2. Magnit disklar va ularning ichki fizik tuzilmasi.
Disk ichki tuzilmasini soddaroq qilib tushuntirish uchun kompyuterlarga uzoq yillar davomida keng tatbiq etilgan 3.5" li floppi-disk (FD) larni misol qilib olamiz (1-rasm).
Bu disklar odatda “Yumshoq magnitli disk – YMD” yoki qisqacha qilib disket deb ham yuritiladi6.
1-rasm. Floppi-diskning ko‘rinishi
Tuzilishiga ko‘ra floppi-disklarning magnit sirtlari yo‘l (track) deb ataluvchi konsentrik aylanalarga ajratilgan. Yo‘llar soni n ta bo‘lib, 0 dan (n-1) gacha raqamlar bilan belgilanadi. Bunda 0-yo‘l deb maksimal radiusli yo‘l olinadi. Eng kichik radiusli yo‘l esa (n-1)-yo‘l hisoblanadi (2-rasm).
2-rasm. Yo‘l va sektorlarning raqamlanishi.
Har bir yo‘l sektor (sector) larga bo‘lingan. Agar sektorlar soni m ta bo‘lsa, ular 1 dan m gacha sonlar bilan nomerlanadi.
Har bir sektor o‘lchamini standart holda 512 baytdan iborat deb qarasak, u holda floppi-disk hajmi uchun quyidagi
V = P D S 512 (bayt)
formulani yozish mumkin, bunda: V – disketning hajmi (baytlarda); P – disket sirtining soni (1 ta yoki 2 ta bo‘lishi mumkin); D – har bir sirtdagi yo‘llar soni; S – bitta yo‘ldagi sektorlar soni.
Quyidagi jadvalda 3,5( dyuymli floppi-diskni standart tipda formatlashdan hosil bo‘lgan natijaviy parametrlar keltirilgan:
Disket turi
|
P
|
D
|
S
|
V (Kb)
|
3,5
|
2
|
80
|
18
|
1440
|
Darhaqiqat, V = P D S 512 (bayt) = 2×80×18×512 (bayt) =
= 1 474 560 (bayt) = 1 440 (Kbayt)
Disketdagi sirtlar soni uni ishlab chiqarish paytida tanlanadi, yo‘llar va sektorlar soni esa uni formatlash chog‘ida hosil qilinadi.
Floppi-disklarni o‘qiydigan va unga ma’lumot to‘plashda foydalaniladigan maxsus qurilma mavjud bo‘lib, u disk yurituvchi (FDD – Floppi disk drive) deb nomlanadi (3-rasm).
3-rasm. FDD ning tizimli blokda joylashgan holati.
Qattiq magnitli disk deganda “Vinchester” tipidagi disklar tushuniladi va ular odatda HD (Hard Disk) deb nomlanadi.
HD bilan axborot almashish jarayonini amalga oshirib beruvchi maxsus qurilma mavjud bo‘lib, u odatda HD bilan bir butunlikda ishlab chiqariladi va ular birgalikda HDD (Hard Disk Drive) deb nomlanadi.
Vinchester tipidagi axborot to‘plagichlarda bir yoki bir nechta alyuminiy qotishmalardan tayyorlangan disklar bitta o‘qqa mahkamlanadi va u ferritlardan yasalgan magnit boshchalar (magnitniye golovki) bilan birgalikda germetik yopiq g‘ilofga o‘rnatiladi (4-rasm).
4-rasm. HDD ning ichki tuzilmasi
Vinchesterlar bir-biridan axborot sig‘imining miqdori va axborotni uzatish (ishlash) tezligi bilan farqlanadi.
Umumiy holda vinchesterning axborot sig‘imi quyidagi
VCHS512 (bayt)
formula bilan hisoblanadi, bunda V – vinchesterning axborot hajmi, C –ferromagnitik diskning bitta sirtdagi silindrlar soni, H – magnit boshchalar soni, S – bitta yo‘ldagi sektorlar soni.
Qattiq disk birinchi marta ishlatilishidan oldin u albatta formatlanishi kerak. Bu formatlash fizik yoki quyi darajadagi formatlash jarayoni bo‘lib, bunda:
diskka xizmat ma’lumotlari yoziladi;
yo‘llar, sektorlar va klasterlar hosil qilinadi;
buzilgan sektorlar yopib qo‘yiladi.
Bu bir so‘z bilan aytganda, disk sirtida axborotni yozish tuzilmasini hosil qilishdir.
Diskni formatlash deganda, uning sirtida axborotni yozish tuzilmasini hosil qilish jarayoni tushuniladi.
Shaxsiy kompyuterlarda fizik jihatdan odatda bir yoki bir nechta vinchesterlar ishlatiladi. Ammo dastur yo‘li bilan bitta fizik diskni bir nechta mantiqiy disklarga bo‘lib tashlash mumkin.
Operatsion sistema har bir mantiqiy diskni alifbo tartibida ketma-ket harflar yordamida nomlab chiqadi. Masalan, A va B harflar FD (Floppy disk) uchun qat’iy ravishda ajratilgan (garchi ular hozirda ishlatilmasa ham).
Qattiq disk mantiqiy bo‘laklarini nomlash esa C: harf bilan boshlanadi va D:, E:, F: kabi davom ettiriladi (5-rasm).
5-rasm. Diskning mantiqiy bo‘laklari
Agar boshqa vinchester yoki kompakt disk yurituvchilar kompyuterga ulanadigan bo‘lsa ham, baribir ularni nomlash shu ketma-ketlik asosida davom ettiriladi.
Ko‘pgina zamonaviy vinchesterlar SMART7 texnologiyasi asosida yaratilgan. Buning ma’nosi shuki, vinchester ish faoliyati davomida o‘zini-o‘zi tekshirib boradi, xatolik yuzaga kelganda tahlil qiladi va salbiy hodisa yuzaga kelmasdan oldin bu haqda xabar beradi. SMART – aslida kichik bir mikroprogramma bo‘lib, u disk kontrollyorida joylashgan bo‘ladi va vinchesterning ish holati bilan bog‘liq ko‘pgina parametrlarni nazorat qilib turadi (bunday parametrlar soni 3 tadan 30 tagacha bo‘lishi mumkin).
Do'stlaringiz bilan baham: |