Qarshi davlat universiteti kimyo kafedrasi yuqori molekulyar birikmalar kimyosi fanidan


Fakultet UK raisi : dots. I. Hayitov



Download 7,32 Mb.
bet2/49
Sana05.06.2022
Hajmi7,32 Mb.
#638162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
YuMB-majmua

Fakultet UK raisi : dots. I. Hayitov
O‘quv uslubiy majmua Tabiiy fanlar fakulteti ilmiy kengashining 2021-yil -iyundagi -sonli yig‘ilishida tasdiqlangan va foydalanishga tavsiya etilgan.
Fakultet kengashi raisi: dots. B.Boysunov
O‘quv uslubiy majmua Qarshi DU uslubiy kengashining 2021 yil dagi -sonli yig’ilishida tasdiqlangan.
O‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i ______________ dots. P.R.Qurbonov

MUNDARIJA
O’quv materiallari:

  1. Ma’ruza matnlari

  2. Laboratoriya mashg’ulotlari

2. Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari
3. Glossariy
4. Ilovalar
a) Fan dasturi
b) Ishchi fan dasturi
v) Tarqatma materiallar
d) Testlar
g) Baholash mezonlari
e) O’Umning elektron varianti

O’ZBeKISTON ReSPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI


QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI

KIMYo KAFeDRASI

YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSI
FANIDAN

MA‘RUZALAR MATNI

Sirtqi ta’lim yo’nalishi uchun


(V-VI semestrlar)

1-Ma’ruza. Yuqori molekulyar birikmalar haqida asosiy tushunchalar
Mavzuning asosiy masalalari

  1. Yuqorimolekulyar birikmalar, oligomer, polimerlar.

  2. Makromolekula va uning kimyoviy zvenosi.

  3. Polimerlanish darajasi va zanjir uzunligi.

  4. Polimerlarning tirik tabiatdagi roli va ularning kimyoviy materiallar sifatida ahamiyati.

  5. Polimerlar haqidagi fanning rivojlanish tarixi.

  6. Polimerlar kimyosi fanini rivojlantirishda O‘zbekiston olimlarining xizmatlari.

Asosiy tayanch tushunchalar
Polimer, monomer, zveno, yuqori molekulyar birikmalar, klassifikasiya, kimyoviy materiallar, sun’iy, sentetik, oligomer.
Polimerlarga oid ximiya, fizikaviy ximiya va fizika asoslari asrimizning 30-yillaridan boshlab mustaqil fan sifatida jadal sur‘atlar bilan rivojlana boshlab, bu sohadagi turli fanlarning yetakchi tarmoqlaridan biriga aylandi. Hozirgi kunda xalq xo’jaligining turli sohalarini polimerlarsiz tasavvur qilish qiyin. Sanoatning eng yirik tarmoqlari: rezina, plastmassa, ximiyaviy tola, polimer pardalar, lok-bo’yoq, yelim, dielektriklar hamda boshqa tur buyumlar dunyo miqiyosida keng ko’lamda ishlab chiqariladi. Bu sohalarni ham polimerlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Yuqori molekulyar birikmalar nomininig kelib chiqish sababi shundaki, bu moddalar juda katta nisbiy molekulyar massaga ega. Oddiy quyi molekulyar moddalarning nisbiy molekulyar massasi ba‘zangina 300-400 lar atrofida bo’ladi, ammo yuqori molekulyar birikmalarning nisbiy molekulyar massasi yuz ming, ba‘zan milliondan ortiq bo’ladi. Masalan, tabiiy kauchukning nisbiy massasi 70000-2500000 atrofida (vaholanki suvning nisbiy massasi 18 ga teng).
Yuqori molekulyar birikma molekulasining massasi katta bo’lganligi uchun molekulalarini m a k r o m o l e k u l a l a r deb ataladi. Ko’pchilik yuqori molekulyar birikmalarning makromolekulalari ko’p marta takrorlanadigan bir xil tarkibli atomlar gruppasi  oddiy bo’g’inlar  zvenolardan tuzilgan bo’ladi. Masalan, tabiiy kauchukning makromolekulalarini juda ko’p sondagi  C5 H8  tarkibli oddiy zvenolar tashkil etadi. Oddiy zveno deganda makromolekulani tashkil etgan dastlabki quyi molekulyar moddaning ko’p marta takrorlanadigan qoldig’ini tushunmoq kerak. Ular o’zaro ximiyaviy bog’lar bilan birikib p o l i- m e r l a r n i hosil qiladi. Elementar (oddiy) bo’g’inlar bir xil yoki boshqa-boshqa tarkibga ega bo’lishi mumkin. Polimer sintezi uchun olingan dastlabki moddalar m o n o m e r l a r deb ataladi. Masalan, kraxmal makromolekulasining oddiy bo’g’ini glyukoza qoldig’i C6H10O5bo’lgani uchun kraxmal makromolekulasining ximiyaviy formulasi (S61010O5)n ko’rinishga ega. Bu formuladagi n takrorlanadigan oddiy zvenolar sonini ko’rsatadi va p o l i m e r l a n i s h k o e f f i t s e n t i deb ataladi. Masalan, kraxmalning monomeri glyukozadan iborat.
Polimerlar makromolekulasining shakli jihatidan chiziqsimon (uzunchoq), tarmoqlangan va to’rsimon polimerlarga bo’linadi. Chiziqsimon polimerlarning makromolekulalarini boyi juda uzun bo’lib, eni boyiga nisbatan juda kichik bo’ladi. Masalan, tsellyuloza (chiziqsimon) makromolekulasining eni bir nanometrdan kichik bo’lgani holda uning boyi yuz nanometrdan uzundir. Tarmoqlangan polimerning makromolekulasi albatta yon zanjirga ega bo’ladi. To’rsimon polimerlar makromolekulasi albatta zanjirga ega bo’ladi. To’rsimon polimerlar bir-birlari bilan ko’ndalang ximiyaviy bog’lar orqali birikkan makromolekulyar zanjirlardan tuziladi.
Polimerlar tarkibida bir xil tarkibga ega bo’lgan turli o’lchamdagi makromolekulalar borligi tufayli ular o’rtacha molekulyar massalar bilan xarakterlanadi.
Ko’pincha molekulyar massasi 5000 dan yuqori bo’lgan moddalarga o’xshash, lekin molekulyar massasi 500 dan 5000 gacha bo’lgan sintetik birikmalar oligomerlar, aminokislotalardan tashkil topgan tabiiy birikmalar esa polipeptidlar deb ataladi. Molekulyar massasi 0 dan 500 gacha bo’lgan birikmalar quyi molekulyar birikmalar deb ataladi. Odatda molekulyar massasi 5000 dan yuqori bo’lgan moddalar polimerlar yoki sopolimerlar, yoki umumiy holda yuqori molekulyar birikmalar deb ataladi.
Polimerlar kelib chiqishi, tabiatda uchrashi, olinishiga qarab tabiiy, sun‘iy yoki sintetik polimerlarga bo’linadi. Ma‘lumki, tabiiy polimerlar o’simliklar va hayvonot olamida tiriklikning asosini tashkil etadi. O’simliklar organizmining asosiy tarkibiy qismi tsellyuloza, kraxmal, lignin va pektin kabi tabiiy polimerlardan tashkil topgan bo’lsa, hayvonot olamida tiriklikning asosini oqsil moddalar, gormonlar va pektin kabi tabiiy polimerlarni oqsil moddalar, gormonlar va fermentlar tashkil qiladi. Sellyuloza to’qimachilik sanoatida asosiy xomashyo hisoblansa, kraxmal oziq-ovqat sanoatining asosidir.
Sun‘iy polimerlar, mavjud bo’lgan tabiiy polimerlarni ximiyaviy o’zgarishlarga uchratib hosil qilinadi. Tabiiy polimerlarga sellyuloza va kraxmalning turli-tuman hosilalari tabiiy ipak, paxta, oqsillar, shuningdek, charm va mo’yna sanoatining asosiy xomashyosi bo’lgan kollagen, keratin va boshqalarni misol tariqasida keltirish mumkin.
Sintetik polimerlar tabiatda uchramaydi. Ular faqat ximiyaviy yo’llar bilan hosil qilinadi. Hozirgi zamonda juda kо‘p sintetik polimerlar o’zlarining ajoyib xossalari bilan, tabiiy polimerlar bilan raqobatlasha oladi va ba‘zida ulardan ustun turadi. Ma‘lumki, texnikada ko’p miqdorda ishlatiladigan tabiiy polimerlardan biri-tabiiy kauchukdir; biroq olinadigan barcha tabiiy kauchuk texnika ehtiyojini qanoatlantirish uchun yetarli emas. Polimerlar ximiyasi va texnologiyasi esa o’z xossalari jihatidan tabiiy kauchukdan qolishmaydigan sintetik kauchuk ishlab chiqarish imkoniyatini yaratadi. Bu kauchuklar haroratning anomal sharoitlariga (o’ta sovuq va o’ta issiq holatlarga ), shuningdek turli agressiv muhitlarga chidamliligi bilan kauchuklardan ustun turadi. Tirik tabiatda organik polimerlar qay darajada ahamiyatga ega bo’lsa, jonsiz tabiatda anorganik polimer moddalar shu darajada ahamiyatlidir. Ma‘lumki, yer sharining asosiy qismini kremniy, alyuminiy kabi elementlarning oksidlari tashkil etadi. Ular o’zaro birikib makromolekulalar ham hosil qiladi. Mineral jinslar, asosan, ana shu makromolekulalardan tashkil topgan. Bularning ichida kremniy (IV) – oksid polimerlari asosiy o’rinni egallaydi. Uning miqdori yer qobig’ining 50 – 60 % ini tashkil qiladi. Undan tashqari kremniy tabiatda murakkab yuqori molekulyar silikatlar (ko’pincha alyumosilikatlar) holida ham uchraydi: chunonchi, kvars, tog’ jinslari va qum silikat angidridning polimerlaridir. Biroq shuni qayd qilish kerakki, anorganik polimerlar erituvchilarda erimaydi, qizdirilganda yumshamaydi, shu sababli ularni toza holda ajratib olib, molekulyar massasini aniqlashga imkoniyat yo’q. Shuningdek, ularning fizikaviy va ximiyaviy xossalari, tarkibiga bog’liq bo’lgan xususiyatlari ham mukammal o’rganilgan emas.
Yuqorida qayd qilingan xususiyatlar organik polimerlarda yaxshi o’rganilgan.

Download 7,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish