USLUBIY ISHLNMALARI
Mavzu: Chala xordalilarning tuzilishi
Darsning maqsadi: Balanoglossning morfo-anatomik tuzilishi va bio-ekologik xususiyatlarini o’rganish orqali chala xordalilar haqidagi bilimlarni mustahkamlash.
Mavzu bo’yicha umumiy ma’lumotlar.
Chala xordalilar (Hemichorda) tipiga gavdasi uch qismga (xartumcha, yoqa va tanaga) bo’lingan va chuvalchangga birmuncha o’xshab ketadigan hamda yerni kavlab yoki bir joyda hayot kechiradigan juda g’alati dengiz hayvonlari kiradi. Ular o’zining bor tuzilishi bilan tipik xordalilardan katta farq qiladi, lekin ularning uncha taraqqiy etmagan xordasi, endigina paydo bo’lib kelayotgan nevrotseli bor, bitta gruppasida esa xordalilar uchun xarakterli bo’lgan va xalqumni teshib o’tadigan jabra yoriqlari bo’ladi.Turlari kam bo’lgan bu tipning tipik vakili – balanogloss (Balanoglossus) dir. Balanogloss bir nechta o’ziga yaqin avlodlar bilan birgalikda ichak bilan nafas oluvchilar (Enteropneusta) sinfini tashkil etadi. Balanoglossning gavdasi ikki yoqlama simmetrik va chuvalchangsimon bo’lib, uch bo’limga: xartumcha, yoqa va tanaga bo’linadi. Ba’zi turlarining bo’yi atigi bir necha santimetr bo’lsa, boshqalarining bo’yi bir metrga boradi, hatto 2,5 m ga yetadigan turlari ham bor. Balanogloss dengizning sayoz yerlarida qumga ko’milib olib yashaydi. Bu yerda u o’zi kavlagan yo’llarda kam harakat qilib hayot kechiradi. Bu yo’llar devori salga uvalanib ketadigan naychalar shaklida bo’ladi, chunki qum donalari hayvonning teri bezlaridan chiqadigan yopishqoq modda bilan bir-biriga yopishib turadi. Balanogloss og’ziga suv bilan birga kiradigan mayda-mayda ovqat bo’laklarini yeydi.
Yozma va rasmli topshiriqlarni bajarish
Quyidagi topshiriqlarni bajaring.
1. Chala xordalilar qanday umumiy belgilarga ega?
1. ___________________________________________________________________________
2. ___________________________________________________________________________
3. ___________________________________________________________________________
4. ___________________________________________________________________________
5. ___________________________________________________________________________
2. Balanoglossning sistematik o’rnini belgilang (o’zbekcha va lotincha):
Tip: __________________________________________________________________________
Kenja tip: _____________________________________________________________________
Sinf: _________________________________________________________________________
Turkum: ______________________________________________________________________
Tur: __________________________________________________________________________
3. Balanoglossning tashqi tuzilishini chizing va raqamlarga mos tana qismlarini belgilang:
4. Balanoglossning bosh qismi ko’rinishini o’rganing va tana qismlarini belgilang:
|
1-
2-
3-
4-
5-
6-
7-
8-
9-
10-
11-
|
Do'stlaringiz bilan baham: |