Nazorat uchun savollar va topshiriqlar
1. Sigler va Natta katalizatorlarini yozing.
2. Polipropilen misolida izotaktik, sindiotaktik va ataktik tuzilishlarni ko’rsating.
3. Katalitik kompleks ionlar ta’sirida polimerlanish reaksiyalarini yozing.
O’ZBeKISTON ReSPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
KIMYo KAFeDRASI
YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSI
FANIDAN
LABORATORIYA MASHG’ULOTLARI
Sirtqi ta’lim yo’nalishi uchun
(V-VI semestrlar)
LABORATORIYA MASHG’ULOTLARI
V-SEMESTR MAVZULARI
1-LABORATORIYA ISHI
Mavzu: ADIPIN KISLOTASINI ETILENGLIKOL BILAN POLIKONDENSATLANISHI
Ishdan maqsad: Polikondensatlanish reaksiyasiga haroratning ta’sirini o’rganish.
Reaktivlar: Adipin kislotasi, dietilenglikol, n-toluolsul’fokislota, xloroform, etil spirti, KOH (0,1 N spirtli eritmasi), fenolftalein, inert gaz (yoki azot).
Jihozlar: 100 sm3 sig’imli 4 og’izli kolba, mexanik aralashtirgich, termometr (2000C li), sovutgich, shisha tayoqcha, stakan yoki kolba, rezina nok (kapillyarlik), soat oynasi.
Ishning bajarilishi: Reaksion kolbaga 9,5 ml (0,1 mol) adipin kislotasi va 0,152 gr (0,8 mol) n-toluolsul’fokislota solinadi. Dastlab qizdirilgan Vud qotishmali hammomga kolba o’rnatiladi. Naychadan inert gaz o’tkazib qo’yiladi va polikondensatlanishni 1500C da olib boriladi. Termometr o’rnatilgan joydan reaksiya davomida namuna olib turiladi. Birinchi namuna 45 minutda, keyingilari esa har 15 minutda olib turiladi. Shunday ishni 1600C, 1700C va 1800C larda ham o’tkaziladi. Kolbadan namuna olayotganda aralashtirgich to’xtatib turiladi va kapilyarli rezina noki bilan 1 ml cha namuna olinadi. Olingan namuna juda tezlik bilan avvalo tortilgan stakanga puflab tushuriladi. So’ng stakanga 10 ml xloroform quyiladi va ustiga 10 ml etil spirti quyilib, polimer eritmasi hosil qilinadi. Eritma 0,1 N KOH ning spirtli eritmasi bilan titrlanadi.
Reaksiya uchun balans tenglamasi yozilsa, quyidagi ifoda hosil bo’ladi:
W=SNo+(1-P)18No+190rNo
W-reaksion aralashmadan olingan namunaning og’irligi, gr; No-namunadagi zvenolarning mollar soni, P-reaksiyaning tugallanish darajasi, r-katalizatorni mollar sonini zvenoning mollar soniga nisbati. 190- n-toluolsul’fokislotaning molekulyar massasi. r=0,004 ga teng, S esa bir efir bog’iga to’g’ri kelgan polimer zvenosining molekulyar og’irligi.
S=Ma+Md-2Mb*H2O/2=108
Ma – adipin kislotasining, Mb – esa dietilenglikolning molekulyar massasi. Olingan namunani titrlash uchun sarf bo’lgan ishqorni miqdori B quyidagi ifoda bilan xarakterlanadi:
B=(1-P)No+rNo
B ning ma’lum qiymatlarida polimerning molekulyar massasi hisoblanadi.
Pn=1/1-P=E-18/S+190*r-rE
Bu erda E=W/B; tekshirilayotgan sistemaga yuqoridagi ifoda shunday yoziladi:
1/1-P=E-18/108,76-0,004E
Olingan natijalar asosida 1/(1-p) ni vaqt bilan o`zgarish grafigi chiziladi. Hosil bo`lgan to`ri chiziqning tgα sidan reaksiyaning tezlik konstantasi topiladi. Shu grafik yuqorida qayd etilgan 4 xil haroratga chizilib, har biri uchun tezlik konstantasi topiladi. So`ng lgK=f(l/T) grafigidan E (aktivlanish energiyasi) topiladi. (E=tgα R kJ/mol, E=19,15 tgα* kJ/mol)
Do'stlaringiz bilan baham: |