Qarshi muhandislik iqtisodiyot institui neft va gaz fakulteti «texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi


Gaz separatorlarining qо‘llanilishi



Download 6,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/163
Sana25.04.2022
Hajmi6,47 Mb.
#581207
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   163
Bog'liq
neftkimyo va neft - gazni qayta ishlash jihozlari fani boyicha maruzalar matni

 
 Gaz separatorlarining qо‘llanilishi 
Tabiiy gazni mexanik qо‘shimchalar va suyuqlik tomchilaridan tozalashda 
qо‘llaniladigan gaz separatorlari texnologik jarayonni amalga oshirishda 
qо‘llaniladigan vazifasiga qarab turli xildagi konstruktiv bajarilishlarda 
tayyorlanadi. 
Neftkimyo va gazkimyo sanoatlari korxonalarida tabiiy gazni tozalash 
jarayonini amalga oshirish uchun quyidagi turdagi gaz separatorlari qо‘llaniladi: 
-gazlarni suyuqlik tomchilari va mexanik zarrachalardan tozalash uchun 
yuqori samaradorlikga ega bо‘lgan separatorlar; 


177 
-tabiiy gazning tarkibidagi kondensat, gidratlar hosil bо‘lishiga qarshi 
qо‘llanilgan ingibitorlar va qatlam suvi kabilarning tomchilarin ajratib olish 
uchun tо‘rli gaz separatorlari; 
-mash’ala gazlarini suyuqlik tomchilaridan tozalash uchun separatorlar.
Suyuqliklarni tо‘plash seksiyasida suyuqliklar tо‘planadi va separatorda 
hosil qilinadigan bosim va haroratlarning kamayishi natijasida suyuqlik 
tarkibida erigan gazlar tо‘liq ajralib chiqadi. Lekin bir qancha miqdordagi gazlar 
suyuqlik tarkibida hali qoladi. Shuning uchun bu seksiya ikki qismga ajratiladi, 
seksiyaning yuqori qismi uglevodorodli komponentlar uchun va pastki qismida 
qatlam suvlari tо‘planadi. 
Suyuqliklarning balandliklari sath о‘lchagichlar bilan rostlanib turiladi. 
Suyuqliklarni tо‘plash seksiyasi apparat vertikal joylashganda seksiya balandligi 
apparat diametriga teng qilib, gorizontal apparatlarda esa apparat diametrining 
yarmiga yoki uning 0,75 qismiga teng qilib bajariladi. 
Namliklarni ushlash seksiyasi gaz separatorining yuqori qismida 
joylashgan bо‘lib, uning vazifasi gaz oqimlari bilan birga yuqoriga 
harakatlangan suyuqlik zarrachalarinini ushlab, ya’ni tutib qolishdir. Bu 
seksiyaning konstruksiyalari shvellerlardan, jalyuzalardan, simli tо‘rlardan, 
simlar о‘ramidan, hamda perfirlangan bir tekis pо‘lat polosalardan iborat 
bо‘lgan qattiq sirtlardan iboratdir. Bu qattiqsirtlarga suyuqlik tomchilari urilib 
ushlanib qolinadi va ularning о‘zaro birikib pastgi tushishi hamda pastki 
seksiyaga oqib tushishi yuzaga keladi (1-rasm). 
Keltirilgan har bir seksiyaning balandliklari, shuningdek, suyuqlik 
tarkibidan gazni ajratib olish darajasi, tomchi ushlash seksiyasidan gaz oqimi 
bilan birga chiqib ketadigan suyuqlikning miqdori va gaz oqimi bilan birga 
ketadigan suyuqlik miqdori kabi kо‘rsatkichlar qо‘llanilayotgan gaz 
separatorining samaradorlik kо‘rsatkichlarini belgilaydi. Keltirilgan 
kо‘rsatkichlarning qiymatlari qanchalik kam bо‘lsa qurilmaning ishlash 
samaradorligi shunchalik yuqori deb hisoblanadi. 
Ba’zi bir vertikal gaz separatorlarida sepatsiyalangan gazni о‘lchash bilan 
bir qatorda ajralib chiqayotgan qatlam suvlari va suyuq uglevodorod ham 
о‘lchanadi va shuning uchun u turdagi separatorlani о‘lchash tо‘rli separatorlari 
deb ham yuritiladi. 
Bu turdagi separatorlarda ba’zi qollarda isitish tizimi qо‘llaniladi. Isitish 
tizimining qо‘llanilishi asosiy maqsadi suyuqlik tarkibidagi erigan gazlarning 
ajralishini jadallashtirish va kо‘pik hosil bо‘lishi jarayoni oldini olish kabilardir. 
Isitish tizimida yonilg‘i sifatida separatorning yuqori qismidan tozalanib 
chiqayotgan gazdan foydalaniladi. 


178 
1- Rasm. Gaz separatorining umumiy tuzilishi. 1-korpus; 2-qopqoq; 3-lyuk; 4-gaz 
kirish quvuri; 5-gaz chiqish quvuri; 6-suyuqlik chiqishi. 
Separatorda ajralib chiqayotgan separatorning pastki qismidan va neft 
yoki gazkondensati yon tomonidan tangensial yо‘nalishda chiqariladi. Lekin 
amaliyotda kо‘pgina hollarda nfet-suv aralashmalari separator tub qismidan 
birgalikda chiqazib olish konstruksiyalari kо‘p qо‘llaniladi. Tabiiy gaz 
tarkibidan mexanik qо‘shimchalar va suyuqliklar (qatlam suvlari zarrachalari, 
og‘ir ulevodorodlar va ingibitorlarnig tarkibidagi qо‘shimchalar) ning 
zarachalarini ajratib olish uchun asosan gaz separatorlari qо‘llaniladi. Bu turdagi 
separatorlar ta’sir samaradorligiga bog‘liq ravishda gravitatsion, inersion, 
jalyuzali, markazdan qochma, tо‘rli va filtrli separatorlarga bо‘linadi ( 2-rasm). 
Tabiiy gazni mexanik qо‘shimchalar va suyuqliklardan tozalash uchun 
gabarit о‘lchamlari kattaligi va konstruksiyaning og‘irligi tufayli gravitatsion 
separatorlar juda kam qо‘llaniladi. Bu о‘rinda inersion separatorlar juda 
ustunlikga ega. Chunki tabiiy gaz juda inersion hisoblanib, uni tozalashda 
gazoqim yо‘nalishini о‘zgartirish separatorlar konstruksiyalarida juda yengil 
amalga oshirish hamda yо‘analtiruvchi elementlarni qо‘llash odiyligidadir. 


179 
Inersion turdagi bajarilishga ega bо‘lgan gaz separatorlari konstruksiyalari 
bajarilishlari oddiy bо‘lsada ular gaz tozalash samaradorligi bо‘yicha markazdan 
qochma va tо‘rli separatorlarga nisbatan kamroq kо‘rsatkichlarga ega.
Gaz separatorlari ichida gazni mexanik qо‘shimchalar va suyuqlik 
tomchilaridan tozalash uchun eng samaralisi filtr-separtorlar hisoblanadi. 
Inersion, jalyuzli va tо‘g‘ri oqimli markazdan qochma kuch ta’sirida 
ishlaydigan separatorlar neft va gaz sanoatida gazlarni tozalash texnologik 
jarayonlarida uzoq vaqtlardan buyon foydalanib kelinmoqda. Oxirgi yillarda esa 
filtrli separatorlarning qо‘llanilishiga alohida e’tibor berilmoqda va bunda 
filtrlovchi elementlar konstruksiyalari va materiallari yо‘nalishida juda kо‘plab 
konstruktiv bajarilishlar ishlab chiqilmoqda. 
Gravitatsion separatorlar vertikal (tik) yoki gorizontal joylashgan turlarda 
ishlab chiqiladi. Vertikal konstruktiv bajarilishlardagi separatorlarda gaz oqimi 
separatorning pastki qismidan yuqori qismiga qarab harakatlanishi qabul 
qilingan, oqim tarkibidagi mexanik qо‘shimchalar va suyuq fazalar esa 
gravitatsion og‘irlik va zichliklarining kattaligi hisobiga pastga qarab 
harakatlanadi,ya’ni idish tubiga chо‘kadi. 
Gorizontal bajarilishdagi separatorlarda esa gaz oqimi gorizontal 
yо‘nalishda tashkil etiladi, og‘ir fazalar esa gaz oqimi mobaynida vertikal 
qо‘nalishda yuqoridan pastga, ya’ni oqimga perpendikulyar ravishda 
harakatlanadi. Gaz separatordan chiqqandan keyin о‘zining noturg‘un harakatini 
asta sekin tekis harakatga aylantiradi.
Tabiiy gazning separatorga kirib harakat yо‘nailishini о‘zgartirganida mos 
ravishda uning inersionligi ham о‘zgaradi, hamda harakat noturg‘un harakat 
kо‘rinishida bо‘ladi. Gazning noturg‘un harakatdan turg‘un harakatgacha 
bо‘lgan vaqti davomiyligi relaksatsiya vaqti deyiladi. Separatorlarda gazning 
noturg‘un harakatini turg‘un harakatga aylantirish uchun alohida soha 
konstruksiya qilinadi . Ayniqsa bu soha vertikal konstruksiyalar uchun juda 
muhim hisoblanadi. Odatda bu sohaning vertikal separatorlardagi balandligi 0,6 
m dan yuqori qiymatlarda olinadi, gorizontal separatorlarda esa chо‘kish 
sohasining uzunligi 2 m dan katta olinadi. 
Jalyuzli separatorlar
 
jalyuzli nasadkalarbilan jihozlangan bо‘lib, ular egri 
srtli listlar kо‘rinishida yig‘ma holda bir biridan biroz masofalarda 
joylashtiriladi hamda ularning orasida kanallar kо‘rinishida oraliqlar qoldiriladi. 
Ikki fazali oqim, ya’ni suyuqlik va gaz aralashmalari bu oraliqlardan ye u yerda 
og‘ir faza inersion kuch ta’sirida chо‘kadi. Separatsiyalash samaradorligi 
jalyuzli paket qilib bir tekis joylashtirish sifatiga bog‘liq bо‘ladi.


180 
a) b) d) e) f) 
2- rasm. Gaz separatorlari konstruktiv bajarilishlari. 

Download 6,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish