Zardushtiylik
M arkaziy Osiyoda m iloddan awalgi
II—I
ming
yilliklarda vujudga kelgan. U dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri
hisoblanib, unga mil. av. X II-V I asrlarda Markaziy Osiyo, Ozarbayjon,
Eron va Kichik Osiyo xalqlari e ’tiqod qilganlar.
Zardushtiylik boshqa barcha dinlarga nisbatan bevosita va bilvosita eng
ko‘p ta’sir o'tkazgan dindir, deyish mumkin. Zardushtiylikda har bir
kishi ustidan ilohiy hukm amalga oshirilishi, jannat va jahannam ,
qiyomat-qoyim, unda tananing qayta tirilishi, tana va ruh qayta birlashib
26
mangu yashashi haqidagi ta’limotlar mavjud. Zardushtiylik dini Zardusht
nomiga nisbat berilib, shartli ravishda shunday atab kelinadi. Aslida esa,
m azku r din n in g m uqaddas kitobi hiso b lanm ish «Avesto»da u
«Mazdayasna» dini deb atalgan. Bu so‘zni «Mazdaga sig‘inmoq» deb
tarjima qilish mumkin. «Mazda» so‘zi «donish, donishm and, oqil»
kabi m a’nolarda talqin etiladi.
Zardushtiylik shuningdek, «Behdin», ya’ni «Eng yaxshi din» degan
nom bilan ham ulug‘langan. Uning ta’limotiga ko‘ra, borliq Mazdaning
irodasi bilan yaratilgan. «Mazda» so‘zi oldiga ulug'lash m a’nosini
anglatuvchi «Axura» qo‘shilib, zardushtiylikning ilohiyoti — Axura-
Mazda nomi paydo bo‘lgan. Bu - «Janob Mazda» yoki «Iloh» demakdir.
Zardushtiylik ta’limoti Markaziy Osiyoda ibtidoiy davrda mavjud
b o ‘lgan tabiat kuchlarini ilohiylashtiruvchi e ’tiqodlarga nisbatan
monoteistik ta’limot hisoblanadi.
Zardushtiylik negizida olamning qarama-qarshiliklar kurashi asosiga
qurilishi, yaxshilik va yomonlik, yorug‘lik va qorong‘ilik, hayot va
o ‘lim o ‘rtasidagi abadiy kurashi haqidagi g‘oyalar yotadi. Barcha
yaxshiliklarni Axura-M azda va barcha yom onliklarni Anxramaynyu
(yoki Axriman) ifodalaydi.
Zardushtiylikda imon fikrlar sofligi, so‘zning sobitligi, amallarning
insoniyligiga asoslanadi. Har bir zardushtiy kuniga besh m arta yuvinib,
poklanib, Quyoshga qarab, uni olqishlab sig‘inishi shart hisoblangan.
Zardushtiylik ibodatxonalarida doimiy ravishda olov yonib turadi.
Ularda dunyodagi to ‘rt unsur — suv, olov, yer va havo ulug‘lanadi.
«Avesto» zardushtiylikning m uqaddas kitobi hisoblanadi. U
«Apastak», «Ovisto», «Ovusto», «Abisto», «Avasto» kabi shakllarda
ham ishlatib kelingan. «Avesto» Markaziy Osiyo, Eron, Ozarbayjon
xalqlarining islomgacha davrdagi ijtim oiy-iqtisodiy hayoti, olam
t o ‘g ‘risidagi tasavvurlari, u rf-o d a tla ri, m a ’naviy m ad an iy atin i
o ‘rganishda muhim manba hisoblanadi.
U bizgacha to‘liq holda yetib kelmagan. Avesto haqida Abu Rayhon
Beruniy shunday yozadi: «Yilnoma kitoblarida bunday deyilgan: podshoh
Doro ibn Doro xazinasida (Abistoning) 12 ming qoramol terisiga tillo
bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron
qilib, ularda xizmat etuvchilarni oMdirgan vaqtda uni kuydirib yubordi.
Shuning uchun o ‘sha vaqtda Abistoning beshdan uchi yo‘qolib ketdi».
Bizgacha yetib kelgan Avesto, Beruniyning yozishicha, aslining
beshdan ikki qismi xolos. U «Avesto 30 nask (bo‘lim) edi, majusiylar
(zardushtiylar) qo'lida 12 nask chamasi qoldi», — deb yozgan.
VIII
asrda 0 ‘rta Osiyoga islom dini kirib kelib, keng tarqalguniga
qadar zardushtiylik mahalliy xalqlarning asosiy dini hisoblangan.
Zardushtiylik o ‘sha davrda Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviy hayotida
27
muhim ahamiyat kasb etdi. U behuda qon to‘kuvchi qurbonliklar, harbiy
to ‘qnashuvlar, bosqinchilik urushlarini qoralab, o‘troq, osoyishta hayot
kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachiJik bilan shug‘ullanishga
da’vat etdi. Shu o ‘rinda zardushtiylikda ilgari surilgan «Ezgu fikr, ezgu
so‘z va ezgu amal» kabi g‘oyalar bugungi kunda ham o ‘z ahamiyatini
yo‘qotmaganini ta ’kidlash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |