5-Mavzu: Odamlarga nisbatan sanitariya tadbirlarini o‘tkazish. Suv, oziq-ovqat, tibbiy mulkni zararsizlantirish, himoya tadbirlari.
Mashg`ulotning maqsadi:
1. Sanitariya tadbirlari haqida tushuncha berish. Suv, oziq-ovqatlarni zararsizlantirish va himoya qilish usullari bilan tanishtirish. Tibbiy mulkni zararsizlantirish.
2. Mashg`ulotni bajarish tartibi bilan tanishtirish.
3.Mavzuga taalluqli jadvallar,rasmlar,asboblar,yordamchi materiallarni ko`rsatib tushuntirish.
Ishni bajarish tartibi:
Odamlarga nisbatan sanitariya tadbirlarini o‘tkazish.
Odamlarga nisbatan sanitariya tadbirlarini o‘tkazish omili maxsus qayta ishlov berish usulining asosini tashkil etib, u fuqarolarni radioaktiv, zaharlovchi moddalar va bakterial tumanlar bilan zararlanishining oldini olishda qo`llaniladigan omillardan tashkil topgan.
Sanitar qayta ishlash, qisman va to`liq turlarga bo`linadi. Qisman sanitar qayta himoya vositalari ochiq qolgan terini mexanik usulda tozalash hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |