Qarshi davlat universiteti republic of uzbekistan ministry of higher and secondary edication



Download 3,46 Mb.
bet12/74
Sana27.05.2022
Hajmi3,46 Mb.
#611013
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74
Bog'liq
UMM KTXK Kompyuterlarga texnik xizmat ko‘rsatish

Savol va topshiriqlar:

1.

Kompyuterda yuzaga keladigan nosozlik manbalari?

2.

Avtomatik nazorat va tashxis tushunchalariga izoh bering.

3.

Tashxis dasturlari qanday guruhlarga ajratiladi?

4.

POST-BIOS dasturi haqida ma’lumot bering.

5.

OS tashxis dasturlari haqida ma’lumot bering.

Mavzu №4.


KOMPYUTER QURILMALARINI BOSHQARUVCHI DASTURLAR


Reja:
1. Drayverlar va ularning asosiy vazifalari.
2. Drayverlarning turlari.
3. Drayverlarning tuzilishi.


Tayanch tushunchalar: BIOS; drayver; rezident drayver, referens-drayver; standart, virtual va yuklanuvchi drayverlar; minidrayver; port-drayver.

1. Drayverlar va ularning asosiy vazifalari.


Kompyuter qurilmalarini boshqarishda BIOSdan keyingi o‘rinda albatta drayverlar turadi. Tizimli dasturlar sinfiga kiruvchi eng muhim dasturlardan biri drayverlar sanaladi.
Drayver – bu kompyuterning tashqi qurilmalarini boshqarish bo‘yicha OS imkoniyatlarini kengaytiruvchi dasturdir.
Ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, drayver – bu OSga kompyuter qurilmalari bilan ishlash imkonini beradigan xizmatchi dasturlar majmuasidir.
Har bir qurilma o‘z drayveriga ega bo‘lishi kerak. Binobarin, har bir drayverning ham o‘z vazifalari mavjud va ular quyidagilar:
- amaliy va tizimli dasturlardan keladigan so‘rov signallarini qayta ishlash, ularni qurilma tushunadigan tilga o‘girish;
- qurilmaning bir holatdan ikkinchisiga o‘tishini ta’minlash, ma’lumot almashinuvini amalga oshirish;
- qurilma parametrlarini belgilangan tartibda sozlash, uni faollashtirish kabi jarayonlarni boshqarish va nazorat qilishdan;
- tashqi qurilmaga yuboriladigan xabarni qabul qilish va qayta ishlash;
- tashqi qurilmaga yuboriladigan xabarni boshqarish buyruqlariga ay­lan­tirish;
- tashqi qurilmadan keladigan xabarlarni qabul qilish va qayta ishlash.
Kengaytirilgan xotirani boshqaruvchi va virtual qurilmalarni boshqaruvchi dasturlar ham drayverlar turkumiga kiradi.
Ma’lumki, MS DOS da uning tarkibiga kiruvchi modullardan bir sanalgan IBMBIO.COM fayli o‘zida BIOS ning tashkil qiluvchilari bo‘lmish standart qurilmalar drayverlarini mujassam­lashtiradi.
IBMBIO.COM fayli tarkibidagi drayverlar – rezident drayverlar deyiladi.
DOS imkoniyatlari BIOSni o‘zgartirmay turib yangi qurilmalar drayverlarini tizimga qo‘shish imkonini beradi. Bunday drayverlarga yuklanuvchi norezident drayverlar deyiladi. Ular CONFIG.SYS faylidagi DEVICE buyrug‘i orqali tizimga qo‘shiladi.
Windowsda drayverlar System, System32 va ularning qismpapkalarida saqlanuvchi bir nechta fayllardan tashkil topgan. Drayverlarning asosiy yadrosini tashkil etuvchi fayllar .vxd, .drv, .sys kabi kengaytmalarga bo‘lib, boshqa qo‘shimcha protsedura shaklidagi drayverlar esa .dll kengaytmali fayllar ko‘rinishida dinamik bog‘lanuvchi kutubxonada mujassamlashgan bo‘ladi.
Bundan tashqari drayverlar tarkibiga ma’lumotnoma fayllar, utilitalar, deinstallyatsiya mo­dullari va boshqalar ham kirishi mumkin.
Drayverlarni o‘rnatish va o‘rnatilganlarini bekor qilish bilan bog‘liq amallar ketma-ketligi .inf kengaytmali maxsus axborot faylida saqlanadi. Uning yordamida Windows ОС qurilmaning tipi, modeli, uning drayveri qaysi sinfga tegishliligi, shuningdek, zarur bo‘lgan boshqa resurslar va fayllarni ham aniqlab oladi. Shu bilan birga bu .inf kengaytmali faylda boshqa biror bir faylni o‘chirish, qayta nomlash, nusxalash, ishga tushirish, tizimli registrga yozish yoki olib tashlash, arxivlash amallari va boshqalar ham ifodalanishi mumkin. Umuman olganda, barcha bunday .inf kengaytmali fayllar kompyuterga OSdan keyin chetdan o‘rnatiladigan drayverlar komplektiga kiruvchi INF nomli katalogda joylashgan bo‘ladi.
Windows 98 va Windows 2000 dan boshlab undan keyingi OSlarning barchasi WDM3 deb ataluvchi drayverlarning yangi modelini ham qo‘llab-quvvatlaydi. WDM-drayverlar faollashtiril­ganda, ularni OS xuddi standart drayverlar singari qayta yuklanishsiz qabul qiladi. WDM-drayver­lar odatda System32/Drivers papkasida joylashgan bo‘ladi. Xususan, USB, IEEE-1394 (Firewire) kabi qurilmalarning yangi avlod interfeyslari xuddi shu WDM-drayverlar boshqaruvida ishlaydi.
Qoidaga ko‘ra, har bir qurilmaning funksiyasini aniqlab beruvchi o‘z kontrollyorlari mav­jud. Bu kontrollyorlar odatda mikrosxema ko‘rinishida bo‘lib, ular o‘ziga tegishli qurilmani kom­pyuterning boshqa qurilmalari bilan “aloqasini” ta’minlab beradilar. Mazkur qurilma kontrollyori­ning markaziy protsessor va boshqa qurilmalar kontrollerlari bilan o‘zaro aloqasi shu kontroller uchun maxsus yozilgan dastur buyruqlari asasida amalga oshadi. Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, drayver – bu qurilma kontrolleri bilan markaziy protsessor “muloqotini” ta’minlab be­ruvchi tizimli dasturdir. Chipset deb ataluvchi bunday mikrosxemani ishlab chiqaruvchilar bu quril­ma uchun drayverlarni odatda o‘zlari yozishadi va bu drayverlar referens-drayverlar deb ataladi.
Har qanday boshqa dasturiy ta’minot singari drayverlar ham o‘zining versiyasiga ega. Dray­ver versiyasining formatini qanday belgilash aslida uni yaratuvchi dasturchining o‘ziga bog‘liq, ammo ba’zi hollarda Windowsga mo‘ljallab yoziladigan drayverlar uchun belgilangan andozaga amal qilishga to‘g‘ri keladi. Masalan, DirectXni qo‘llab-quvvatlovchi tovush platasi (SoundCard), yoki turli kompyuter o‘yin dasturlari ishini yaxshilashga qaratilgan videokarta (VideoCard) dray­verlarini misol qilib keltirish mumkin. Bunday drayverlarning versiya formatini belgilashda qoidaga ko‘ra, dastlabki birinchi raqam – OS versiyasining nomerini bildiradi. Masalan, Windows 9x/NT = 4, Windows 2000 = 5 va hk. Undan keyingi ikkinchi raqam – DirectXning versiyasini bildiradi, masalan, dx7 = 12, dx8 = 13 va hk. Oxirgi raqamlar drayverning o‘ziga tegishli versiya nomerini bildiradi, masalan, 1241. Endi umumiy holda misol keltiramiz, ya’ni, masalan, agar NVidia videokartasining drayveri 4.13.01.1241 versiya nomeri bilan ifodalangan bo‘lsa, demak, u Windows 9x va DirectX8 ga mo‘ljallangan 1241 nomerli versiyadagi drayver deb qabul qilinadi.

2. Drayverlarning turlari.


Windowsga mo‘ljallab yozilgan drayverlar odatda uch tipga bo‘linadi: standart, virtual va yuklanuvchi drayverlar.
Standart drayverlar kompyuterning standart qurilmalari uchun xizmat qiladi va ular odatda Windows OS tarkibida “oldindan” mavjud bo‘ladi. Buning ma’nosi shuki, hozirgi vaqtda ko‘pgina OS lar tarkibida standart qurilmalarning drayverlari mujassamlashgan bo‘lib, ular OS bilan birga yuklanadi. Masalan, klaviatura, monitor, modem, sichqoncha va boshqa qurilmalarning turli modellariga tegishli drayverlar OS tarkibidagi standart drayverlar sanaladi.
Virtual drayverlar asosan 32-razryadli rejimda ishlovchi OS lar paydo bo‘lishi munosabati bilan yaratilgan bo‘lib, ular xotiraning FLAT-modeli asosida ishlaydi. Ba’zi hollarda, ya’ni Win­dowsning kengaytirilgan rejimi bilan ishlaganda xotiraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish kanali va tizim uzilishlari bilan ishlovchi nostandart kiritish-chiqarish qurilmalariga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Bunday qurilmalarni kompyuterga dasturiy jihatdan o‘rnatishda esa asosan virtual drayver­lardan foydalaniladi.
Windows uchun multimedia sistemasining paydo bo‘lishi munosabati bilan “yuklanuvchi drayver” deb ataluvchi yangi tipdagi drayverlar yaratildi va iste’molga chiqarildi. Odatda, kengayti­rilgan rejimda ishlovchi Windowsda “yuklanuvchi drayverlar” qurilmaga bevosita murojaatni amal­ga oshirmaydi, balki u faqatgina virtual drayverlarni chaqirishga xizmat ko‘rsatadi, xolos. Masalan, Sound Blaster nomli tovush adapteri nafaqat yuklanuvchi drayver, balki virtual drayver bilan ham birga o‘rnatiladi.
Bajaradigan funksiyasiga qarab, drayverlarni bir nechta nomlar bilan atash mumkin, masa­lan, minidrayverlar, port-drayverlar, sinfli drayverlar va hk.
Minidrayver (Minidriver) oddiy drayverlarga nisbatan kamroq faoliyatga ega bo‘lib, u quril­maning apparat xususiyatlarini akslantirishda asosiy rol o‘ynaydi. Minidrayverlar ishga tushirilgan­da, ular xuddi DLL-dinamik yuklanuvchi kutubxona singari o‘z faoliyatini amalga oshiradilar. Minidrayverlarga eng aniq misollardan bittasi – bu SCSI port-drayverdir. U ba’zida “SCSI port-drayver uchun minidrayver” deb ham yuritiladi.
Sinfli drayver (Class Driver) to‘liq ravishda qurilmalar sinfini qo‘llab-quvvatlovchi yuqori darajali drayverlardir. Masalan, klaviatura yoki sichqon qurilmalarining drayverlari.
Port-drayver (Port Driver) standart tizimli so‘rovlarga javob beradigan eng quyi darajali drayver sanaladi. Port-drayverlar sinfi drayverlarni apparatura xususiyatlaridan izolyatsiyalaydi va ular ustida bajariladigan amallarni sinxronlashtiradi.
Aslini olganda, hech bo‘lmaganda bitta sinfli drayver bilan belgilangan protokol asosida aloqada bo‘lgan va kontrollyor yoki shinaga ruxsat amallarini sinxronlashtiruvchi har qanday “intellektual boshqaruvchi” yoki shinali adapter vazifasini o‘tovchi qurilma drayverlarini port-drayver deyish mumkin.
Port-drayverlarga misol tariqasida SCSI port-drayver, video port-drayver, parallel port-dray­ver va boshqalarning nomini keltirish mumkin.

3. Drayverlarning tuzilishi.


Ikki turdagi drayverlar mavjud:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish