Qarshi kurashning



Download 4,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/114
Sana15.07.2022
Hajmi4,43 Mb.
#802293
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   114
Bog'liq
86. Diniy ekstremizm vа terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari

99


VII 
bob. MARKAZIY OSIYODAGI BARQARORLIK VA
XAVFSIZLIKKA TAHDID SOLAYOTGAN DINIY EKSTRE­
MISTIK VA TERRORISTIK TASHKILOTLAR
Diniy ekstremizm va terrorizmning mintaqada namoyon bo‘li-
shining o ‘ziga xos xususiyatlari. 
M a’lum ki, XXI asr ibtidosida 
jam iyat barqarorligi, xavfsizligiga tahdidlar m ajmuasida mafkuraviy 
tahdidning tarkibiy qismiga aylangan diniy ekstremizm bosh omil va 
keng qoilanilayotgan uslub sifatida o ‘zini namoyon qilmoqda. Diniy 
ekstrem izm ning Afg‘onistondagi o ‘choqlari asosan yo‘q qilingan 
b o ‘lsa-da, xavf ham on saqlanib qolm oqda. M a’lum doiralar bizga 
q o ‘shni b o 'lg a n ayrim d a v la tla rd a o ‘z «uyalarini» y aratish ga 
urinm oqdalar.
U m um an Markaziy Osiyo mintaqasi, jum ladan, 0 ‘zbekistonda 
bunday tahdidning yuzaga kelishiga quyidagilar sabab b o ‘ldi:
— «perestroyka» davrida nafaqat siyosiy va iqtisodiy inqiroz, balki 
mafkuraviy parokandalik ham yuzaga kelgan edi. Sovet imperiyasi 
barbod b o ‘lgach esa, mafkuraviy bo‘shliq o ‘zining xatarli oqibatlarini 
nam oyon qildi;
— sho‘ro davrida shakllangan SADUM ( 0 ‘rta Osiyo va Qozog‘iston 
musulmonlari diniy boshqarmasi) o ‘zgargan vaziyatga moslasha olmadi. 
U nga yangicha m azm un-m ohiyat bag‘ishlash yo‘lidagi urinishlar 
besamar ketdi. Oxir-oqibatda SADUM parchalanib ketdi va diniy idoralar 
o'rtasidagi hamkorlik aloqalari deyarli barham topdi;
— e ’tiborli diniy ulam olar o ‘rnini soxta «islomchilar» egallashga 
intilishlari va ular tom onidan islom asoslari buzib talqin qilinishi 
boshlandi;
— aholining islom diniga bo'lgan katta qiziqishidan foydalanib
xalqaro ekstremistik markazlar tomonidan mintaqada diniy mutaassiblik 
ruhidagi adabiyotlarni tarqatish kengaytirildi;
— din niqobi ostida faoliyat olib boruvchi, aslida ayrim davlatlarning 
g‘arazli geosiyosiy va geostrategik qarashlari natijasi o ‘laroq shakllangan, 
qo‘poruvchilik maqsadini ko'zlagan turli oqim va yo‘nalishlarga mansub 
xorijiy d a’vatchilar mintaqaga o ‘z g‘oyalarini olib kira boshladilar;
— m intaqa davlatlari chegaralarining mustahkam emasligi turli 
ekstremistik kuchlarga narkotrafik, qurol-yarog‘larning noqonuniy savdosi 
orqali moliyaviy imkoniyatlarini mustahkamlab olishga va mintaqa bo‘ylab 
erkin harakat qilishga zamin yaratdi.
Qisqa qilib aytganda, sho‘ro davridan meros bo ‘lib qolgan og‘ir 
ijtimoiy-iqtisodiy m uam m olar yuki yuqorida qayd etilgan sabablar 
bilan qo‘shilib diniy ekstremistik oqimlarning shakllanishi va faollashuviga 
qulaysharoit yaratdi.
100


Um um an olganda esa, diniy ekstremizm mintaqada yashirin, ammo 
nisbatan passiv, keyinroq ochiq-oshkora tashviqot va zo'ravonlikka 
asoslangan faol harakatlar, so‘ng unga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar 
natijasida yana o‘ta maxfiy ishlash asnosida targibot olib borish va aniq 
qo‘poruvchilik xurujlarini sodir etishdek sifatiy bosqichlarni bosib o'tdi, 
deyish mumkin.

Download 4,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish