Qarshi davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti metodikasi kafedrasi



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/245
Sana02.09.2021
Hajmi2,09 Mb.
#162437
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   245
Bog'liq
ona tili morfemika soz yasalishi morfologiya fanining oquv-uslubiy majmuasi

18 – MASHG‘ULOT (2 SOAT) 
Mavzu: Numerativ (hisob) sо‘zlar. Sonlarning tuzilishi turlari va otlashuvi 
Reja: 
  1. Numerativ (hisob) sо‘zlar, ularning donolikni juftlikni, butunning bо‘lagini, uzunligini, 
masofani, og‘irlikni, xajmini, pul qiymatini bildiruvchi turlari haqida 
  2. Sonlarning tuzilishi jihatdan sodda murakkab juft va takror bо‘lishi tо‘g‘risida. 
  3. Sonlarning otlashuvi. 
  4.  R.Ikromova  va  K.  Qosimovalarining  mashqlar  tо‘plamidagi    164.-165 166-167- 
mashqlarni ishlash. 
 
A D A B I Y E T L A R :  
 1.SH.Shoabdurahmonov va b.О‘sha darslik, 265-278, 287-290- betlar. 
2. M.Mirzayev va'b. О‘sha darslik, 211-213-betlar. 
3. R.Ikromova, K. Qosimova. О‘sha mashqlar tо‘plami,61-63-betlar. 
4. M.Mirzayev, Y.Eshonqulov. О‘sha mashqlar tо‘plami, 96-101- betlar.(47-mashq). 
5. U.Tursunov,  J:Muxtorov,  SH.Rahmatullayev.  Hozirgi  uzbek  adabiy  tili.  Toshkent, 
"Uzbekistan", 1992, 294-295-betlar. 
V.  S.Rahimov,   B.  Umurqulov.,  A.Eshonqulova.  Hozirgi      uzbek  adabiy  tili.Toshkent, "Yangi 
asr avlodi", 2001 y,89-91,95- betlar. Mashg‘ulot bayoni: 
О‘qituvchi auditoriyani darsga tayyorlagandan keyin son sо‘z turkumi, uning о‘ziga xos ma’no 
va  grammatik  xususiyatlari,  miqdor  sonlarning  ma’no  turlari,  shakl  yasalishlari  kabilar  tо‘g‘risida 
talabalarga  savollar tashlaydi  va tegishli  javoblarni oladi,  о‘zi  tо‘ldiradi.  Shundan keyin  predmetning 
soniga  kо‘ra  bepgisini  bildiruvchi  sanoq  sonlar ba’zan  predmetlarning  hisobini kо‘rsatuvchi  sо‘zlar  -
hisob sо‘zlari (numerativlar) bilan birga qо‘lpanishi., u sanalayotgan aniq predmetni kо‘rsatmay, о‘sha 
predmetni  hisoblashda  uning  qaysi  guruhga  oidligini  aniqlash  uchun  ishlatilishini  yana  bir  karra 
talabalarga eslatadi, tegishli misollar keltiradi. 
Numerativlar  sanoq,  son  bilan  sanaladigan  predmet  ifodalovchi  sо‘z  orasida  kelib,  ularning 
og‘irligiga,  uzunligiga,  hajmiga,  joylashish  о‘rniga  va  boshqa  shunga  о‘xshash  belgilariga  kо‘ra 
о‘lchovini bildirishini talabalar aralashuvi ta’minlagan holda aniqlaydi. Numerativlarning har bir turi 
tо‘g‘risida  tо‘xtaladi.  Sonlarni  tuzilishiga  kо‘ra  qо‘shma  son  bо‘lmaganligining  ilmiy  asoslarini 
ma’ruzada aytganlari asosida talabalardan aniqlaydi. Sonning tuzilish jihatidan sodda, murakkab, juft 
va takroriy turlari bо‘lishini talabalar ishtirokida yana bir bor kо‘rsatadi, isbotlaydi. 
Nazariy tushunchalar haqidagi talabalar bilimini aniqlab, uni tekshirib kо‘rgangina mavzuga oid 
mashqlarni ishlashga о‘tish yaxshi iatija beradi. 
164-mashq.TALAB:Gaplar tarkibidagi sonlarning tuzilish turini aniqlash, ishlashni tushuntirish, 
ajratib  kо‘rsatilgan  sonlarni  morfemalarga  ajratish.  Talabning  mohiyatini  talabalardan  sо‘rab 
aniqlaydi.О‘zi ham tо‘ldirishi mumkin.  
NAMUNA:1. Shtirlits soat yettida, qosh qorayotgan paytda, qaytdi. Gapdagi yettida soni mikdor 
son  ekanligi,  turiga  kо‘ra  sanoq  sonligi,  otlashgan,  shu  sababli  kelishik  qо‘shimchasini  olgan. 
Tuzilishiga kо‘ra sodda, chunki bir о‘zakli- son, morfemik tarkibi: yetti +da (О‘zak sо‘z о‘zgartiruvchi 
affiksal  morfema  ),  ishlash  asosga  kelishik  qо‘shimchasi-da  qо‘shilishida  fonetik  prinsipga  amal 
qilingan. Mashq shu tarzda bajartiriladi. 


165-mashq.  Talab:  tartib  va  mikdor  sonlarni  topib,  tuzilishiga  kо‘ra  turini    belgilash,    tartib 
sonlarni  raqam  bilan  ifodalab.о‘zi bog‘langan 
Sо‘z 
bilan 
birgalikda 
imlo 
qoidasiga 
muvofiq 
yozshshshiii 
kо‘rsatish. 
NAMUNA:  Ovchiday  kо‘z  tashladik  Tо‘rt  tomonga  ikkovlon.  Birinchi  tranvay  bir  ming  sakkiz  yuz 
saksoninchi  yili  Rossiyaning  Peterburg  shahrida  yurgan  ekan.  Birinchi  gapdagi  tо‘rt  soni  mikdor 
son,chunki u tomon otining miqdor belgisini bildiradi, tuzilishiga kо‘ra sodda son, chunki о‘zagi bitta, 
ikkinchi  gapdagi  birinchi,  bir  ming  sakkiz  yuz  saksoninchi  sonlari  tramvay,  yil  otlarining  tartib 
miqdorini  kо‘rsatganligi  uchun  tartib  son  hisoblanadi,  bulardan  biriichisi  sodda,  ikkinchisi  esa 
murakkab  son  sanaladi.Ikkala  gapdagi  sonlardan  tо‘rt  soni  raqam  4  holida  yoziladi  za  undai  keyin 
chiziqga qо‘yilmaydi.sababi: tartib emas yoki sanoq son, sanok, son predmetning soniga kо‘ra mikdor 
belgisini  bildirganda  chiziqcha  quyilmay  yoziladi.1880  soni  ega  gapda  yil  otining  tartib  belgisini 
bildirgani uchun undan keyin chiziqcha qо‘yiladi tarzidagi  izohlar asosida bajartirilgani ma’qul. 
166-mashk..Talab: Sonlarni raqam bilan ifodalagan holda kо‘chirish, tartib sonlarning yozilishini 
izohlash. 
Namuma: Dastlabki kabel 1857-va 1858-yillar mobaynida yotqizilgan edi. Bu gapda tartib sonlar 
raqamga aylantirilganda raqamdan keyin, albatta, chiziqcha bilan yozilishi kerak. Chunki yillar otining 
tartib belgisini bildirishini yozuvda kо‘rsatishi uchun kerak. Aks holda sanoq son bо‘lib qoladi. 
167-mashq. Talab: Sonlar va numerativ sо‘zlarning yozilishida rо‘y bergan xatolarni topish., shu 
xatoni izoxlash.    . 
Namuna:  1,  Turttagina  о‘g‘limiz  bor.  Tо‘rttovi  ham  armiyada.  Bu  gapdagi  turttagina  sо‘zi  shu 
holda imlo qoidasiga muvofiq yezilgan.Chunki asos tо‘rt,-ta esa dona son yasovchi qо‘shimcha, -gina 
esa sonning modal ma’nosini yuzaga keltiruvchi affiks. Shular aniq saqlangan holda tо‘g‘ri yozilgan. 
Ammo tо‘rttovlon notо‘g‘ri yozilgan. Chunki tо‘rtavlon jamlovchi son shaklini yasovchi qо‘shimcha. 
Bu yerdagi bitta -t ortiqcha. Garchi talaffuzda tо‘rttovlon aytilsa ham, imlo qoidasiga kо‘ra tо‘rtovlon 
tarzida  yozilishi  zarur.  Mashqlar  namunadagidek  tarzda  bajarilishi  kerak.  Mashqlar  mustaqil  holda 
bajartirilib, har bir talabaning nazariya va amaliyotni uzlashtirish darajasi tо‘g‘risida aniq tushunchaga 
о‘qituvchi ega bо‘lishi va xar bir talabaning bilim va kо‘nikmaga tegishli 4 ballik sistemaning tegishli 
ballari  bilan  baholashi  lozim. Qо‘yilgan  ballar e’lon etilishi,  mashqlarning  bajarilmay qolgan gaplari 
uyga vazifa sifatida talabalarga berilishi mumkin. 

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish