“Mehnat va san`at insonni ulug`laydi” nomli tadbir ishlanmasi
5-asinf boshlovchisi Assalom ey davramizning eng aziz mehmonlari,Assalom ey ilmu fanning sohibu davronlari.
Assalom ey baxti kulgan baxtiyorlar assalom,
Qalbi quvonch bilan to`lgan do`stu yorlar assalom
5-bsinf boshlovchisi: Assalom bu yerda yig`ilganlarga,
Ey aziz do`stlari qarddonlarga.
Xalqimiz farzandin tarbiyalayotgan,
Donoyu, bilimdon muallimlarga.
boshlovchi: Assalomu alaykum aziz mehmonlar, hurmatli ustozlar va qadrli o`quvchilar. Mana bugun biz “Amaliy” fanlar oyligi munosabati bilan 5a va 5bsinf o’quvchi qizlari “Mehnat va san`at insonni tarbiyalaydi” deb nomlangan qisqagina tadbir tashkil qilganmiz.
boshlovchi: Bugun biz sizlarga estetika faniga tegishli bo`lgan mehnat, tasviriy san`at va musiqa fanlariga oid ko`plab ma`lumotlar, yangiliklar in`om etib, shu bilan birga maktabimiz o`quvchilari bilan tayyorlangan turli amaliy ishlar, qo`shiqlar va raqslarni havola etmoqchimiz.
Marhamat, tinglab tomosha qiling . endi davraga ikkala gurux ishtirokchilarini taklif qilamiz va tadbir shartlarini tanishtiramiz.
Boshlovchi- 1. Tanishtirish (o’z guruhi haqida ma’lumot va jonli bitta qo’shiq aytib berish.
2.fanlarga oid tezkor savol va topishmoqlar
3. Kasblarni aks ettirish qobiliyati
4. Salat tayyorlash. Raqs.
5. Erkin mavzu. Bunda uzi yasay oladigan biror buyum tayyorlash yoki rasm chizish. Raqs.
6. Sabzavotlarni to’g’rash usullari(bunda guruhlar 3 daqiqada to’g’rash usullarini ko’rsatishadi
Aziz tomoshabinlar. Endi o’quvchilarimizni o’z chiqishlarini havola etamiz marhamat:
Marhamat, o`quvchilarning texnologiya va musiqa haqidagibilimlarini sinaymiz
San`atdagi estetik boylikni mukammal his qilgandagina san`at asarini tog`ri baholay olishi mumkin. Bu so’zlarni kim aytgan. (Ozod Sharafiddinov)
. Bu “mashina” umuman harakatlanish uchun mo’ljallanmagan. Ammo butun dunyodagi ularning yurgan “yo’lini” hisoblasak ular avtomobil va samolyot bosib o’tgan masofadan ortib ketadi. Hammamiz ko’rgan va ba’zilarimizda bor bo’lgan bu “mashinaning” nomi nima?
To’g’ri javob:
Soat
Bu yerga keldim ne bo`ldim,Boshi bog`liq qul bo`ldim. ( supurgi)
Boshi bor, ko`zi yo`q. (igna)
Ingicka beli, qo`limning qo`li. (sanchqi)
Mening bir temirim bor, laylak kabi og`zi bor. (qaychi)
Texnologiya so’zi qaysi so’zdanolingan?
Pazandachilik san’atiga birinchi asos solgan olim kim va qayerda?( XVIII Asrda rimda Apitsiy)
D vitamin bor mahsulotlarni sanab bering?( quyosh nuri, tuxum, sut’ baliq , baliq yog’i
E vitamin bor mahsulotlarni ayting?(banan, ko’katlar, soya , tuxum, bodom.
O’zbekiston madhiyasini musiqasini bastakori kim( mutal burxonov)
Musiqa fanida eng muhim bo’lgan atamabu ( nota)
boshlovchi: Endigi navbatni kasblar olamiga sayohatga beramiz beramiz:
Guruhlarimiz o’zlari tayyorlab kelgan kasblarini ko’rsatib berishadi.
Raqs qizlar ijrosida
Boshlovchi. Endi guruhlarimiz bahoriy salat tayyorlashadi.
RAQS QIZLAR IJROSIDA
Ikkita guruxdan bittadan o’quvchi chiqadi va musiqa asboblaridan rasm chizib beradi.
Orada yana raqs tashkil qilingan.
Endi oxirgi shartimiz guruxlarimizdan ikkitadan o’quvchi chiqadi va 3-daqiqa vaqt ichida sabzavotlarni to’g’rash usullarini bajarishadi . Hakamlar hay’atiga tarif berishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |