz tarkibidan gravitatsiya kuchlari
natijasida idish tubiga chо‘ka boshlaydi. Bunda uglevodorodli suyuqfaza tarkibida
erigan yengil fraksiyaning xam ajralib chiqishi sodir bо‘ladi.
Gravitatsion separatorlarning konstruksiyalariga kо‘ra suyuqfazada qatlam
suvlari va kondensat fraksiyalari bо‘lgpnligi uchun ularning xam aloxida
zichliklari farqi natijasida ajralishi kuzatiladi. Bunday xollarda separator
konstruksiyasida suyuqfazalarning aloxida tо‘planishi uchun suyuqlik tо‘plovsi
qismlari bajariladi.
184
Sepraatorlar konstruktiv bajarilishlariga kо‘ra vertikal va gorizantal turlarda
bо‘ladi. Gravitatsiya jarayoni kо‘p xollarda gorizantal separatorlarda amalga
oshirilgan eng yaxshi samara beradi. Chunki gaz aralashmasining tarkibidagi
uglevodorodli fraksiyalarning va unda erigan gazlarning ajralishi tinish yuzasi
yiriklashuvi bilan ortib boradi.
Gorizantal gravitatsion separtorlarning tipik sxemasi Rasm 2 da keltirilgan.
Qurilmaning butun uzunligi bо‘yicha vertikal ravishda separatsiya nasadkalari 1
qо‘yilgan bо‘lib, nasadkalar gaz oqimi tezligini turg‘unlashtiradi va gaz fazadan
suyuqlik ajralib chiqishi jarayonini jadallashtiradi.
3-rasm. Gravitatsion separatorning tipik sxemasi.
1- vertikal nasadkalar yoki metall tо‘r; 2-satxlarda о‘rnatilgan gorizantal metall tо‘rlar; 3-tomchi
ushlagichlar.
Texnologik jarayonni amalga oshirish bо‘yicha qо‘yilgan talablarga
muvofiqvertikal joylashgan seksiyalar konstruktiv bajarilishi bо‘yicha separatsion
turlardan yoki nasadkalardan tashkil topadi. Ularning о‘rnatilishi va soni
texnologik jarayon talablariga kо‘ra konstruktiv jixatlardan tanlab olinadi.
Qurilma ichida suyuqfazaning hosil bо‘lishi bilan gaz oqimlari bosimi va gazning
suyuqfazaga bosimi tufayli suyuqlik sirtida tо‘lqinlar xosil bо‘lishi kuzatiladi. Bu
tо‘lqinlar natijasida gaz о‘zining tarkibida suyuqfazalarni birga olib chiqib ketadi.
Shuning uchun tо‘lqinlar xosil bо‘lishini kamaytirish maqsadida gorizantal
ravishda joylashtirilgan metall simlardan tayyorlangan tо‘rlar qо‘llaniladi.
Metall tо‘rlarda suyuqfazalarning chо‘kishi va gaz oqimining urilishi sodir
bо‘lib suyuqfazaning qalqishi sekinlashadi. Gorizantal tо‘rlar 2 odatda ikki xil
satxda о‘rnatiladi. Ularning о‘rnatilish satxi qatlam suviva gaz kondensat
fazalarning tutashuv yuzasida (pastda joylashgan metall tо‘r), xamda qatlam
suvlari bilan gaz fazaning ajralish soxalariga (yuqorida joylashgan metall tо‘r)
185
о‘rnatiladi. Suyuqfazaning ajralishi natijasida satxlar balandligi о‘zgarib boradi,
ya’ni qatlam suvi va kondenstalar miqdori oshib boradi. Shuning uchun xar bir
gorizantal tо‘rga mos keluvchi qismlarga avtomatik ravishda suyuqlikni qо‘yib
olish uchun datchiklar о‘rnatiladi va bu datchiklar ishlashi bilan qatlam suvi yoki
kondensatning tuо‘rlar bо‘yicha satxi doimiy ushlanib turiladi.
Tozalanayotgan tabiiy gaz separatsiya jarayonining samaradorligini oshirish
uchun gazning qurilmadan chiqishida uning tarkibidagi mayda suyuqtomchilarni
ushlab qolish uchun tomchi ushlagichlar 3 о‘rnatiladi. Qurilmada separatsiya
nasadkalari 2 va tomchi ushlagichlar 3 gaz oqimiga perpendikulyar xolda
о‘rnatiladi va separatsiyalash jarayoni samaradorligi oshadi.
Ba’zi bir konstruksiyalarda tomchi ushlagichlar gaz oqimiga qiya xolatda
joylashtirilib yig‘ma metall tо‘rlardan iborat bо‘ladi bloklardan foydalanildai.
Bunday xolatlarda metall tо‘rlarning g‘ovakligini tanlash orqali chiqayotgan gaz
tarkibidagi namliklar miqdori va mexanik qо‘shimchalar, ya’ni qattiqzarrachalar
ushlanib qolinadi.
Tabiiy tozalangan gazning qurilmadan chiqishida chiqish shtuseri pastki
qismidagi patrubkaning qurilma ichki qismi og‘zi gaz oqimiga teskari ravishda
о‘rnatiladi va bu bilan gaz tarkibidagi mayda suyuqtomchilarning tо‘g‘ridan tо‘g‘ri
chiqib ketishi oldi olinadi.
Barcha turdagi separatorlar kondensatni qо‘yib olish va qatlam suvlarini
quyib olish uchun aloxida drenaj qurilmalari bilan jixozlangan bо‘ladi. Drenaj
qurilmalaridan chiqayotgan suyuqlik qatlam suvlari suvni tozalash qurilmalariga,
kondensat esa kondensatni barqarorlashtirish qurilmalariga yuboriladi.
Xozirgi paytda neft va gaz sanoati korxonalarida tabiiy gazni dastlabki
tayyorlash qurilmalarida qо‘llanilayotgan gorizantal separatorlarning texnik
tavsifnomalari quyidagicha:
- ishchi bosim, MPa - 0,1 dan 16 gacha;
- ishchi xarorat, 0S - -60 dan 300 gacha;
- qurilma diametri, mm – 3000 gacha;
- qurilma uzunliklari, mm – 7000 gacha;
- qurilmaning ichki xajmi, m3 – 63 gacha:
- korpusi tayyorlanadigan material – uglerodli va zanglamas pо‘latlar;
- ichki jixozlari tayyorlanadigan materiallar – uglerodli, zanglamas
pо‘latlar.
Neftgaz separatorlari quduqdan qazib olinayotgan neft xom-ashyosi
tarkibidan gazni ajratib olish uchun qо‘llaniladi.
Neftgaz konlarida qо‘llaniladigan shartli ravishda quyidagi kategoriyalarga
bо‘linadi:
- ahamiyatiga kо‘ra – о‘lchash separatsiyalash va separatsiyalash;
- geometrik shakli va fazoda joylashuviga kо‘ra – silindrik, sferik, vertikal,
gorizontal va qiya joylashgan;
- ishlatiladigan quduqning turiga qarab – fontan, kompressor va nasos;
- asosiy separatsiya kuchlarining hosil qilinishiga kо‘ra – gravitatsion,
inersion (jalyuzali), va markazdan qochma (gidrotsiklon);
186
- ishchi bosimiga kо‘ra - yuqori (6,4 MPa), о‘rta (2,5 MPa), past (0,6 MPa)
bosimli va vakuumli;
- xizmat qiladigan quduqlar soniga kо‘ra - individual va guruxiy;
- separatsiya bosqichlari soniga kо‘ra -birinchi, ikkinchi, uchinchi va h.k.;
- fazalarni ajratish bо‘yicha ikki fazali; (neft+gaz); uch fazali
(neft+gaz+qatlam suvi).
Neft va gaz konlarida qо‘llaniladigan har qanday turdagi gaz separatorlarida
quyidagi tо‘rtta seksiya mavjud bо‘ladi ( 4 -rasm).
1-seksiya. Asosiy separatsiya seksiyasi. Quduq mahsulotini gaz va suyuqlik
fazalarga ajratish uchun xizmat qiladi. Quduq mahsuloti maxsus deflektor
qurilmasidan foydalanilgan holda seksiyaga tangensial yoki normal holatlarda
kiritiladi. Xom-ashyo tarkibidan ajralib chiqayotgan gaz separatorga kirib
qо‘shimcha ravishda markazdan qochma kuchlar ta’sirida va gaz- suyuqlik
oqimining yо‘alishi о‘zgarishlari hisobiga, ya’ni gazning yuqoriga qarab
kо‘tarilishlari suyuqlikning esa og‘irlik kuchi ta’sirida pastga qarab harakatlanishi
natijasida idish tubiga chо‘kishi sodir bо‘ladi.
2-seksiya. Chо‘ktirish seksiyasi deb nomlanib, bunda suyuqlik tarkibidagi
gaz pо‘fakchalari qо‘shimcha ravishda ajraalib chiqadi. Ya’ni ajralib chiqqan
suyuqlik tarkibida hali ajralib ulgurmagan erigan gazlar ajraladi. Agar suyuqlik
bunda bir yoki bir nechta qiyaliklar ostida oqib tushadigan bо‘lsa, suyuqlik
tarkibidan gaz pо‘fakchalarining ajralishi tezlashadi.. Bu qiya joylashtirilgan
tekisliklar deflektorlar deb nomlanadi va unda suyuqlik sachramasdan bir tekis
holatda suyuqlik separator pastki qismiga oqib tushadi.
3-seksiya. Suyuqliklarni tо‘plash seksiyasi bо‘lib, bu yerda suyuqliklar
tо‘planadi va separatorda hosil qilinadigan bosim va haroratlarning kamayishi
natijasida suyuqlik tarkibida erigan gazlar tо‘liq ajralib chiqadi. Lekin bir qancha
miqdordagi gazlar suyuqlik tarkibida hali qoladi. Shuning uchun bu seksiya ikki
qismga ajratiladi, seksiyaning yuqori qismi uglevodorodli komponentlar uchun va
pastki qismida qatlam suvlari tо‘planadi.
Suyuqliklarning balandliklari sath о‘lchagichlar bilan rostlanib turiladi.
Suyuqliklarni tо‘plash seksiyasi apparat vertikal joylashganda seksiya balandligi
apparat diametriga teng qilib, gorizontal apparatlarda esa apparat diametrining
yarmiga yoki uning 0,75 qismigateng qilib bajariladi.
4-seksiya. Namliklarni ushlash seksiyasi. Bu seksiya gaz separatorining
yuqori qismida joylashgan bо‘lib, uning vazifasi gaz oqimlari bilan birga yuqoriga
harakatlangan suyuqlik zarrachalarinini ushlab, ya’ni tutib qolishdir. Bu
seksiyaning konstruksiyalari shvellerlardan, jalyuzalardan, simli tо‘rlardan, simlar
о‘ramidan, hamda perfirlangan bir tekis pо‘lat polosalardan iborat bо‘lgan qattiq
sirtlardan iboratdir. Bu qattiqsirtlarga suyuqlik tomchilari urilib ushlanib qolinadi
va ularning о‘zaro birikib pastgi tushishi hamda pastki seksiga oqib tushishi
yuzaga keladi.
Vertikal turdagi separator seksiyalarida amalga oshiriladigan jarayonlarni
kо‘rib chiqamiz (4 - Rasm).
Yuqorida keltirilgan har bir seksiyaning balandliklari qо‘llanilayotgan gaz
separatorining samaradorlik kо‘rsatkichlarini belgilaydi. Suyuqlik tarkibidan gazni
187
ajratib olish darajasi qurilmaning ishlash samaradorligini belgilaydi va u quyidagi:
tomchi ushlash seksiyasidan gaz oqimi bilan birga chiqib ketadigan suyuqlikning
miqdori va gaz oqimi bilan birga ketadigan suyuqlik miqdori kabi kо‘rsatkichlar
bilan baholanadi.
Keltirilgan kо‘rsatkichlarning qiymatlari qanchalik kam bо‘lsa qurilmaning
ishlash samaradorligi shunchalik yuqori deb hisoblanadi.
Hozirgi paytda neftgaz sanoatida tо‘rli separatorlarning vertikal turi samarali
bо‘lganligi uchun faqat ular vertikal bajarilshalarda ishlab chiqariladi. Bunga
asosiy sabablardan quyidagilar hisoblanadi:
-
bir xil hajmdagi qurilmaning mahsulot joylashuvida oqimlarning harakati
va ajralayotgan tarkiblarning alohida alohida joylashuvi;
-
yuqori bosimlarda ham separatsiyalash samaradorligining kattaligi;
-
qurilmani nazorat qilish va unga texnik xizmat kо‘rsatishning oddiyligi va
shu kabilar.
4 - rasm. Vertikal separator umumiy kо‘rinishi.
I – asosiy separatsion seksiya; II – chо‘ktirish seksiyasi; III – neft yig‘ish seksiyasi; IV –
tomchi ushlash seksiyasi; 1 – quduq mahsuloti kirishi; 2 – taqsimlash kollektori; 3- satx
rostlagich; 4 –tomchi ushlovchi nasadkalar; 5 – saqlash klapani; 6 – qiya tekisliklar; 7 – satxni
rostlovchi datchik; 8 – bajaruvchi mexanizm; 9 – patrubok; 10 – saqlash klapani; 11 –
suvо‘lchagich shisha; 12 – ajratuvchi kraniklar; G
y
– gaz pо‘fakchalari massasi, unosimix s
neftyu iz separatora; 13 – drenaj quvur.
Apparatda qatlam suvlari, uglevodorodli tarkib va gazlar ajralishi sodir
bо‘lganligi uchun uch fazali separatorlar guruxiga kiradi va separatorlarning
188
ishlashi bosim о‘zgarishlari va ichki konstruktiv tuzilishlari bilan talab qilingan
funksiyani bajarish imkoniyatlarini beradi.
Ba’zi bir vertikal gaz separatorlarida sepatsiyalangan gazni о‘lchash bilan
bir qatorda ajralib chiqayotgan qatlam suvlari va suyuq uglevodorod ham
о‘lchanadi va shuning uchun u turdagi separatorlani о‘lchash tо‘rli separatorlari
deb ham yuritiladi. Bu turdagi separatorlarda ba’zi qollarda isitish tizimi
qо‘llaniladi. Isitish tizimining qо‘llanilishi asosiy maqsadi suyuqlik tarkibidagi
erigan gazlarning ajralishini jadallashtirish va kо‘pik hosil bо‘lishi jarayoni oldini
olish kabilardir. Isitish tizimida yonilg‘i sifatida separatorning yuqori qismidan
tozalanib chiqayotgan gazdan foydalaniladi.
Separatorda ajralib chiqayotgan separatorning pastki qismidan va neft yoki
gazkondensati yon tomonidan tangensial yо‘nalishda chiqariladi. Lekin amaliyotda
kо‘pgina hollarda nfet-suv aralashmalari separator tub qismidan birgalikda
chiqazib olish konstruksiyalari kо‘p qо‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |