Qarshi davlat universiteti zologiya va fi ziologiya kafedrasi zoogeografiya fanidan


- MAVZU. AREAL HAQIDAGI TA’LIMOT ASOSLARI



Download 7,35 Mb.
bet24/81
Sana18.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#561100
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81
Bog'liq
магистр)

5 - MAVZU. AREAL HAQIDAGI TA’LIMOT ASOSLARI

Reja:
1.Zoogeografiyada areal tushunchasi.


2.Areal xaritasini tuzish uslublari.
3.Tur arealini o‘rganishning ahamiyati.
4.Kosmopolit turlar.
5.Hayvonlarning tarqalishiga g‘ov bo‘luvchi fizikaviy va ekologik to‘siqlar.


Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar
Kosmopolit turlar, areal, maydon, makon, arealografiya, fizikaviy va ekologik to‘siqlar, kontur uslub, to’rsimon uslub, dog`li va uzilgan areal.

Mazkur mavzu yuzasidan quyidagi xulosalarga ega bo‘lish mumkin.


1. Areal tushunchasi - zoogeografiyada o‘rganilyotgan har qanday oblast va boshqa hududlar faunasini nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil kilishda markaziy o‘rinni egallaydi. Biotsenozning tur tarkibi va zichligi ta’riflanganda, undagi har bir turning egallagan maydoni, ya’ni arealini aniqlashga to‘g‘ri keladi. Areal va unga xos bo‘lgan xususiyatlarni bilmasdan turib tadqiqotchi o‘rganilayotgan hudud to‘grisida yetarli xulosaga ega bo‘lolmaydi. Areallarni o‘rganish orqali kelajakda muayyan turning sonini oshishi yoki kamayishi kabi muhim xulosalarga ega bo‘lish mumkin.
2. Turli zoogeografik oblastlarda muayyan bir turning egallagan arealini ko‘lamiga qarab, qaysi oblast mazkur tur uchun nisbatan qulayligi yoki shu turni arealini kengaytirish uchun (yoki qisqartirish) qanday tadbirlarni amalga oshirish lozimligi
kabi masalalar o‘z yechimini topishi mumkin.
3. Arealning ko‘lami turning qator ekologik xususiyatlari va u yashayotgan hududdagi turli-tuman omillar majmuasiga bog‘liq. Odatda endemik va relikt turlarning areallari ancha tor, evolyusion jihatdan yosh bo‘lgan hamda sinantrop turlarning areallarini ko‘lami keng bo‘ladi. Inson o‘zining turli faoliyatlari orqali areallarga bevosita va bilvosita ta’sir qilib uning ko‘lamini o‘zgartiruvchi asosiy kuchga aylangan.
4. Areallarning shakli areal joylashgan tabiat zonalariga (qutb, tundra, tayga, o‘rmon, tog‘, cho‘l va boshqalar) hamda uning kengayishini chegaralab turuvchi geografik hamda ekologik to‘siqlarga bog‘liq bo‘ladi. Ayniqsa, suv havzalarida yashovchi (dengiz, okean) turlarning areallari ancha keng va yaxlit bo‘lsa, daryolarda cho‘zilgan, tog‘larda uzilgan areallar uchrab turadi.
5. Hayvonlarning arealini xaritalashtirishning qanday usulidan foydalanishdan katiy nazar, u hayvonning ekologik xususiyatlarini o‘rganishning eng ma’qul ko‘rinishidir. Tur tarqalgan areallar globus yoki xaritaga tushirilganda, nafaqat tur tarqalgan hudud, balki turga xos bo‘lgan yashash muhitlari, ulardagi yashash sharoitlari hamda qanday sharoitning tur uchun eng optimal darajada ekanligi to‘g‘risida xulosalarga ega bo‘lish mumkin. Agar o‘rganilayotgan tur noyob yoki iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lsa, mazkur turni iqlimlashtirish bilan bog‘liq ayrim muammolar o‘z yechimini topishi mumkin.
6. Qator yillar davomida bitta turning arealini o‘rganish va xaritalashtirish orqali tur arealining ko‘lamidagi o‘zgarishlar, tur uchun qulay kelgan yil mavsumlari. Arealdagi zichlikning o‘zgarishi kabi ekologik ko‘rsatkichlarni aniqlash mumkin. O‘rganilaetgan areal inson uchun zararli bo‘lgan turga (kalamushlar, kanalar, qoravoy, chigirtka va boshqalar) tegishli bo‘lsa, bu holda mazkur turning arealini qiskartirish, sonini boshqarish chora-tadbirlari ko‘riladi. Bu esa iqtisodiy jihatdan juda samaralidir.Xar bir xududning hayvonot dunyosini tur areallarini o‘rganish va uning tebranishi hamda uni keltirib chiqaruvchi sabablarini aniqlash juda muhimdir.
7.Hozirgacha inson tomonidan 120 tur va kenja turga mansub sut emizuvchilar, 136 tur va kenja turdagi qushlar yo‘k qilingan. Ularning ko‘pchiligi bevosita ov natijasida qirilgan bo‘lsa, ayrimlari esa insonning turli yo‘nalishdagi bilvosita faoliyatlari natijasida qirilib ketgan. Shu nuqtai nazardan qaraganda, imkon darajasida barcha turlarning areallarini hamda zichligini aniqlash, ularning areallarini kengayishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni o‘rganish juda zarur. Noyob va kam sonda uchrovchi turlarni maxsus muhofazalangan areallar doirasida ko‘paytirish, ularning areallarini kengaytirish uchun iqlimlashtirish yo‘nalishidagi tadbirlarni amalga oshirish muhim vazifalardan biridir.
Zoogeografiyaning asosiy tadqiqot yo`nalishlaridan biri arealografiyadir. Arealografiya areal tiplari, ularning tarkibi va kelib chiqishi haqidagi ta`limotdir.
Areal lotincha area – maydon, makon, ya`ni o`simlik yoki hayvon turi, yer yuzidagi qandaydir hodisa, foydali qazilmalar va shu kabilarning tarqalish hududi ma`nosiga ega. Kontur xaritalarda areallar turli shakllar, ranglar, chiziqlar va boshqa belgilar bilan ifodalanadi. Bunday yo`l tutish turli areallarni bir-biridan ajratish imkonini beradi.
Areal tushunchasi zoogeografiyada keng qo`llaniladi va bunda asosan yer yuzasining muayyan tur yoki har qanday sistematik birlikka (avlod, oila, turkum, sinf va boshq.) mansub hayvonlar bilan egallangan qismi nazarda tutiladi. Zoogeografiyada ko`pincha tur areali xususida so`z boradi. Chunki tur tirik organizmlarning asosiy birligi va dastlabki sistematik kategoriyasidir. Ayrim hollarda kenja turlarning areallarini o`rganish ham qimmatli ma`lumotlarni olish va muhim xulosalar chiqarish uchun asos bo`ladi.
Yuqorida ta`kidlanganidek, fauna tur tarkibining to`liq ro`yxatini tuzish juda murakkab. Xuddi shunday, juda uzoq va ko`p izlanishlar hamda katta tajriba talab etilganligi sababli, amaliyotda, yer yuzasida mavjud bo`lgan barcha organizmlarning areallarini to`liq o`rganishning ham imkoni cheklangan. Shunday bo`lishiga qaramasdan, inson hayotida nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo`lgan turlarning areallarini o`rganish juda muhim. Chunki, shu asosda u yoki bu turning kelajagi va ahamiyati haqida ayrim xulosalar chiqarish imkoniyatlari yaratiladi. Turlarni iqlimlashtirish va qayta iqlimlashtirish,ularning son dinamikasidagi o`zgarishlarni aniqlash, areallarning qisqarishi yoki kengayishi bilan bog`liq masalalarni halqilishda areallar ustida o`tkaziladigan tadqiqotlar juda zarur.
Turning yoki boshqa taksonlarning tarqalish chegaralarini belgilash uchun ularning tarqalish areallari xaritalarda turlicha ifodaladi. Bunda tur areali har xil shartli belgilar bilan chegaralanib qolmasdan, balki turning tarqalishini cheklovchi omillar ham aniqlanadi. Areallar chegarasida o`rganilayotgan tur bir tekis tarqalmaydi, ya`ni tur o`zining yashashi uchun qulay bo`lgan arealning muayyan qismlarinigina egallaydi. Masalan, kichik yumronqoziq Dneprdan boshlab Oltoy tog`oldigacha tarqalgan bo`lib, bu chegara uning tarqalish areali hisoblanadi. Ammo kichik yumronqoziq o`z areali doirasida joylashgan aholi punktlari hamda o`rmonlarda uchramaydi va u faqat o`zining yashashini ta`minlay oladigan qulayliklarga ega bo`lgan joylardagina uchraydi. Arealning bunday qismlari yashash joylari deb yuritiladi.
Odatda tur areali ushbu turning kenja turlari areallari yig`indisidan, avlod areali ushbu avlodga mansub turlarning, oila areali esa ushbu oilaga mansub avlodlarning areallari yig`indisidan tashkil topadi. Xuddi shunday turkum, sinf va tip areallari ham o`zlarining tarkibiga kiruvchi sistematik guruhlarning areallari yig`indisidan tashkil topadi.
O`troq yashovchi turlarning areallarini aniqlash qiyinchilik tug`dirmaydi. O`zlarining yashash joyini yil fasllariga qarab o`zgartirib turadigan turlarning areallarini aniqlashning o`ziga xos qiyinchiliklari mavjud. Bunday migratsiya qiluvchi yoki ko`chib yuruvchi turlarning areallarini aniqlash bo`yicha ikki xil qarashlar bor. Ularning birinchisiga ko`ra, turning yashash joyi va “kezib” yuradigan joyini farqlay olish lozim. Uzoq muddat davomida turning ko`payishi kuzatiladigan va populyatsiyasining zichligini saqlab kelayotgan joyi uning yashash hududi, ya`ni areali hisoblanadi. Tur o`zining “kezib” yuradigan joyida ma`lum muddatda uchrab turadi, ammo ko`payishda ishtirok etmaydi. Masalan, qushlarning qishlash, qo`lqanotlilarning oziqlanish joylarini o`zgartirib turishi va boshqalar bunga misol bo`la oladi. Areallarni aniqlashga nisbatan ikkinchi qarash bo`yicha, turlarning ko`payish va qishlash hududlari yagona murakkab areal hisoblanadi. D.V.Panfilov (1960) qayd etishicha, tur vakillarining hayot tsikllari kechadigan makon tur areali hisoblanadi. Bundan shunday xulosa chiqadiki, o`tkinchi qushlarning xuddi shunday baliqlarning ko`payish va qishlash joylari va boshqa migratsiya qiluvchi hayvonlarning tur vakillari uchraydigan joylar ularning areallari hisoblanadi. Chunki mazkur turlar yashashi uchun ko`payish va qishlash joylarida (areal qismlarida) bo`lishi zarur va shartdir. Bunday xususiyat uzoq yillar davomida evolyutsion jihatdan shakllangan bo`lib, hayot tsiklining ajralmas moslanishi bo`lib hisoblanadi.
Arealni xaritada ifodalash areal to`g`risida nisbatan aniq ma`lumot olish imkonini beradi va bunda bir taksonomik birlikni boshqasi bilan solishtirib ko`rish imkoni yaratiladi. Odatda qoida tariqasida kenja turlarning areallari alohida xaritalashtirilmaydi va kenja turlarning tarqalish joylari o`zaro birlashtirilgan holda umumiy tur tarqalgan areal xaritasida ifodalanadi.



2-rasm. Olato`g`anoqning murakkab areali: bo`yalgan joylar-qishlash arealini; bo`yalmagan joylar-uya qurish arealini; strelka-migratsiya yo`nalishini ifodalaydi




Tur arealini xaritada belgilashda bir nechta usullardan foydalanish mumkin. Bunda tur, avlod yoki boshqa taksonomik birliklarning areali to`liq yoki shtrix chiziqlar, nuqtalar, bo`yash va boshqa shartli belgilar orqali belgilanadi. Agarda bitta xaritada bir nechta turning areallarini ifodalash lozim bo`lsa, bunda har bir tur areali alohida shartli belgilar (nuqta, uchburchak, aylana va boshq.) bilan belgilanadi. Bunday usul o`rganilayotgan turning boshqa turlar bilan o`zaro qanday biotik munosabatda bo`lishini, muayyan yashash muhitida turlarni birga jamoa holida uchrashini ta`minlovchi ekologik omillarni, mazkur jamoada qaysi turning zich va siyrak joylashganligini hamda uning sabablarini aniqlash va tegishli tartibda xulosalash imkoni yaratiladi



Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish