3.Gazlarni analizi metodlari.
Bu metod aniqlanayotgan moddani gaz holatiga o‘tkazish va, ajralib chiqqan gazning hajmini o‘lchashga asoslangan. Masalan, CaSO3 dagi CO2 ni aniqlash uchun, tuzni HCI da eritib, СО2 ishqorga yuttiriladi va og‘irlikning ortishi bilan aniqlanadi.
Gravimetrik analiz metodlari: Gravimetrik analizning mohiyati shundan iboratki, aniqlanayotgan element yoki ion analiz uchun olingan tortimning tarkibidan oddiy modda yoki biror kimyoviy birikma holida to‘la cho‘ktirilib, uning massasi analitik tarozida aniq tortiladi. Ajratib olingan birikmaning massasini, tarkibini va analizga olingan tortimning massasidan aniqlanayotgan komponentning foiz miqdorini hisoblab chiqarishdan iborat.
Demak, moddaning massasini analitik tarozida aniq tortish yo‘li bilan bajariladigan analiz, gravimetrik metod deyiladi.
Gravimetrik analiz metodlari 3 ga bo‘linadi.
1) Cho‘ktirish metodlari. Bunda aniqlanayotgan modda yomon eriydigan birikma holda cho‘ktiriladi, yuvib, filtrlab, quritib yoki qizdirib, tarozida tortib, aniqlanayotgan moddaning miqdori topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |