Qarshi muhandislik iqtisodiyot institui neft va gaz fakulteti «texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi


Uglevodorodlarni bug‘lanishga yo‘qotilishini kamaytirish yo‘llari



Download 6,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/163
Sana25.04.2022
Hajmi6,47 Mb.
#581207
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   163
Bog'liq
neftkimyo va neft - gazni qayta ishlash jihozlari fani boyicha maruzalar matni

Uglevodorodlarni bug‘lanishga yo‘qotilishini kamaytirish yo‘llari. 
 
Eng so‘nggi gaz ajratgichdan chiqqan neft yig‘ish va ishlash tizimida bosim 
pasayishi, haroratning ko‘tarilishi yoki bug‘li fazoga to‘yinmaganligi tufayli 
bug‘lanish ta’siriga tushadi. Neftni bir xil sharoitdagi bug‘lanish tezligi
tarkibidagi yengil uglevodorodlarning miqdoriga hamda qatlam neftining 
tarkibiga hamda bir xil va neftlar uchun ham gaz ajratish rejimiga bog‘liq bo‘ladi. 
Rezervuarlardagi neftning tarkibidan uglevodorodlarni yo‘qotilishini 
kamaytirish va bartaraflashning bir nechta usullari mavjuddir. Ularning hammasi 
uchta guruhga bo‘linadi: neftni bug‘lanishini oldini olish; neftni bug‘lanishini 
kamaytirish, bug‘langan neft mahsulotlarini yig‘ish (utilizatsiya qilish). 
Neftni bug‘lanishini oldini oluvchi eng faol usullardan biri gaz fazosining 
sig‘imini muvozanatini ta’minlashga asoslangandir. Umumiy holda qaralganda 
yo‘qotilish kattaligi bug‘-havo muhitining hajmiga, neftdagi bug‘ning 
konsentratsiyasiga, uning haroratiga, neftda erigan gazlarning tarkibiga va 
bug‘larni to‘yinish bosimiga bog‘liq bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan parametrlarning 
qiymati kamaytirilganda yo‘qotilishlarni qisqartirishga olib keladi. 
Rezervuarlarda haroratni o‘zgarishini manbalariga hajmiy sharoitda 
texnologik jarayonlarni jadallashuvini sodir bo‘lishiga haydaladigan mahsulotning 
haroratining balandligi, quyosh radiatsiyasi, atrof muhitdagi haroratning tebranishi 
va rezervuar devorining qizishi kiradi. 
Rezervuardagi gaz fazosining va neft yuzasining kunlik haroratni 
tebranishini hamda neft bug‘larining parsial bosiminn o‘zgarishini kamaytirish 
uchun rezervuarlarni tashqi sirt yuzasini nur tarqatuvchi bo‘yoq bilan, rezervuar 
korpusini-issiqlikdan izolyatsiya qilish, ekran va rezervuarning tashqi sirtini nur 
tarqatuvchi ekran bilan oraliqli yoki oraliqsiz, rezervuarning tashqi tomonini suv 
bilan sug‘orish, rezervuarlarda metall bo‘lmagan materiallardani foydalanish, 
yerga chuqurroq ko‘mish amalga oshiriladi. Rezervuarlar ko‘proq oynasimon, oq, 
yaltiroq kul rang, alyuminiy va kul rang bilan qoplanadi. Rezervuarning tashqi 
tomonidagi bo‘yoq uni korroziyadan himoya qiladi. Ayniqsa, buyoqdan issiqlik 


200 
nurlarining tarqalishi juda ham muhimdir. Rezervuarning tashqi va ichki 
yuzalaridagi buyoqning bir vaqtdagi samaradorligi 65%gacha yetishi mumkin. 
Neft kon jihozlarida neftni bug‘lanishini oldini olish uchun uni butun 
harakatlanishi davomida ortiqcha bosim qiymatini neft bug‘larini to‘yinish 
bosimidan yuqori qiymatda ushlab turish kerak. Rezervuarda ortiqcha bosimni 
kuchaytirishda klapan qurilmalaridan foydalaniladi hamda u nafas oluvchi va 
oldindan himoya qiluvchi klapanlardan tashkil topgan.
Nafas olish klapanlari – neft qazib olinadigan konlar uchun korpusdan va 
uning ichiga egar hamda bosim klapanlari likopchasi va vakuum joylashtiriladi.
Rezervuardagi bosim o‘rnatilgan bosimdan oshib ketganda bosim klapani ochiladi 
va bug‘lanish mahsulotlari rezervuardan chiqadi hamda undagi bosim pasayib 
ketganda vakuum klapani ochiladi va rezervuarga havoni kirishiga yo‘l beriladi. 
Klapanning likopchalari yo‘nalish bo‘yicha aniq chegaralangan masofaga 
siljitiladi. Uning massasini metall shaybani qo‘shimcha o‘rnatib oshiriladi. 
Likopchani va egarni zarbasi ta’sirida korroziyani kamaytirish va uchqunlarni 
oldini olish uchun vakuum likopchasi rangli metalldan tayyorlanadi. Sovuq 
territoriyalarda metall bosim klapani bilan likopcha muzlovchi suv yordamida 
payvandlanadi, natijada hosil bo‘lgan kondensatsiya suv bug‘lari klapan orqali 
o‘tganda neftni bug‘lanish mahsulotlarini tarkibida qoladi. Nafas oluvchi 
klapanlarni metall likopchalari va egari plasmassadan tayyorlagan konstruksiyalari 
mavjud. Klapanning kirish va chiqish teshiklari klapanni ifloslanish va 
rezervuarning ichki qismiga uchqunlarni kirmasligini oldini olish uchun to‘r bilan 
berkitiladi.
Klapan rezervuarda aniq tik holatda o‘rnatiladi. Bunga rioya qilinmaganda 
yo‘naltiruvchi klapanlarning siljishini qiyinlashtiradi va klapanni noto‘g‘ri 
ishlashga olib keladi. Klapn likopchasini egarga ishqalanishini aniqligi davriy 
ravishda tekshirib turiladi.
Germetikli sig‘im neft bilan to‘ldirilish vaqtida undagi haroratni va bosimni 
hisobiy qiymatdan qoriga ko‘tarilishi bug‘ havo aralashmasi atmosferaga nafas 
olish klapanlari va kam holatda himoya qiluvchi klapan orqali siqib chiqariladi: 
bunda neft orqali bug‘havo aralashmasi siqib chiqariladi - rezervuarning “katta 
nafas” olishi sodir bo‘ladi. Kunlik havo haroroatining o‘zgarishi ham 
bug‘lantirishga olib keladi va “kichik nafas” olish sodir bo‘ladi hamda “teskari 
nafas olishda” – bo‘shatilgan sig‘imga bug‘ga to‘yingan neft mahsulotini kirishi 
evaziga gaz fazosida umumiy bosim ko‘tariladi. Agarda sig‘imda eng kamida 
ikkita teshik bo‘lganda bug‘havo aralashmasini atmosferaga shamollatish sodir 
bo‘ladi va shamollatishga yo‘qotilish deyiladi. Shunday fikrga ega bo‘lish 
mumkinki, texnik ishlatish qoidalari buzilganda bunday turdagi yo‘qotilishlar sodir 
bo‘ladi. Rezervuarda neftning bug‘lanishini kamaytirish uchun plastmassali 
shariklardan ekranlar yoki yaxlit plastmassali ekranlar qo‘llaniladi. 
Plastmassali shariklar fenol, fomaldegit va karbomidli smoladan 
tayyorlanadi keyin esa azot bilan to‘ldiriladi. Plastmassali shariklardan ekran 
yaratish uchun quruq ko‘kun rezervuardagi neftning yuzasiga sepiladi hamda 
yuqori lyuk yoki neft bilan birgalikda kiritiladi. Mos holatda ishlov berilganda 
bunday turdagi ekranlarning mavjudligi 5...6 marta neftni bug‘lanishini 


201 
kamaytiradi, namlanmaydigan bo‘ladi va neftni bug‘lanishini yana ham 
kamaytiradi. 
Pontonlar – har xil turdagi “nafas” olishda neftni yo‘qotilishini samarali 
kamaytiradigan vositadir va uning samaradorligi qator holatlarda 96%ga erishiladi. 
Pontonlar metall va sintetik turlarga bo‘linadi. Sintetik pontonlar amalda 
botirilmaydi, montaj qilish oddiy va yaxshi egiluvchanlikka ega. Ko‘pik uretonli
pontonlar mutaxassislarning fikriga muvofiq yo‘qotilishni 96% gacha 
kamaytiradi. 
Neftdagi yengil fraksiyalarni bug‘lanishdan yo‘qotilishini kamaytirish uchun 
suzuvchi qopqoqli rezervuarlar qo‘llaniladi. Suzuvchi qopqoq neftning oynasini 
to‘liq yopadi va (unda suzadi) va qopqoq va rezervuar korpusi oralig‘idagi 
yoriqlarni to‘liq germetiklash uchun zichlovchi zatvor bilan ta’minlangan. Yil 
davomida rezervuar ko‘p marta to‘ldirilganda va bo‘shatilganda suzuvchi 
qopqoqlardan foydalanish samaralidir. 
Bug‘lanishdan yo‘qotilishni kamaytirishning eng samarali usularidan biri
rezervuarlar tizimiga o‘rnatilgan gaz muvozanatlagichlar hisoblanadi, bunda 
ko‘taruvchi qopqoqlar yoki har xil konstruksiyali yakka gaz to‘plagichlar orqali 
nafas oluvchi rezervuarlarni qo‘llash yo‘li yordamida gaz fazosida o‘zgaruvchan 
hajm hosil qilinadi. Odatda rezervuar ko‘taruvchi yoki nafas oluvchi qopqoqli 
yoki yakka gaz to‘plagich quvur uzatmalar bilan gaz fazoli guruhli rezervuarlar 
biriktiriladi. Bu rezervuarlar ular birlashtiruvchi quvur uzatmalari bilan gaz 
muvozanatlovchi tizimni tashkil qiladi.
Gaz muvozanatlovchi tizimdan foydalanish tajribasi ularni yetarli 
samaraga ega ekanligini ko‘rsatadi. Gazning muvozanatlash tizimining 
qo‘llanilishi rezervuarlardagi uglevodorodlarni bug‘lanishdan yo‘qotilishi
kamaytiradi va ularni xarajatini qoplash muddati bir necha oyni tashkil qiladi.

Download 6,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish