Diniy tashkilotlar ustidan nazorat o ‘rnatishga qaratilgan amali-
yot.
Misr hukum ati umummilliy strategiyaga binoan diniy va siyosiy
zo‘ravonlikka chek qo‘ymoqda. Bu dasturning asosiy maqsadi - diniy
radikalizmning ijtimoiy-iqtisodiy zaminini yo‘q qilish va yoshlarga
tayanishdan mahrum etishdan iborat bo‘lib, siyosiy, axborot, diniy,
m adaniy va yoshlar m'uassasalarining har tom onlam a va o ‘zaro
hamkorlikdagi ta’sirini kuchaytirishga asoslangan.
95
Davlat o ‘rta va oliy o ‘quv yurtlariga alohida e ’tibor berish, diniy
dasturlar va fanlarning o ‘qitilishini qattiq nazorat qilish orqali islom
tashkilotlarining universitetlar, talabalar va kasaba uyushmalari ichidagi
ta’sirini jiddiy kamaytirishga erishdi.
M isrda terrorizm ga qarshi kurash strategiyasi doirasida V aqf
vazirligi, al-A zhar universiteti, M uftiyat va M isr xristian cherkovi
kabi
tashkilotlarga ham alohida m as’uliyat yuklatilgan. Davlat
islo m ch ila rn in g radikal g ‘o y a la rin in g asossizligini k o ‘rsatish ,
tarqalishining oldini olishda so f islomga d a ’vat qiluvchi, radio va
televideniyeda tashkil etilayotgan diniy sem inar va m unozaralarda
faol qatnashayotgan, xalq orasida m ashhur diniy ulam olarning
chiqishlaridan ham unum li foydalanm oqda.
Hozirgi kunda «xususiy» yoki «xalq masjidlari» deb ataladigan
masjidlarning faoliyati va siyosiy faolligi kuchaygani tufayli davlat
tom onidan ularning faoliyatini nazorat qilishni bosqichma-bosqich
Vaqf vazirligiga o'tkazila boshlashi barobarida ularga al-Azhar universitetini
bitirganlarni imom qilib tayinlash, qishloqlardagi Q ur’onni o'rganish
markazlarida savodsizlikni tugatishni targ‘ib qilish ham davlatning
din sohasidagi siyosatining uzviy qismiga aylandi.
Davlat dasturiga ko‘ra, barcha masjidlar Vaqf vazirligi qaramog‘iga
o'tkazilishi lozim. Bu tadbirlar ko‘plab xususiy masjidlarni nazorat
qiladigan va shu yerda yangi a ’zolarni jalb qiladigan radikal islom
tashkilotlari va guruhlarining ta’sirini kamaytirishga qaratilgan.
Uning yana bir maqsadi jam iyatning chalasavod, o ‘rta va quyi
tabaqalarini radikal diniy g‘oyalar ta’siridan himoya qilishdan iborat.
Bundan tashqari, mazkur jarayon juma namozida o ‘qiladigan ma’ruzalar,
u la rn in g m a z m u n a n b ir x illig in i t a ’m in la sh o rq a li n a z o ra t
qilinayotganini ham ta’kidlash zarur. Biroq ushbu tadbirlarni moliyaviy
ta ’minlash va al-Azhar universitetini bitirgan yuqori malakali diniy
xodimlarning yetishmasligi bilan bog'liq bir qator sabab va qiyinchiliklar
bu siyosatning samaradorligiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, zakot qo ‘mitalari, xususiy ehsonlar hisobiga moddiy
t a ’m in lan a d ig a n va aholi to m o n id a n q o ‘llab -q u v v atlan ad ig an
masjidlarning katta qismini nazorat qilish ham muayyan qiyinchiliklarni
tug‘dirmoqda.
U m um an olganda, 1990-yillarda diniy tashkilotlar ustidan davlat
nazorati kuchaydi, deb aytish mumkin. Bu, xususan, mamlakat rahbariyati
tomonidan diniy sohada qabul qilingan qator qonun hujjatlarida ham
yaqqol ko‘rinadi. Masalan, Prezidentning 280-sonli farmoniga ko‘ra, 1993-
yildan al-Azhar oliy shayxi Misr bosh vaziriga bo‘ysunadi hamda o‘zining
moliyaviy va boshqa huquqlari bo‘yicha u bilan tenglashtirilgan. Misr Pre-
zidenti al-Azhar shayxini shaxsan o ‘zi tayinlaydi. Masjidlar va imomlar
96
faoliyati «Masjidlar faoliyati to‘g‘risida»gi qonun bilan belgilanadi. Unga
ko‘ra, xutbalar va diniy fanlarni o ‘qitishni litsenziyalash majburiy
hisoblanib, zakot yig‘ish nazorat ostiga olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |