“Mehrjon” bayrami
Jarchilar
Bor ho kel ho
Hamalam ha
Yo’l qayda
Yo’lni topib kel
Tezda chopib kel
O’ynagani kel,Quvnagani kel
Saylga kel, ho.
Odamlar-u odamlar
Eshitmadim demanglar
Yuguringlar yelinglar
Davramizga kelinglar.
Boshlovchi:
Hosil bayrami bugun
Yuzlar shodlikdan gulgun
Ko’rgan ko’zlar darmonda.
Ko’rmaganlar armonda.
2-boshlovchi. Boshlaymiz shodiyona
Quvonchdan yana – yana
To’kin sochin kuz dami
Mehrjonim bayrami.
Ikkisi:Bayramga xush kelibsiz,
Bu kun o’ynab kuling siz.
Bola :Assalom davramizning siz aziz mehmonlari,
Assalom ilmu fanning sohibi davronlari.
Bola:Assalom ustozlar aziz mehmonlar,
Davramizning fayzi sizla o’zgacha.
Dillarda bir shukuh, munis ehtirom,
Yurtimizda bayram, to’ylar o’zgacha.
Raqs.
Bola:Ulug’ bobomiz Abu Rayhon Beruniyning yozishicha “Mehrjon bayrami qadim-qadimdan kuz faslida nishonlanib kelingan.”
Bola:Ma’lumki to’kin kuz o’z in’omlari hamda cheksiz saxovati bilan qut baraka va serobchilikni tuhfa etib fayzli kunlarni boshlab keladi.
Bola:Yurtimizning barcha go’shalarida kun bilan tun tenglashgan vaqt 23 sentabrda kuz faslining o’rtasida hosil bayrami sifatida tantana qilinadi va e’zoz bu bayram “Mehrjon”deb ataladi.
Bola:Quyosh va oy falakning ikki ko’zi bo’lganidek, Navro’z bilan Mehrjon ham zaminning ikki ko’zidir.
Bola:Куда-то жаворонки делись
В миловой дымке-цепи гор
Гляди урючины оделись
В багряно-пламенный уборю
Bola:Падают тополя густые
Сквозь ветви синева видна
Качает листья золотые
Тем-зелёная вода
Bola:Ona diyorimizga oltin kuz o’zining barakali sepini yoydi.Salqin kechalar,ertalab maysa-ko’katlar,dov-daraxtlar barglarini bezaydigan shudringlar kuz kelganidan darak bermoqda.
Bola:Kuzning birinchi oyi mevalar,sabzavot mahsulotlari qovun-tarvuzlar serob bo’lishi bilan dillarga quvonch baxsh etadi.Noklar shaftolilar,olmalar g’arq pishadi,uzum va anor ham dasturxonni bezaydi.
Bola:Bu davrda paxta dalalari ham o’ziga xos manzara kasb etadi.Quyosh ufqdan bosh ko’tarishi bilan uning zarrin nurlari g’oza qator oralariga tushib,barglaridagi shudringlar,rango-rang bo’lib tovlanadi.Quyosh nuri tushgan barglar kech ochilgan gullar,lo’ppi-lo’ppi paxtalar ko’zni qamashtiradi.
Bola:G’ir-g’ir shamol yeladi
Buni hamma biladi
O’giradi yelga yuz
Marhamat!Kel Oltin kuz.
Bola:Maktabga borar qiz-o’g’il
Qo’lda kitob hamda gul
Oltin oqar daladan
Tong yorishgan palladan.
Bola:Quyosh tushar taftidan
Qo’rqib qishning aftidan
Sarg’ayadi ko’katlar
Barg to’kadi daraxtlar
Hosil yig’ib olinar
Qishga zamin solinar.
Do'stlaringiz bilan baham: |