Qarshi davlat universiteti tarix va ijtimoiv lanlar fakulteti


Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida voyaga yetmaganlarni saqlash



Download 297,72 Kb.
bet17/33
Sana01.06.2022
Hajmi297,72 Kb.
#626660
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33
Bog'liq
majmua skaner (1)

Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida voyaga yetmaganlarni saqlash
Voyaga yetmaganlar ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida ulami joylashtirish uchun zarur bo‘lgan eng kam vaqt davomida, lekin ko‘pi bilan o‘ttiz kun bo‘lishlari mumkin. Istisno hollarda bu muddat ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosarining iltimosnomasiga ko‘ra, sudning ajrimi asosida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘n besh kungacha uzaytirilishi mumkin.
Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida voyaga yetmaganning bo‘lishi muddatiga quyidagilar kirmaydi:
ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida sog‘liqni saqlashni boshqarish organi tomonidan e’lon qilingan karantin davri;
voyaga yetmaganning sog‘liqni saqlash muassasasi hujjati bilan tasdiqlangan va uni oilaga qaytarishga yoki tegishli muassasaga yuborishga to‘sqinlik qilayotgan kasallik davri;
sudning iltimosnomani qanoatlantirish va voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan o‘quv- tarbiya muassasasiga joylashtirish to‘g‘risidagi ajrimi yuzasidan berilgan shikoyatning (protestning) ko‘rib chiqilish vaqti.
Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan voyaga yetmaganlar har biridagi bolalar soni 20 nafardan ortiq bo‘lmagan guruhlarga taqsimlanadi. O‘g‘il bolalar va qiz bolalar alohida yotoqxonalarga joylashtiriladi.
Voyaga yetmaganlar ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazini o‘zboshimchalik bilan tark etish va huquqbuzarlik sodir etilishini istisno etuvchi xavfsiz sharoitlarda saqlanadi va kecha-kunduz ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi xodimlari nazoratida bo‘lishadi.
Kun tartibi voyaga yetmaganlaming ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida kecha-kunduz bo‘lishini hisobga olgan holda tuziladi. Voyaga yetmaganlami ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlash tartibi navbatchi naryad tomonidan ta’minlanadi. Naryad tarkibi, naryad har bir a’zosining ish vaqti ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi boshlig‘i tomonidan belgilanadi.
Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan voyaga yetmaganlar belgilangan tartibda quyidagi huquqlar bilan ta'minlanadi:
ota-onasini yoki ota-ona o‘mini bosuvchi shaxslami o‘zining voyaga yetmaganlar mazkur muassasaga olib kelinganligi yoki joylashtirilganligi to‘g‘risida xabardor qilish;
voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklaming profilaktikasini amalga oshimvchi organlar hamda muassasalaming qarorlari va mansabdor shaxslaming harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan yuqori organlarga, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalarga, prokuratura organlariga yoki sudga shikoyat qilish;
o‘zi bilan o‘zgalaming odamning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmaydigan insoniy muomalada bo‘lishi;
cheklanmagan miqdorda telefonda so‘zlashuvlar, boshqa aloqa vositalari orqali muloqotlar hamda uchrashuvlar vositasida oilasi bilan bog‘lanib turish, posilkalar, banderollar, yo‘qlovlar olish, xat va telegrammalar olish hamda jo‘natish;
tasdiqlangan normalar bo‘yicha bepul ovqat, kiyim-kechak, poyabzal va boshqa ashyoviy ta’minot buyumlarini olish.
Voyaga yetmaganlaming ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida ta’minlanishi davlat ta’minoti asosida qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan voyaga yetmaganlami oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, boshqa ashyoviy ta’minot buyumlari va yumshoq anjomlar bilan ta’minlash normalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Ichki ishlar vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Voyaga yetmaganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi va mazkur Markaz joylashgan hududdagi sog‘liqni saqlash muassasasining shtatdagi tibbiyot xodimlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ta’minlanadi.
Voyaga yetmaganlarni joylashtirish
Ota-onasi yoki ota-ona o‘mini bosuvchi shaxslari bo‘lgan voyaga yetmaganlar oilasiga qoidaga ko‘ra, ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi xodimlari kuzatuvida qaytariladi yoxud voyaga yetmaganlarni olib ketish uchun kelgan ota-onasi yoki ota- ona o‘mini bosuvchi shaxslarga berib yuboriladi.
Voyaga yetmaganlar, shuningdek ota-onasi yoki ota-ona o‘mini bosuvchi shaxslaming olib ketishi uchun belgilangan tartibda roziligini olgan qarindoshlariga yoki boshqa shaxslarga berib yuborilishi ham mumkin.
Doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan o‘n olti yoshga to‘lgan va undan katta yoshdagi voyaga yetmaganlar ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi boshlig‘ining yozma mxsatnomasiga binoan mustaqil ravishda ota-onasi yoki ota-ona o‘mini bosuvchi shaxslar oldiga yuborilishi mumkin.
Istiqomat qilish (joylashtirish) joyiga yuborilayotgan voyaga yetmaganlar bepul yo‘lkira chiptasi, shuningdek belgilangan normalarda yo‘l uchun oziq-ovqat yoki pul mablag'lari bilan ta'minlanadi. Zamrat bo‘lganda voyaga yetmaganlarga alohida kiyim-kechak va poyabzal buyumlari berilishi mumkin.
Voyaga yetmaganning yashash uchun zarur sharoitlar yo‘qligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra yashash joyiga qaytish imkoni bo'lmagan taqdirda, ijtimoiy-huquqiy yordam berish markazi boshlig‘i bu haqda uni joylashtirish to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun uning yashash joyi bo‘yicha voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyaga ma'lum qiladi, shuningdek vasiylik va homiylik organlari bilan birgalikda voyaga yetmaganni joylashtirish choralarini ko‘radi.
Mas’ul shaxslar tomonidan ijtimoiy-huquqiy yordam berish markaziga joylashtirilgan voyaga yetmaganlami joylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmaganligi yoki o‘z vaqtida ko‘rilmaganligining barcha holatlari bo‘yicha darhol prokuror va ushbu markaz joylashgan joy bo‘yicha voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiya xabardor qilinadi.
Ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalariga, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun ta'lim muassasalariga yoki boshqa bolalar muassasalariga joylashtirilishi lozim bo‘lgan voyaga yetmaganlar ushbu muassasalarga tegishli ravishda ta’lim, mehnat va aholini ijtimoiy muhofazaqilish organlari tomonidan taqdim etiladigan yo‘llanmalar bo‘yicha yuboriladi.
Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan, ixtisoslashtirilgan o‘quv- tarbiya muassasalarini, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun ta’lim muassasalarini yoxud boshqa bolalar muassasalarini o‘zboshimchalik bilan tark etgan voyaga yetmaganlar, agar ushbu muassasalar yoki ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazlari turli viloyatlarda joylashgan bo‘lsa, ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi xodimlari kuzatuvida, yoxud agar ushbu muassasalar va ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari bitta viloyatda joylashgan bo‘lsa - muassasa vakillari kuzatuvida qaytariladi.
Ko‘rsatib o‘tilgan muassasalarning vakillari voyaga yetmagan topilganligi haqidagi xabamoma olingandan so‘ng uch kun mobaynida ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga yetib kelishi kerak.
Voyaga yetmaganlarni ota-onasiga yoki ota-ona o‘mini bosuvchi shaxslarga, vasiylik va homiylik organlari, ta'lim muassasalari yoki boshqa bolalar muassasalari vakillariga topshirish voyaga yetmaganni topshirish haqidagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirishda vaqtinchalik saqlab turish uchun olingan pullar, hujjatlar, shaxsiy ashyolar va boshqa buyumlar tilxat bilan ota-onalarga yoki ota-ona o‘mini bosuvchi shaxslarga, vasiylik va homiylik organlari, ta’lim muassasasi yoki boshqa bolalar muassasasi vakillariga topshiriladi.
Transport ichki ishlar organlari xodimlari voyaga yetmaganlami kuzatayotgan ijtimoiy- huquqiy yordam ko‘rsatish markazi xodimlariga yo‘lkira chiptalarini olishda yordam ko‘rsatadi, shuningdek voyaga yetmaganlami bir transportdan boshqa transportga o‘tish chog‘ida va yoTning oxirgi punktlarida qo‘riqlashga ko‘maklashadi, kuzatuv vaqtida qochib ketgan voyaga yetmaganlami qidirish choralarini ko‘radi.
Voyaga yetmaganlami ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan istiqomat qilish (joylashtirish) joyiga kuzatib borish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Respublika hududiga boshqa davlatlardan kelgan va ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan voyaga yetmaganlami ular yashaydigan davlatlarga qaytarish tartibi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.

Download 297,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish