Fizikaviy xosssalarga agregat (gaz, suyuq, qattiq) holatiga xos bo‘lgan xossalari, rangi, suyuqlanish, qaynash, muzlash temperaturalari, eruvchanligi, zichligi, elektr va isssiqlik o‘tkazuvchanligi, qutbliligi kabi xossalar kiradi. Moddaning fizikaviy xossalarini aniqlash vaqtida uning tarkibi o‘zgarmaydi. A rasmda suvning qattiq holatidan suyuq xolatga o‘tishi yoki suyuq xolatdan muz holatgao‘tishiko‘rsatilgan.
Suv (qattiq holat)→ Suv (suyuqlik holat)
Moddaning kimyoviy xossalariga korroziyaga chidamliligi, kislotalar bilan reaksion faolligi, parchalanishi, metall yoki metallmasligi, oksidlovchi yoki qaytaruvchiligi, asosli yoki kislotaliligi, yonish-yonmasligi kabilar kiradi, bunda moddaning tarkibi o‘zgaradi. Kimyoviy o‘zgarish kimyoviy reaksiya natijasida sodir bo‘ladi. Kimyoviy reaksiya bu bir moddani ikkinchi moddaga aylanishidir. Masalan, suv orqali elektr toki o‘tkazilganda suv ikkita boshqa modda vodorod va kislorodga parchalanadi. Bunda kompozitsiya o‘zgardi, endi suv suv emas, balki alohida vodorod va kislorod gazlaridir.
Suv → vodorod + kislorod (elektr toki ta’sirida)
|
|
3-rasm. A Fizikaviy hodisa:
|
4-rasm. V Kimyoviy hodisa:
|
Suvni muz holatidan suyuq holatga o‘tishi yoki suyuq xolatdan muz holatgao‘tishi
|
Elektroliz natijasida vodorod va kislorod gazlarining olinishi
|
Fransuz kimyogari A.Lavuazye 1781 yilda СО2 gazini 10 xil usul bilan hosil qildi va gaz tarkibidagi uglerod bilan kislorod massalari orasidagi nisbat 3 : 8 ekanligini aniqladi. Shundan keyin: har qanday kimyoviy toza birikmaning tashkil etuvchi elementlarning massalari o‘zgarmas nisbatda bo‘ladi, degan xulosa chiqarildi. Bu xulosa tarkibning doimiylik qonunidir. 20 yil davomida bu qonunning to‘g‘riligi barcha olimlar tomonidan e’tirof etib kelingan. Lekin 1803 yilda boshqa fransuz olimi Bertole qaytar reaksiyalarga oid tadqiqotlar asosida, kimyoviy reaksiya vaqtida hosil bo‘ladigan birikmalarning miqdoriy tarkibi reaksiya uchun olingan dastlabki moddalarning massa nisbatlariga bog‘liq bo‘ladi, degan xulosa chiqadi.
Fransuz olimi J.L.Prust (1753-1826) Bertollening yuqoridagi xulosasiga qarshi chiqdi. U kimyoviy toza moddalarni puxta tahlil qildi: toza birikmalarning miqdoriy tarkibi bir xil bo‘lishini o‘zining juda ko‘p analizlari bilan isbotladi. Prust bilan Bertolle orasidagi munozara 7 yil davom etdi. Bu kurash ikki falsafiy oqim ko‘rashi bo‘ldi. Prust falsafasi – uzluklilik prinsipi, Bertolle falsafasi – uzluksizlik prinsipi nomi bilan yuritiladi. Ko‘pchilik olimlar o‘zlarining amaliy ishlari natijalari bilan Prust prinsipini tasdiqladilar. Natijada Prust g‘olib chiqdi va 1809 yilda kimyoning asosiy qonunlaridan biri tarkibning doimiylik qonuni quyidagicha ta’riflandi: har qanday kimyoviy toza birikma, olinish usulidan qat’iy nazar, o‘zgarmas miqdoriy tarkibga ega. Masalan, toza suv tarkibida 11,11 % vodorod va 88,89 % kislorod bo‘lib, suv normal sharoitda 00S da muzlaydi, 1000S da qaynaydi; uning 40S dagi zichligi 1000 kg/m3 yoki 1 g/sm3 yoxud 1 g/ml–1 ga teng; u o‘zgarmas elektr o‘tkazuvchanlikka, o‘zgarmas qovushoqlikka ega.
Kimyoning rivojlanishi shuni ko‘rsatdiki, o‘zgarmas tarkibli birikmalar bilan bir qatorda o‘zgaruvchan tarkibli birikmalar ham bo‘lar ekan. M.S.Kurnakovning taklifiga ko‘ra o‘zgarmas tarkibli birikmalar daltonidlar (ingliz kimyogari va fizigi Daltonni xotirasiga), o‘zgaruvchan tarkiblilari – bertollidlar (shunday birikmalar borligini oldindan aytgan fransuz kimyogari Bertolle xotirasiga) deb ataldi. Bertollidlarning tarkibi o‘zgarib turadi va stexiometrik nisbatlarga muvofiq kelmaydi. Masalan, uran (VI) oksidning tarkibi odatda UО3 formula bilan ifodalanadi. Haqiqatda esa uning tarkibi UО2,5 dan UО3 gacha bo‘ladi va boshqalar. O‘zgaruvchan tarkibli birikmalar borligi munosabati bilan tarkibning doimiylik qonunining hozirgi ta’rifiga aniqlik kiritish kerak bo‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |