natijasida ekstremizm va terrorizm mamlakatlar, mintaqalar va umuman
dunyo xavfsizligiga asosiy tahdid sifatida birinchi o ‘ringa chiqdi.
Q o‘poruvchilik faoliyatining turli ko‘rinishlarini o ‘z ichiga olgan
infrastrukturani shakllantirgan va rivojlantiigan mazkur ikki dunyoqarash
o ‘rtasidagi kurash hozirda turli xil kuchlarni birlashtirgan ko‘p qutbli
dunyoning mazkur infrastrukturaga qarshi kurashidek shakl-shamoyil
kasb etmoqda.
Bu, birinchi navbatda, ekstremizm va terrorizm ning anarxizm va
fashizmning arxaik shakllari bilan qorishmasi hisoblangan va ommaning
keng qatlamlari bilan bog‘lovchi halqa sifatida islom shiorlaridan ustalik
bilan foydalanadigan, aslida esa xalq bilan hech qanday aloqasi
yo'qligini m ohirona yashira oladigan holat kasb etdi. 0 ‘z vaqtida, XX
asrning 70-yillarida, terrorchilar xalq bilan birgalikni ko ‘rsatish va
uning nom idan harakat qilish uchun kom m unizm shiorlari ostida
faoliyat yuritishi va shu yo‘l bilan mablag‘ to ‘plashi qulayroq edi.
0 ‘sha yillarda Lotin Amerikasida ekstremistik ruhdagi kom munistpa-
rast tuzilmalarning jangarilari jam iyatda parokandalikni yuzaga kelti-
rish va tartibsizlik to ‘lqinida kom m unistlarning hokim iyatni qo‘lga
olishiga sharoit yaratishga qaratilgan ko‘plab terrorchilik xurujlarini
sodir etardilar. Biroq aksariyat hollarda, ular hokimiyatni qo‘lga olish
niyatlariga erisha olm adilar va jam iyat a ’zolari diqqatini jalb qilish
maqsadini ko'zlagan shov-shuvli terrorchilik xurujlarini amalga oshi-
rish bilan qanoatlanishga majbur b o ‘ldilar. Ekstremistik tuzilm alar
ning asosiy maqsadi aslida jam iyatni qo ‘rquv va vahimada tutib turish
va shu yo‘l bilan om m a ongida noilojlik, ertangi kunga ishonchsizlik
tuyg‘ularini shakllantirishga qaratilgan edi. Bu esa o ‘z navbatida, jamiyat
taraqqiyotini va ijtimoiy hayotning turli jabhalarida barqarorlikka
erishishni jiddiy qiyinlashtirar edi.
Bugungi kunda kommunistik shiorlar unchalik ham mashhur emas,
ekstremistik tuzilmalarni «qizil rangi» uchun yirik m ablag'lar bilan
qo ‘llab-quw atlagan SSSR ham yo‘q. 0 ‘z navbatida, AQSH va uning
sheriklariga ham, javob tariqasida shunga o ‘xshash tuzilmalarni qo‘llab-
quw atlash uchun yirik m ablag'larni sovurishiga hech qanday zarurat
qolmadi. Biroq yangi sharoitda har xil turdagi buzg‘unchilik, beqarorlikni
keltirib chiqarishga qaratilgan vositalar bugun ham ana shu maqsadlarga
faqat islom shiorlari ostida yo‘naltirilayapti, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: