Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazini tashkil etish tartibi Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazlari sanitariya-gigiyena meyorlari va yong‘in xavfsizligi qoidalariga javob beradigan, bolalami xavfsiz saqlash uchun yaroqli binolar mavjud bo‘lganda, qoidaga ko‘ra, viloyat markazlarida (zamrat bo‘lganda yirik ma’muriy markazlarda ham) tashkil etiladi. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob raqamiga, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, shtampga, blankalarga, shuningdek belgilangan namunadagi peshlavhasiga ega bo‘ladi. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi bevosita Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasiga, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga bo‘ysunadi. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlariga keltirilgan voyaga yetmaganlarni qabul qilish уа ro‘yxatga olish Voyaga yetmaganlar ijtimoiy-huquqiy yordain ko‘rsatish markazlarida kecha- kunduz qabul qilinadi. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlariga quyidagi voyaga yetmaganlar joylashtirilishi mumkin: nazoratsiz yoki qarovsiz qolganlar; ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarini, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun ta’lim muassasalarini yoxud boshqa bolalar muassasalarini o‘zboshimchalik bilan tark etganlar; ota-ona qaramog‘idan mahrum bo'lgan o‘n olti yoshgacha bo‘lganlar; ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan, lekin jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo‘lgan yoshga to‘lmagan yoxud ruhiy kasallik bilan bog‘liq bo‘lmaganholda rivojlanishda o‘z yoshiga nisbatan ancha orqada qolishi oqibatida sodir etgan qilmishining ahamiyatini to‘la ravishda anglab yetishga qodir bo‘lmaganlar, agar voyaga yetmaganlaming hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni ta’minlash yoki ular tomonidan takroran ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etilishining oldini olish zarur bo‘lsa, shuningdek ulaming shaxsi aniqlanmagan yoxud ulaming aniq yashash joyi bo‘lmasa yoki o‘zlari ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan 0‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashamayotgan bo‘lsa; ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan huquqbuzarliklami sodir etganlar, agar ulaming shaxsi aniqlanmagan bo‘lsa yoxud ulaming aniq yashash joyi bo‘lmasa yoki o'zlari huquqbuzarliklar sodir etgan O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashamayotgan bo‘lsa; o‘zining ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirilishi to‘g‘risidagi masalaning sud tomonidan ko‘rib chiqilishini vaqtincha kutib turganlar; sudning ajrimiga ko‘ra ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasiga yuborilayotganlar. Voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirish uchun sudning ajrimi asos bo‘ladi. Voyaga yetmagan ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga ichki ishlar organi yoki ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi boshlig‘ining yoxud uning o‘rinbosarining qarori asosida joylashtirilishi mumkin. Bu holda voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma va uni mazkur markazga joylashtirish zaruratini tasdiqlovchi materiallar voyaga yetmagan markazga joylashtirilgandan keyin 48 soatdan kechiktirmasdan sudga yuboriladi. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari voyaga yetmaganning ushbu markazga joylashtirilganligi to‘g‘risida mazkur markaz joylashgan joydagi prokuromi va voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyani zudlik bilan, lekin 24 soatdan kechiktirmasdan xabardor qiladi. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirishdan oldin voyaga yetmagan va uning buyumlari shaxsiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Shaxsiy ko‘rik paytida ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanishi man etilgan buyumlar olib qo‘yiladi va bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanishi taqiqlangan va olib qo‘yiladigan buyumlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. Pul mablag‘lari, hujjatlar, shaxsiy ashyolar va boshqa buyumlar ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazining ushbu buyumlami saqlash uchun mas’ul etib tayinlangan xodimiga vaqtinchalik saqlab turish uchun belgilangan tartibda topshiriladi. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan voyaga yetmaganlar ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markaziga olib kelingan voyaga yetmaganlami ro‘yxatga olish daftarida qayd etiladi, ular uchun hisob-statistik kartochkalar to‘ldiriladi va hisobga olish yig‘majildlari yuritiladi. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida hisobga olish-ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarini yuritish tartibi va tegishli hujjatlaming namunalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlardan kelib tushgan voyaga yetmagan fuqarolarini qabul qilish va yashash joyiga yuborish, bevosita ushbu voyaga yetmaganlami qabul qilgan ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi tomonidan amalga oshiriladi.