Qarshi davlat universiteti kimyo kafedrasi noorganik kimyo fanidan



Download 10,98 Mb.
bet141/191
Sana31.12.2021
Hajmi10,98 Mb.
#267598
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   191
Bog'liq
Ноорганик кимё мажмуа

SinH2n+2 – polisilanlar.

Si2H6 + 4H2O(иссиқ) = 2SiO2 + 7H2

Si2H6 + 8NaOH(конц) = 2Na4SiO4 +7H2

2Si2H6 + 7O2(ҳаво) = 4SiO2 + SiO2 +6H2O

3Si2H6 + 14KMnO4 = 14MnO2 + 6SiO2 + 14 KOH + 2H2O

Sitallar. Bir guruh olimlar sanoat miqyosida metallurgiya sanoati tashlandiqlari hisoblangan shlakdan ajoyib xossalarni o‘zida mujassamlashtirgan yangi material – sitallni yaratdi. Qisman kristallangan shishasimon fazodan iborat sitall juda yuqori mexanik pishiqlik va kimyoviy chidamlikka egadir. Texnikada sitallar pirokeram va devitrokeram nomi bilan ham ma’lum. Mikrokristallar kattaligi 1mkm dan kichik bo‘ladi. Li2O – Al2O3 – SiO2 asosida tayyorlangan sitallar optic tiniq bo‘ladi. MgO - Al2O3 – SiO2 asosidagi radiotiniqlikka, Cs2O - Al2O3 – SiO2 asosidagisi esa issiqlikka chidamli bo‘lib, eritilgan metallarga nisbatan inert, radiatsiya ta’siriga befarq bo‘ladi.

Sitallardan truboprovodlar, kimyoviy reaktorlar,nasos detallari, filyeralar, taleskop uchun astroko‘zgular, elektroliz vannalari uchun futerovka materiallari, elektroizolyatorlar, korroziyaga chidamli qurilish konstruksiyalari va boshqalar tayyorlanadi. Fotositallar esa mikromodel plitalari, matbuot sxemalari panellari va fotoyelektron ko‘paytirgichlar tayyyorlashda ishlatiladi.



Seolitlar. Umumiy formulasi M2/n∙ Al2O3 ∙ xSiO2 ∙ yH2O bo‘lgan alyumosilikatlar bo‘lib, М – ishqoriy yoki ishqoriy yer metal , n – uning oksidlanish darajasi. Oddiy sharoitda bir xil tuzilishli bo‘shliqlar suv molekulalari bilan to‘lgan bo‘ladi. Suv bo‘shliqdan chiqarilib yana to‘ldirilishi mumkin.

Seolitlar boshqa moddalarni yutish (adsorbsiyalanish ) xususiyatiga ega. Bularning ba’zilari eritmalardagi ionlarning ekvivalent miqdoriga almashtirish xususiyatiga ega bo‘ladi. Seolitlar turli kattalikdagi molekulalarni ajratish xususiyatiga egaligi tufayli molekulyar elaklar sifatida foydalaniladi. Muhim seolitlardan biri natrolit – Na2[Al2Si3O10]∙2H2O bo‘lib, sanoat va xalq xo‘jaligining keng sohalarida ishlatiladi.

Sintetik seolit olish maqsadida natriy silikat va alyuminat aralashmasi 80-1000C da kristallanadi. Kristalitga 15 – 20 % yopishqoq loy qo‘shiladi va diametri 2 – 4 mm bo‘lgan seolit donalari tayyorlanadi.Kation almashinishi natijasida (CaCl2 eritmasida) natriyli birikmmasidan kaliyli birikmasiga o‘tish mumkin. Permutit nomli alyumosilikatlar bug‘ qozonlarida ishlatiladigan suvni yumshatish maqsadida qo‘llaniladi (suvdagi kalsiy o‘rnini natriy egallaydi):

2Na[AlSi2O6] + Ca+2 = Ca[AlSi2O6] + 2Na+

Hosil bo‘lgan kalsiyli permutit NaCl eritmasiga tushirsak, u qaytadan o‘zining dastlabki natriyli formasiga o‘tadi:

Ca[AlSi2O6] + 2NaCl = 2Na[AlSi2O6] + CaCl2

Seolitlarga ion almashtirgichlar deb qarash mumkin. Oddiy seolitlarda SiO2 ning Al2O3 ga mol nisbatani 1 dan 2 gacha bo‘ladi. Bu nisbat kislotalarga seolitlarda (yerionit, mordenit,klinoptilolitda) 6 dan 10 gacha bo‘ladi.Seolitlar moddalarni quritishda, aralashmalarni ajratish, ion aralashtirgichlar, katalizator sifatida qo‘llaniladi.


Download 10,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish