Oddiy saqlovchi boshpana – yerto`la, yerto`la ochiq yoki yopiq tipda bo`ladi. Ochiq yerto`la radioaktiv zararlanishni 2-3 marta, yopiq yerto`lalar esa 40-50 marta kamaytiradi. Yerto`la chuqurligi 200 sm, kengligi 120 sm, pastki qismi esa 80 sm, uzunligi odamlar soniga qarab tayyorlanadi.
Ochiq yerto`lalarda odamlar himoya vositalaridan foydalangan holda saqlanadilar.
Yakka tartibda saqlovchi vositalar inson tanasiga, ichki a`zolariga, terisiga, kiyimlariga radioaktiv moddalarni, zaharli birikmalarni va biologik tumanlarni tushishidan saqlaydi. Yakka tartibda saqlovchi vositalar qo`llanilishiga ko`ra: terini saqlovchi, nafas a`zolarini, yuz-ko`zni saqlovchi turlarga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |