“Mehrjon” bayrami


Bola:Gal keldi mevalar Quloq soling ularga. Bola



Download 2,1 Mb.
bet6/6
Sana12.02.2022
Hajmi2,1 Mb.
#444583
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mehrjon (2)

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Bola
Bola:Gal keldi mevalar
Quloq soling ularga.
Bola:Olmadir mening ismim
Biram yoqimli isim
Ne’mat ichra a’loman
Yetmish dardga davoman.
Bola: Loladek qip qizilman
Bog’ning erka qiziman
Har donam marjon – marjon
Shirinman hamda nordon.
Bola: Xush ko’rishar azaldan
Shirindirman asaldan
Oltin kabi sap-sariq
To’nim juda yarashiq.
Bola:Men anjirman anjirman
Asaldan shirindirman
Bilsangiz sirimizni
Xushlaymi dilingizni
Bola: Marvarid shodasiday
Ishkomlarda osig’liq
Do’singiz sizga tilar
Faqat shodlik va sog’lik
Bola:Bugungi bayramda hamma jamu-jam bo’ldi.Lekin poliz ekinlari ko’rinmay qoldi.Ularni bir chaqiraychi.
Polizdagi ekinlar qani yaqin kelinglar
Hamma gapirib o’tdi, sizga ham navbat yetdi.
Bola:Men kabi shirin ne’mat
Topilmaydi dunyoda
Rost so’zim ta’tib ko’ring
Sog’likka koni foyda.
Bola:Tanaga quvvat berar
Tilimi tilni yorar.
“Bosvoldi” yu “amirni”
Tanlab oling shirinin
Bola:Sabzavotlar yaqin keling.
Bola:Meni derlar dorivor
Yana ko’p xislatim bor
Shamollash solganda xafv
Tumovni etaman daf.
Bola:Tinglang menig ham so’zim
Ko’p dardga da’vo o’zim
Kamqonlarga qon bo’lgum
Ham shifo darmon bo’lgim
Bola:Men pomidor bo’laman
Vitaminga to’laman
Yozda meni so’ragan
Topishadi daladan
Qishda meni so’ragan
Topar issiq xonadan
Bola:Yegan choqda bekorga
Achishmaydi ko’zingiz
Jahl bilan parvarish
Qilgansizda o’zingiz
Bola:O’zbek bor joyda osh bor
Osh bor joyda esa men
O’radaman aytarsiz
Sabzi qani desa men.
Bola:Davra qurib turnalar
Boshimizda aylanar
Budir kuz fasli bazmi
Ona yerga ta’zimi
Bola:Oltin fasli kuz fasli
Zarshunoslikdir asli
Unda qirlar tog’ oltin
Unda yerlar bog’ oltin.
Bola:Mevalar ham mo’l-u ko’l
Ne yesang ham bol yeysan
Kuzga ofarin deysan
Bola:Yana xazonrezgilik
Bog’lar rangi siniqdi
Dilda hokim ezgulik
Anhorda suv tiniqdi.
Bola:Yashil libos daraxtlar
Taqdi yana zarg’aldoq
Qushlarga gap tayinlab
Chag’chag’laydi zarg’aldoq.
Bola:Ufq orti lolagun
Daraxtlardan rang olar
Xayrlashib kuz bugun
Sochar oltin tangalar
Bola: Kuchli shamol esmoda
Ko’kda bulut kezmoqda
Qushlar sayrar betimin.
Kutib turolmaymiz jim
Dam g’animat bobojon
Shoshilmoq kerak har on
Bola:Bolajonlar bizga ruxsat berind endi boraylik.Hosilni nobud qilmay terib olaylik.
Hamma:
Rahmat sizga dehqonbobo
Hosilingiz mo’l bo’lsin
Qut baraka yig’ilib
Omborlar donga to’lsin
Dehqon bobo sizga bo’lsin
Quvvat doim baraka
Bilangingiz kuchga to’lsin
Bizlar sizdan minnatdor.
Dehqon bobo va kuz fasli chiqib ketadi.
Bola:Navbat maqollarga
Bola:Yer haydasang kuz hayda,
Kuz haydamasang yuz hayda.
Bola:Erta ekkan butun olur
Kechga qolgan o’tin olur.
Bola:Kuzning qozoni quyuq qaynar.
Bola:Kuzning bir kuni,qishning bir kunini boqar.
Bola:Nima eksang,shuni o’rasan.
Bola:Dehqon desam,ko’z o’ngimda
Jonlanadi saxiy inson
Dehqon desam,ko’z o’ngimda
Yashnab turgan bog’u-bo’ston
Jonlanadi dehqon desam
Sahrolarda kulgan bahor
Bola:Ko’z o’ngimda:saxiy g’ozam
Savat-savat olma,anor
Ko’z o’ngimda tonggi gullar
Dehqon desam,ko’z o’ngimda
Namoyondir yoz quyoshi
Unga ixlos ko’p ko’nglimda
Dehqon go’yo yer naqqoshi.
Bola:Shu bilan bugungi mavzuli davramiz o’z nihoyasiga yetdi.E’tiboringiz uchun rahmat.
Download 2,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish