Qarshi davlat universiteti organik kimyo kafedrasi



Download 358,9 Kb.
bet12/20
Sana02.04.2022
Hajmi358,9 Kb.
#524958
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
Organik kimyo lab

Ishning borishi: 250 – 300 ml sig’mli, ikki og’zli yumaloq tubli kolba tomizgich voronka va kalsiy xlorid trubkali qaytarma sovutgich bilan jihozlanib unga 2,4 g magniy , 35 ml absolyut efir solib , unga yod kristali tashlanadi.
Shundan s6ng tomizgich voronkadan 11,5 g brombenzolning 35 ml absolyut efirdagi eritmasidan 3 ml quyiladi ; agar benzoy kislota yodbenzoldan sintez qilib olinsa, unda 20,4 g (11ml) yodbenzol olinadi va bunda magniyni yod bilan aktivlashtirilmasa ham b6ladi.
Agar bir necha kun davomida reaksiya boshlanmasa (efir loyqalanib qaynamasa), kolba issiq suv hammomiga tushirilib reaksiya boshlangunicha qizdiriladi.
Reaksiya boshlangandan so’ng , suv hammomi olib tashlanadi va qaynab benzolning efirli eritmasi kolbaga shunday tomchilatiladiki, bunda ef ir bir tekisda qaynab turishi kerak. (minutiga 30-40 tomchi).
Brom benzolning hammasi quyib bo’lingandan so’ng, reaksion kolba suv hammomida magniy erib ketgunicha 1-1,5 soat qizdiriladi.
So’ngra tuzli muzda yaxshilab sovitilib, unga 20 ml absolyut efir quyiladi va tomizgich voronka kolba tagiga tushirilgan gaz yuboruvchi naycha bilan almashtirilib, fenilmagniy bromidning efirli eritmasiga 3-4 soat davomida ballondan, quritish uchun ikkita sul’fat kislotali Tishchenko sklyankasidan o’tkazilib, karbonat angidrid gazi yuboriladi; agar karbonat angidrid gazi o’rnida muz holdagi qattiq karbonat angidrid ishlatilsa, olinayotgan benzoy kislotaning miqdori ortadi. So’gra gaz yuborilayotgan naycha tomizgich voronka bilan almashtiriladi va sovitib turilgan holda 18 ml konsentrlangan xlorid kislotaning 18 ml suvdagi eritmasi qo’shiladi. Parchalanishni eritma ikki tiniq qatlam --- efir va suvga ajralguncha davom ettiriladi.
Efirli eritmani ajratib olib, suvli qism ikki marta ( 20 ml dan ) efir bilan ekstraksiya qilinadi. Birlashtirilgan efirli eritmalar ajratkich voronkada o’yuvchi natriyning suyultirilgan eritmasi bilan chayqatiladi, ishqorli qism xlorid kislota bilan kislotali muhitga keltiriladi. Bunda cho’kmaga tushgan benzoy kislotani Byunxer voronkasida fil’trlab olib sovuq suv bilan yuviladi va quritiladi.

Download 358,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish