Qarshi davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti metodikasi kafedrasi


IV. Mavhum ot yasovchi qо‘shimchalar



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/245
Sana02.09.2021
Hajmi2,09 Mb.
#162437
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   245
Bog'liq
ona tili morfemika soz yasalishi morfologiya fanining oquv-uslubiy majmuasi

IV. Mavhum ot yasovchi qо‘shimchalar. 
Tubandagi  ot  yasovchi  qо‘shimchalar  turli  turkumdagi  negizlarga  qо‘shilib 
mavhum ot yasaydi. 
1 . -lik 
(-liq) 
qо‘shimchasi. 
Bu 
qо‘shimcha 
mavhum 
ot 
yasovchi 
eng 
faol 
qо‘shimchadir. 

lik 
qо‘shimchasi 
bilan 
Quyidagi negizlardan mavhum ot yasaladi. 
a) sifatlarga 
qо‘shilib 
belgi, 
xususiyat 
ifodalov- 
chi 
ot 
yasaydi: 
mardlik, 
gо‘zallik, 
yaxshilik, 
soflik, 
tozalik kabi; 
b) otlarga  qо‘shilib,  holat  ifodalovchi  mavhum  otlar  yasaydi:  yigiturlik,  qarilik, 
dushmanlik; 
v) shaxs 
otlariga 
qо‘shilib, 
о‘zak 
anglatgan 
pred 
met, 
soha 
yoki  biror  ish  ma’nosidagi  mavhum  ot  yasaydi:  binokorlik, 
tuproqshunoslik,manbashunoslik,zargarlik, pichoqchilik; 
g) ravishga 
qо‘shilib, 
harakatning 
mavhum 
miqdo- 
rini: 
tezlik, 
kо‘plik; 
songa 
qо‘shilib, 
uning 
mavhum 
miqdorini: о‘nlik, beshlik bildiruvchi otlar yasaydi; 
d)  -liq  qо‘shimachasi  bor  modal  sо‘ziga  qо‘shilib,mavjudlik  ma’nosidagi  ot 
yasaydi: borliq. 
2.  -chilik 
qо‘shimchasi. 
Bu 
qо‘shimcha 
murakkab 
qо‘shimcha 
(-chi+lik) 
tarkiblaridan 
tuzilgan 
bо‘lib, 
ot 
va 
sifat 
negizlarga 
qо‘shilib, 
kasb-hunar 
otini 
yasaydi: 
tо‘qimachilik, 
paxtachilik, 
chorvachilik, 
dehqon- 
chilik. 
3.  -garchilik  qо‘shimchasi.  Bu  qо‘shimcha  ham  murakkab  (-gar+chi+lik) 
tarkiblardan  tashkil  topgan  bо‘lib,  holat  ma’nosini  ifodalovchi  otlar 
yasaydi: 
yog‘ingarchilik, loygarchilik, odamgarchilik. 
4.  -ch 
(-inch) 
qо‘shimchasi. 
Fe’l 
negizlarga 
qо‘shilib, 
kishidagi 
ruhiy 
holatni 
ifodalovchi 
mavhum 
otlar 
yasaydi: ishonch, quvonch, sevinch kabi. 
5.  -sh (-ish). Fe’l negizlarga qо‘shilib, harakat oti  yasaydi: yig‘ilish, birlashish, 
mushtlashish, qurilish kabi. 


Sintaktik  usul  bilan  ot  yasash.  Ikki  yoki  undan  ortiq  sо‘zlarning  о‘zaro 
birlashuvi natijasida ot  yasalishi sintaktik usul bilan ot yasalishidir. Sintaktik usul 
bilan qо‘shma, murakkab va juft otlar yasaladi. 
Qо‘shma otlar ikki yoki undan ortiq sо‘zlarning ma’no va grammatik jihatdan 
birikib, yangi ma’no anglatishi asosida vujudga keladi. Qо‘shma otlar bir guruh bilan 
aytiladi  va  yozuvda  qо‘shib  yoziladi.  Qо‘shma  otlar  tarkibi  quyidagicha  sо‘zlardan 
tashkil topgan bо‘ladi: 
L. ot+otdan: belbog‘, qо‘lqop, muzqaymoq, toshkо‘mir, Toshkent, Sirdaryo. 
2.  Sifat+otdan:oqqush,oqsoqol,qizilо‘ngach,sassikpopushak,oqrabot, 
kо‘ksulton 
kabi. 
3.  Son+otdan: tо‘rtburchak,uchburchak,Tо‘rtkо‘l,Beshariq, Beshbuloq. 
4.  Ot+fe’ldan: о‘rinbosar,beshiktervatar,muzyorar, kungaboqar, otboqar kabi. 
Murakkab  otlar  ham  ikki  yoki  undan  ortiq  sо‘zlarning  ma’no  va  grammatik 
munosabatlari  asosida  vujudga  keladi.  Biroq,  bu  tipdagi  otlar  tarkibidagi  sо‘zlar 
alohida urg‘u bilan aytiladi. Shuning uchun yozuvda bu tipdagi otlar ajratib yoziladi: yer 
yong‘oq, о‘q ilon, sо‘z boshi, ishlab chiqarish, mahalla qо‘mitasi kabi. 
Eslatma: tilshunoslikda qо‘shma va murakkab otlar masalasini о‘rganishda har xil 
qarashlar bor. Murakkab  otlar  Kо‘pgina darslik va  qо‘llanmalarda ayniqsa, maktab 
darsliklarida qо‘shma ot, ayrim qо‘llanmalarda  tarkibli  ot  deb  yuritiladi. Bu  tipdagi 
sо‘zlarning tarkibi alohida urg‘u bilan aytilishidan kelib chiqqan holda murakkab ot 
deb atadik. 
Juft  ot.  Ikki  sо‘zning  о‘zaro  grammatik  jihatdan  teng  bog‘lanishidan  hosil 
bо‘lib, bir umumiy, jamlovchi ma’no ifodalovchi otlar juft otlar deyiladi. 
Juft  otlar  tarkibidagi  sо‘zlar  grammatik  jihatdan  tengligi,  bir  turkumga 
mansubligi va alohida urg‘u bilan aytilishiga kо‘ra xarakterlanadi. 
Juft  otlarda  qо‘shimchalar  keyingi  sо‘zga  qо‘shiladi:  ota-onaning,  aka-ukam.  Juft 
otlar tarkibi quyidagicha sо‘zlardan tashkil topadi: 
1 . Sinonimlardan: 
mehr-shafqat, 
kuch-qudrat, 
shon- 
sharaf, mehr-muhabbat, baxt-saodat. 
2.  Bir-biriga yaqin ma’noli aralash tipdagi sо‘zlardan: ota-ona, aka-uka, qozon-
tovoq, sabzi-piyoz, ona-bola. 
3.  Tarkibidagi birinchi sо‘z mustaqil ishlatiladigan, ikkinchi sо‘z mustaqil 
ishlatilmaydigan sо‘zlardan: bozor-о‘char, don-dun, kiyim-kechak, yotanar-
tutanar. 
Takror  otlar  ham  tuzilishi  jihatdan  juft  otlarga  kiradi.  Biroq,  ular  yasama  otlar 
sirasiga  kirmaydi.  Chunki,  takroriy  otlarning  tarkibidagi  ikkinchi  sо‘z  fonetik 
jihatdan  о‘zgargan  holda  takrorlanib,  qо‘llanilsa-da,  birinchi  sо‘z  ifodalangan 
ma’nodan bonsha ma’no ifodalamaydi. Zero, birinchi sо‘z ifodalagan ma’no takroriy 
sо‘zlardagi  asosiy  ma’no  bо‘lib  qoladi:  non-pon  tosh-posh,  kitob-mitob,  daftar-
paftar. 
Qisqartma  otlar.  Nutqda  qisqalikka  erishish  maqsadida  bir  qator  tarkibli  otlar 
qisqartirilib  qо‘llaniladi.  Bunday  otlar  qisqartma  otlar  deyiladi.  Masalan:  BMT, 
DAN,  MDH  kabi.  Sо‘zlarni  bu  tipda  qisqartirib  qо‘llash  faqat  ot  turkumiga  xos. 
Sо‘zlarning bu tipda yasalishi abbreviatura usuli deyiladi. 
_Qisqartma otlar quyidagi shakllardan tashkil topadi. 
1 . Sо‘zlarning bosh harflari olingan holda sо‘z qisqartiriladi: BMT, GES, 
BAA (Birlashgan Arab Amirligi), MDH. 
2.  Birinchi 
sо‘zning 
birinchi 
bо‘g‘ini, 
keyingi 
sо‘zlarning bosh harflari olingan holda sо‘z qisqartiriladi: о‘zRfA, ToshdU 
3.  Birinchi sо‘zning bosh qismi, keyingi sо‘z tо‘liq olingan holda sо‘z 
qisqartiriladi: pedinstitut, med-texnikum. 

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish