Mavzu bo’yicha bilimlarni tekshirish
Chiqish testlarini ishlanng 1. Lantsetnikning tashqi organlarini keltirilgan javoblardan belgilang: A-og’iz oldi paypaslagichi, B-epidermis, V-kutikula, G-orqa suzgichi, D-dum suzgich, Ye-metaplevral bo’rtma, J-atriopor, Z-kutis.
2. Lantsetnikning teri qoplamlarini belgilang (1-savoldan).
3. Lantsetnikning skeletiga tegishli organlarni belgilang: A-xorda, B-miomer, V-miosepta, G-suzgichlar va paypaslagichlardagi biriktiruvchi to’qimali ustunchalar, D-qorin va orqa muskullar, Ye-xordani, nerv nayini qoplovchi va muskullar orasidagi biriktiruvchi to’qima,
4. Lantsetnikka tegishli bo’lgan muskul a’zolarini belgilang (3-savoldan).
5. Hazm qilish organlari qaysi javoblarda keltirilgan? A-orqa va oldingi kardinal vena, B-halqum, V-endostil, G-kyuver oqimi, D-orqa va qorin aorta, Ye-ichak, J-jigar, Z-ichak osti va jigar venalar, I-kiprikli va bezli hujayralar, K-orqa aorta ildizlari.
6. Qon aylanish sistemasi organlari qaysi javoblarda keltirilgan (5-savoldan)?
7. Ayirish sistemasi organlari qaysi javoblarda keltirilgan? A-solenatsit, B-protonefridiya, V-nefrostoma, G-nefridiya, D-metonefridiya, Ye-siydik pufagi.
Uyga vazifa:
To’garak og’izlilarning tuzilishi mavzusini o’qing.
Mavzu: To’garak og’izlilarning tuzilishi
Darsning maqsadi: Daryo minogasining morfo-anatomik tuzilishi va bio-ekologik xususiyatlarini o’rganish orqali jag’sizlar haqida bilimlarni mustahkamlash.
Mavzu bo’yicha umumiy ma’lumotlar.
To’garak og’izlilarning bizning davrimizga qadar yashab kelgan birdan-bir vakillari – minogalar (Petromyzones) bilan miksinalar (Myxini) hozirgi zamondagi umurtqalilarning eng soddalaridir. Boshqa yuqori sinflarga qarama-qarshi o’laroq, bu sinfga kiruvchi hayvonlarda haqiqiy jag’ bo’lmaydi, ularning og’iz teshigi bevosita tashqariga ochilmay, balki o’ziga xos bo’lgan so’rg’ich voronkaning tagiga o’rnashgan bo’ladi, bu voronkani xalqa shaklidagi tog’ay tutib turadi. Terisi yalang’och bo’lib, shilimshiq modda bilan qoplangan. Bu hayvonlarda haqiqiy tish yo’q, ularning o’rniga og’iz voronkasida shox (muguz) tishlar bo’ladi. To’garak og’izlilarning chin juft suzgich qanotlari bo’lmaydi. Burun teshigi bitta, ya’ni toq, chunki hidlov organlari bitta nazogipofizar xalta bo’lib qo’shilgan. Vistseral skeleti shaklan nozik panjaraga o’xshagan va alohida bo’g’imli yoylarga bo’linmagan. Nihoyat, to’garak og’izlilarning nafas organlari entodermadan paydo bo’lgan 5-15 juft o’ziga xos jabra xaltachalaridan iborat.Umurtqalilar kenja tipiga kiradigan shu eng qadimgi sinfning hozir yashab turgan kam sonli vakillari parazitlik bilan ovqatlanish usuliga o’tganligi uchungina yashab kelgan, bu ularning butun tuzilishida asar qoldirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |