Karbozanjirli yuqori molekulali birikmalarning sinflanishi
_________________________________________________________________________________
Nomlanishi Formulasi
____________________________________________________________________________
1 2
____________________________________________________________________________
Toyingan uglevodorodlar
Polietilen [ — CH2 — CH2 ― ]n
Polipropilen [ — CH2 — CH — ] n
|
CH3
Polibutilen [ — CH2 — CH — ] n
|
C2 H5
Polizobutilen CH3
|
[ — CH2 — C — ] n
|
CH3
Polistirol [ — CH2 — CH —] n
|
C6 H5
Toyingan uglevodorodlarning galoidli hosilalari
Polivinilxlorid [— CH2 — CH— ] n
|
CL
Polivinilftorid [—CH2—CH—] n
|
F
Polivinilidenxlorid [—CH2—CCL2—]n
Politetraftoretilen [ —CF2—CF2—]n
Politriftorxloretilen [ —CF2—CFCL—]n
Spirtlar va ularning hosilalari
Polivinilspirt [—CH2—CH—] n
|
OH
Poliallil spirt [ —CH2—CH—] n
|
CH2OH
Polivinilatsetat [ —CH2—CH—] n
|
OCOCH3
Aldegid va ketonlar
Poliakrolein [—CH2—CH—] n
|
CHO
CH3
|
Polimetilakrolein [—CH2—C—] n
|
CHO
Polivinilmetilketon [—CH2—CH—] n
|
COCH3
Aminlar va nitrobirikmalar
Polivinilamin [—CH2—CH—] n
|
NH2
Poliallilamin [—CH2—CH—] n
|
CH2NH2
Kislotalar va ularning hosilalari
Poliakril kislota [—CH2—CH—] n
|
COOH
Polimetilakrilat [—CH2—CH—] n
|
COOCH3
Quyida ba’zi bir gomozanjirli noorganik polimerlarning nomlanishi va tuzilish formulasi keltirilgan:
Karbin (poliin α-karbin) [−C≡C−C≡C−]n
Kumulen (polien, β-karbin) [=C=C=C=C=]n
Polisilan [−SiH2−SH2−] n
Poligerman [−GeH2− GeH2−] n
Polisul’fid [− S− S− S− S−] n
Makromolekulalar geometrik shakliga qarab chiziqsimon, tarmoqlangan va to’rsimon tuzilishlarda bo’ladi. O’z navbatida to’rsimon polimerlar narvonsimon, parketsimon va uch o’lchovli fazoviy tuzilishga ega bo’lgan polimerlarga bo’linadi. Chiziqsimon polimerlarda makromolekulaning uzunligi uning ko’ndalang o’lchamidan yuz va ming marta katta bo’ladi. Bunday polimerlarga sellyuloza, tabiiy kauchuk, fibrain, kazein, shuningdek, ko’pgina sintetik polimerlar kiradi.
Tarmoqlangan polimerlarning makromolekulalari yon tomondanshoxlagan ko’rinishga ega bo’ladi. Bunday polimerlarga kraxmal, glikogen, shuningdek sintetik yo’l bilan olinadigan ko’pgina payvand sopolimerlar misol bo’la oladi. To’rsimon polimerlarda makromolekulalar choklangan bo’ladi. Bunday polimerlar erituvchilarda erimasligi, issiqlik ta’sirida suyuq holatga o’tmasligi bilan ajralib turadi. Vulkallangan kauchuk, rezina, divinilsopolimerlari, fazoviy tuzilishdagi fenolformal’degid va karbamidformal’degid smolalari bunday polimerlarga misol bo’la oladi.
Ikki yoki undan ortiq tur monomerlarning birgalikda polimerlanish jarayoni sopolimerlanish jarayoni deyiladi; hosil bo’lgan yuqori molekulyar birikmalar esa, sopolimerlar deb ataladi. Sopolimerlar asosan choklangan, blok hamda payvandli sopolimerlarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |