Qarshi davlat universiteti kimyo kafedrasi noorganik kimyo fanidan



Download 10,98 Mb.
bet139/191
Sana31.12.2021
Hajmi10,98 Mb.
#267598
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   191
Bog'liq
Ноорганик кимё мажмуа

Kimyoviy xossalari. Kremniy suyuqlantirilgan metallarda eriydi, asta – sekin sovitilganda, oktaedrik panjara hosil qilib kristallanadi, oksidlanish darajasi -3, +2 va +4. Past temperaturada u kimyoviy jihatdan inert hisoblanadi. Kislorod atmosferasida 4000C dan yuqori sharoitda oksidlanadi.

Si + O2=SiO2

Gaz holdagi HF bilan oddiy sharoitda, HCl va HBr bilan esa 400 – 5000da reaksiyaga kirishadi.

Si(aморф) + HF= H2[SiF6] +2H2

Si + 4HF = SiF4 + 2H2 (40 – 1000C)

3Si + 18HF(конц) + 4HNO3(конц) = 3H2[SiF6 ] + 4NO + 8H2O

Si + 18HF(конц) + 2KClO3 = 3H2[SiF6] + 2KCl + 6H2O

Si + 6HF(конц) + KNO3 = H2 [SiF6] + 2KNO2 + 2H2O

Kremniy galogenlar, vodorod va uglerod bilan birikib tegishlicha kremniy galogenidlar, silanlar va karbid hosil qiladi.

Si + 2F2 = SiF4 (200C, F da yonishi)

Si + Cl2 = SiCl4 (340 – 4200C, Ar oqimida)

Si + 2Br2 = SiBr4 (620 – 7000C, Ar oqimida)

Si + 2I2 = SiI4 (750 – 8100C, Ar oqimida)

Si + 4HI = SiI4 + 2H2 (400 – 5000C)

Si + C(grafit) → SiC (1200 – 13000C)

Oltingugurt va azot bilan (600 – 10000Cda) ham birikadi. Bor bilan SiB4 va Si2B6 kabi birikmalari ma’lum.

Si + S = SiS (650 – 7000C)

Si + 2S = SiS2 (250 – 6000C)

Si + 2Э=SiЭ2 (8000C; Э=Se;Te; Ar atmosferasida)

3Si + 2N2 = Si3N4 (1200 – 15000C)

Kremniy HF bilan HNO3 aralashmasida, ishqor va ko‘pgina metallarning suyuqlantirilgan eritmalarida eriydi.

Si + M= MSi (suyuqlantirilganda: M=Na,K,Rb,Cs),

Si + 2M=M2Si(suyuqlantirilganda: M=Mg,Ca)

3Si + 4NH3= Si3N4 + H2 (1300 – 15000C)

Si + 2H2S = SiS2 + 2H2 (1200- 13000C)

Ishqorlar kremniy bilan reaksiyaga kirishib, vodorod va silikat kislota tuzlarini hosil qiladi:

Si + 2KOH + H2O→KSiO3 + 2H2

Si + 2NaOH + H2O→Na2SiO3 + 2H2

Kremniyning ko‘pgina metallar bilan hosil qilgan silitsidlari (Mg2Si, FeSi, Cr3Si) qiyin eriydigan elektr tokini o‘tkazuvchi materiallardan hisoblanadi. Bular xossalari jihatidan intermetall birikmalarni eslatadi.

Kremniy dioksid SiO2 tabiatda kvars holida uchraydi. Kvars ning tiniq, rangsiz kristallari olti qirrali piramidada joylashgan olti qirrali prizma shaklida bo‘lib to‘g‘ billuri deyiladi. Aralashmalar ta’sirida binafsha rangga kirgan tog‘ billuri ametist, qo‘ng‘ir rangli tutunsimon topaz deyiladi. Kvars ko‘rinishlaridan biri chaqmoq toshdir. Mayda kristall holdagi agat va yashma ham keng tarqalgan. Kvars ko‘pgina murakkab tog‘ jinslari (granit, gneys) tarkibiga kiradi.oddiy qum kvars ning mayda qismidir.

Kvars oddiy sharoitda suv bilan ta’sirlashmaydi, lekin bosim ostida qizdirilgan suvda 100оC dan yuqorida eriydi.Shu usullan foydalanib, sun’iy kvars ning monokristallari (30 sm va undan yuqori) o‘stiriladi. Kvars kislotalarda erimaydi,lekin HF bundan mustasno.

4HF + SiO2 →SiF4 + 2H2O (250 – 4000C)

SiF4 + 2HF→H2[SiF6]

SiO2 + 6HF = H2[SiF6] + 2H2O (t< 350C)

SiO2(aморф) + 4NaOH(конц)= Na4SiO4 + 2H2O

SiO2 + 2NaOH = Na2SiO3 + H2O (900 – 10000C)

SiO2(aморф) + 2Na2CO3(конц) = Na4SiO4 + 2CO2

SiO2 + M2CO3 = M2SiO3 + CO2 (11500C, M=Na, K)

SiO2 + 2F2 = SiF4 + O2 (250 – 4000C)

SiO2 + 2NaF + 4HF(конц) = Na2[SiF6] + 2H2O

3SiO2 +2Al2S3 = 3SiS2 + 2Al2O3 (1200 – 13000C)

SiO2 + Si = 2SiO (1100 – 14000C вак.)

SiO2 + C(конц) = SiO + CO (13000C. вак.)

SiO2 + 2 Mg = 2 MgO + Si (800 – 9000C, Ar atmosferasida)

Kvars toza kremniy, kvars shisha, silikalsit abraziv materiallari qimmatbaho toshlar tayyorlashda homashyo hisoblanadi.

Kvars shisha UB nurlarni o‘tkazadi, yuqori temperaturaga chidamli. Uning termik kengayish koeffitsiyenti juda kichik bo‘lib isitilganda yoki sovitilganda hajmi o‘zgarmaydi. Kvars shishani 15000C gacha qizdirib sovuq suvga tushirilganda unga hech nima qilmaydi. Oddiy shisha buyumlar bir oz qizdiriganda suv tomchilari ta’siriida darz ketadi. Kvars shisha kimyo sanoatida laboratoriya asboblarini yasashda ,o‘tga va kuchli reagentlarga chidamli idishlar, quvur (naycha) va reaktorlar tayyorlashda qo‘llaniladi. Tibbiyotda, kino, ilmiy ishlar va boshqa qator sohalarda keng qo‘llaniladigan simob lampalari ham kvars shishadan tayyorlanadi.

Silikat kislotalar umumiy formulasi nSiO2 mH2O bo‘lib, bu yerda n=1-2, m=1-2 ga teng. Erkin holda metasilikat kislota – H2SiО3, ortosilikat kislota H4SiO4 va dimetasilikat kislota – H2SiO5 ajratib olingan. Bular ikki negizli kuchsiz kislotalar hisoblanadi. To‘yingan suvli eritmalarida zollar hosil qiladi, pH >5 – 6 da bular gellarga aylanadi, quriganda silikagellar vujudga keladi. Yangi olingan gel suv,kislota va ishqorlarda ma’lum miqdorda eriydi. Silikat kislota suvda colloid eritma hosil qiladi. Silikat kislota tarkibidagi suvnng kamaya borishi uning suvda kislota va ishqorlarda eruvchanligi pasaya boradi.U qizdirilganda suv va silikat angidridga ajraladi. Silikat kislota silikatlarga HCl yoki NH4Cl ta’sir ettirib olinadi. Kremniyning poligalogenli birikmalari (SiCl4)gidrolizlanganda ham silikat kislota hosil bo‘ladi. Ishqoriy metallar silikatlari suvda eriydi.Bular eruvchan shishalar deyiladi. Eruvchan shishalar kvars ni ishqoriy metallar karbonatlari yoki gidroksidlari bilan qizdirib olinadi:

SiO2 + 2NaOH →Na2SiO3 + H2O

SiO2 + K2CO3→K2SiO3 + CO2

Molekulasida ikki va undan ortiq kremniy atomlari bo‘lgan kislotalar polisilikat kislotalar deyiladi.Bular oddiy silikat kislotaning kondensatlanishidan hosil bo‘ladi.Bunday kislota tuzlari polisilikatlar deyiladi.Silikat va polisilikatlarning tuzilishi rentgen nurlar orqali tekshirilganda kristall panjaralarda tetrayedr shakldagi SiО4-4 anionlari bir biri bilan kislorod atomlari orqali birikkanligini ko‘rsatadi.Tetrayedr markazida kremniy atomi joylashgan bo‘lib uning cho‘qqilarida kislorod atomlari turadi.Kristall tuzilishiga qarab silikatlar 6 ta sinfga bo‘linadi.Bular: yakka yakka ortosilikatlar, pirosilikatlar, siklik silikatlar, cheksiz zanjirlardan iborat bo‘lgan piroksin va amfibollar va boshqalar.

Turli tuproqlarning asosini kaolin tashkil qiladi. U oddiy dala shpati (ortoklaz) dan quyidagi reaksiya bilan olinadi.

K2O Al2O3 6SiO2 + CO2 + nH2O = K2CO3 + 4SiO2 (n – 2)H2O + Al2O3 2SiO2 2H2O

Toza kaolin juda kam uchraydi.Oq rangli kaolin toza hisoblanadi va ozgina kvars – qum aralashmasiga ega bo‘ladi.Toza kaolin chinni ishlab chiqarishda ishlatiladi.


Download 10,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish