Qarshi davlat universiteti kimyo kafedrasi noorganik kimyo fanidan



Download 10,98 Mb.
bet177/191
Sana31.12.2021
Hajmi10,98 Mb.
#267598
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   191
Bog'liq
Ноорганик кимё мажмуа

Cho‘yan: oddiy, kulrang cho‘yan korroziyaga chidamli emas, chunki uning tarkibi bir xil emasligidir(masalan, po‘latga nisbatan).

Perlit strukturali cho‘yan zanglashga chidamli emas, sababi uning tarkibi bir xil emas. Modifikatsiyalangan cho‘yan kuchli erituvchi muhitda yuqori darajada zanglashga chidamlidir. 60 % li sulfat kislota va erigan holatdagi o‘yuvchi natriy muhitda uning chidamliligi juda yuqori. Bunday cho‘yanga misol qilib silikopalsiy bilan modifikatsiya qilingan cho‘yanni olish mumkin. Uning tarkibida C-2.9 дан 3.2 %, Si-0.8 %, Cr – 0.4 dan 0.8 % gacha, Ni- 0.6 dan 0.8 % gacha metallar bor.

Namligi katta bo‘lgan muhitda perlit strukturali titan misli cho‘yan(TMCH) zanglashga chidamlidir. Uning tarkibida 1 % gacha misning bo‘lishi sababli korroziyaga turg‘undir. Uni yanada chidamli cho‘yan qilish uchun tarkibiga xrom va nikel qo‘shish kerak bo‘ladi. Bog‘langan cho‘yan oddiy holatda zanglashga chidamlidir. Chunki uning yuzasi oksidlangan yupqa himoya qavatiga ega. Cho‘yan gruppasiga kiruvchi yuqori darajada ligerlangan temir uglerodli qotishmalar ham ancha kimyoviy turg‘undir. Temir kremniyli (Si-14.5 % gacha), kremniy molibdenli ( Si- 13.5 dan 16 % gacha, Mo- 3.25 dan 4 % gacha) va ko‘p xromli (Cr- 25 dan 36 % gacha) bo‘lgan cho‘yanlar bunga misoldir. Ular pardozlash va bo‘yash sexlarida keng qo‘llaniladi.

Qo‘rg‘oshin- pardozlash va bo‘yash jixozlarida keng qo‘llaniladi. Sulfat kislotasi va uning tuzlari eritmalarida qo‘rg‘oshin yuqori darajada kimyoviy turg‘unlikga ega. Uning yuzasida PbSO4 dan iborat metal bilan mustahkam bog‘langan yupqa qavat hosil bo‘ladi va zangdan himoya qiladi. Biroq sulfat kislotaning konsentratsiyasi 80 % ( issiqlik holati 85-90 C) va 92 % sovuq holatdan ortib ketsa yupqa parda yemirila boshlaydi va zanglashga chidamlilik yo‘qoladi. Sulfat kislota tarkibida azot kislotasining qoldiqlari, qo‘rg‘oshin tarkibida aluminiy, rux qalaylarini bo‘lishi uning zanglashga chidamliligini pasaytiradi. Idish va trubalarda chiqitlarni o‘tirib qolishi ham qo‘rg‘oshinda mahalliy korroziyani hosil qiladi. Qo‘rg‘oshin kavsharlab ulangan, biriktirilgan joylarda ham kuchli zanglashi mumkin.

Alyuminiy – u ham tez korroziyalanadi, boshqa moddalar bilan tez reaksiyaga kirishadi, lekin azot (uksus) sirka kislotalaridan yuqori darajada kimyoviy turg‘undir. Aluminiy yuzasida kuchli himoya qatlami hosil bo‘lib, metal bilan qattiq bog‘langan shuning uchun u zanglamaydi. Aluminiy o‘shiladigan ko‘p moddalar (temir, rux, mis) uning chidamliligini pasaytiradi. Payvandlangan va parvarishlangan joylaridan tez korroziyalanadi. Mexanik ishlov berishda hosil bo‘ladigan ichki kuchlanishlar zanglashni tezlashtiradi.


Download 10,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish