Vodorodli birikmalari. Azot va vodoroddan tashkil topgan eng muhim, odatiy va keng ko‘lamda olinadigan birikma – ammiakdir. Bir yilda qariyb 30 milliard funt ammiak olinib, uning asosiy qismi o‘g‘it sifatida yoki nitrat kislota sintezida ishlatiladi. Amiakni asosan Gaber usuli bilan sintez qilinadi.
Reaksiya tezligi harorat ortishi bilan ortishiga qaramay, NH3 molekulasining hosil bo‘lish issiqligi -46 kJ/ mol bo‘lganligi sababli yuqori temperaturada ammiak molekulasining turg‘unligi kamayib boradi.
U ncha ko’p bo’lmagan miqdordagi ammiakni olish uchun, tarkibida ammoniy tutgan tuzlariga kuchli ishqor ta’sir ettirib olinadi.
M etall azidlarning gidrolizidan ham ammiak olinishi mumkin.
Ammiak rangsiz (qaynash temperaturasi -77.8 oC va suyuqlanish temperaturasi -33.35оC) va o‘ziga xarakterli xususiyatga ega bo‘lgan gaz. Molekula tarkibidagi H – N bog‘ning qutbliligi sababli, qattiq va suyuq holatdagi ammiak molekulasida vodorod bog‘ bo‘ladi. Ammiak suvda juda yaxshi eriydi , biroq kam miqdorda dissotsiyalanadi (Кб= 1.8х10-5).
Do'stlaringiz bilan baham: |