Termik parchalanish. Parchalanish uchun lozim bo‘lgan energiya issiqlik ko‘rinishida yuttirilsa, bunday turdagi parchalanishga termik parchalanish deb ataladi. ∆ ko‘rinishidagi belgi yuqori temperatura zarurligini ifodalaydi.
Elektrolitik parchalanish. Elektroliz jarayoni, bunda murakkab modda elektr toki yordamida parchalanadi.
O‘rin olish bilan boradigan oksidlanish- qaytarilish jarayonlari.
Reaksiya tenglamasining har ikkala tarafidagi molekulalar soni teng, ammo atomlar (yoki ionlar) o‘z joylarini o‘zgartiradi. Shunga ko‘ra ular ikki turga bo‘linadi.
Ikki ionlarning joylari o‘zgarishi bilan ketadi (metatezis). Lekin bu turdagi reaksiyalar oksidlanish- qaytarish reaksiyalari emas.
Faqat birgina ionning o‘rnini boshqasi olishi bilan ketadigan jarayonlar. Bu turdagi reaksiyalar oksidlanish reaksiyalariga misol bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |