Qarshi davlat universiteti kimyo kafedrasi noorganik kimyo fanidan


Uglerodning olinishi va xossalari



Download 10,98 Mb.
bet137/191
Sana31.12.2021
Hajmi10,98 Mb.
#267598
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   191
Bog'liq
Ноорганик кимё мажмуа

Uglerodning olinishi va xossalari.

Qo‘zg‘almagan holda uglerod atomi 1s22s22p2 elektron formulaga ega. Unda valent elektronlardan ikkitasi juftlashgan. Bu holda uglerod atomi uchta kovalent bog‘ hosil qilishi mumkin: ulardan ikkitasi almashinish mexanizmi bo‘yicha, uchinchisi esa donor-akseptor mexanizmi bo‘yicha hosil bo‘ladi. Birinchi ikkitasi juftlashmagan elektronlar hisobiga, uchinchisi esa 2p - bo‘sh orbital hisobiga. Ana shunday bog‘lanish CO molekulasida kuzatiladi.

Uglerod atomining qo‘zg‘algan holatga o‘tishi 2s -elektronlaridan bittasini 2p-orbitalga o‘tishi bilan sodir bo‘ladi. Natijada qo‘zg‘algan atom 4ta singlet elektron bilan tavsiflanadi va 4 ta kimyoviy bog‘ hosil bo‘lishini ta’minlaydi. qo‘zg‘alish uchun zarur bo‘lgan energiya ikkita qo‘shimcha kovalent bog‘lanish hosil bo‘lishi hisobiga konpensatsiyalanadi. d-orbitali bo‘lmaganligi uchun uglerodning maksimal valentligi 4ga teng bo‘ladi.

Uglerod atomlari orasidagi (-bog‘ning puxtaligi boshqa gomoatomli bog‘larning ichida eng puxtasi. Uning gomozanjirli birikmalarini ko‘pligi shu bilan tushuntiriladi.

Uglerod tabiatda nisbatan ko‘p tarqalmagan. Uning ulushiga 0,1 mas.% to‘g‘ri keladi. Shunga qaramay uglerodni tirik va o‘lik tabiatda o‘rni katta.

Oddiy modda sifatida tabiatda uning uch xil modifikatsiyasi mavjud-olmos, grafit va karbin. Ularning uchchalasi ham uglerodning xar xil kristallokimyoviy tuzilishga ega bo‘lgan gomoatomli birikmalari. Amorf uglerod (saja, ya’ni qurum) uglerodning aloxida allotropik shakli emas. U xar xil oriyentirlangan mayda grafit kristallardan iborat.

Olmos - rangsiz tiniq, nurni kuchli sindiradigan modda. U tabiatda topilgan barcha moddalardan qattiq, mo‘rt. Olmosda uglerod atomlari sp3 gibridlangan orbitallar orqali bog‘langan.

Grafit - oddiy sharoitda barqaror bo‘lgan uglerodning allotropik shakl o‘garishi. U kulrang - qora rangga ega bo‘lib metallik yaltiroqlikka ega bo‘lgan yumshoq modda. Grafitda uglerod atomi sp2 gibridlangan. Atomlar orasidagi bog‘lanish kovalent xarakterga ega. Bog‘lanish burchagi 1200 . Oltiburchakka perpendikulyar ravishda benzoldagi kabi р-р bog‘lanish bo‘ladi va uning elektr o‘tkazuvchanligi, metallik yaltiroqligi shu bilan tushuntiriladi.

Karbin - qora mayda kristallardan iborat bo‘lgan poroshok. Unda xar bir atom sp - gibridlangan holda bo‘ladi. 8000da grafitga aylanadi.

Kimyoviy jixatdan olmos va grafit odatdagi sharoitda inert moddalar. Ishqor va kislotalarning ta’siriga barqaror. Karbinning reaksiyaga munosabati olmos va grafitga nisbatan faolroq. Uglerod amorf holatda osonroq yonadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri uglerod galogenlardan faqatgina ftor bilan reaksiyaga kirishadi. Yuqori temperaturada u oltingugurt va azot bilan reaksiyaga kirishadi.

Havoda «amorf» uglerodni yoqilsa kislorod bilan oson reaksiyaga kirishadi:

СО2  СО2 94ккал

Olmos va grafit 700 - 8000С da yonadi. Laboratoriyada СО2 ni СаСО3 ga НСl ta’sir ettirib olinadi:

CaCO32HClCaCl2CO2Н2О

СО2 molekulasi chizig‘li ОСО tuzilishga ega. Rangsiz, nordon ta’mga ega gaz. Odatdagi sharoitda 60 atm. bosimda rangsiz suyuqlikka aylanadi. CО2 da kislorodga moyilligi ugleroddan katta moddalargina yonadi. Masalan:

СО22Mg  2MgOC194ккал

Havoda 0,03% СО2 bor. Suvda deyarli yaxshi eriydi: (1:1 nisbatda). Bunda qisman karbonat kislotasi hosil bo‘ladi:

Н2ОСО2 Н2СО3

Ammo reaksiya chapga kuchli siljigan, СО2 ning suvdagi eritamsida quyidagicha muvozanat mavjud:

Н2ОСО2 Н2СО3 Н  НСО-3 СО32-

Qizdirilganda СО2 uchib ketadi va muvozanat chapga, ishqor qo‘shilganda esa H+ ionlari bog‘lanib, o‘ngga siljiydi .

Ikki asosli kislota bo‘lganligi uchun ikki qator tuz hosil qiladi: o‘rta (СО32- anioni bilan) va nordon (HCO3- anioni bilan).

Uglerod uchun xarakterli oksidlardan yana biri is gazi (СО). U qizilgan С bilan СО2 ning reaksiyasi natijasida hosil bo‘ladi:

СО2 С41ккал  2СО

Bu reaksiya qaytar bo‘lib 4000 С da to‘la-to‘kis chapga, 10000С dan yuqorida o‘ngga siljigan. Oz miqdordagi СО ni chumoli kislotasini parchalab olish mumkin:

НСООН  Н2О  СО

Is gazi rangsiz, suvda kam eriydigan va u bilan reaksiyaga kirishmaydigan gaz. СО ishqor va kislotalar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Juda ham zaharli. Kimyoviy jihatdan СО ko‘proq birikish reaksiyasiga uchraydi va qaytaruvchi vazifasini o‘taydi. Yuqori temperaturada СО

СО Сl2CОCl2 27 ккал kislorod, xlor, oltingugurt, ba’zi metallar bilan reaksiyaga kirishadi. Havoda СО 7000С da ko‘kimtir rang berib yonadi. Katalizator ishtirokida xlor bilan fosgen hosil qiladi:

Fosgen rangsiz, o‘ziga xos xidli, juda ham zaxarli gaz. Suvda kam eriydi, ammo asta - sekinlik bilan parchalanadi.

СОСl22Н2ОН2СО3 2НСl

CO ba’zi metallar bilan to‘g‘ridan-to‘ g‘ri reaksiyaga kirishadi. Natijada metallarning karbonillari hosil bo‘ladi (Fe(CO)5; Ni(CO)4; Mo(CO)6 va boshqalar).

Uglerodning oltingugrt bilan reaksiyasi endotermik reaksiya:

С2S21 ккал  СS2

СS2 uchuvchan, rangsiz suyuqlik. Suvda erimaydi va u bilan reaksiyaga kirishmaydi. Uning bug‘lari zaharli va oson yonib ketadi:

СS2  3О2 СО22SO2264ккал

U yog‘larni, smolalarni yaxshi eritadi. Uglerodning azotli birikmalaridan eng ahamiyatlisi vodorod sianid (HCN). У СО va ammiakdan olinadi:

CONH311ккал  H2OHCN

Vodorod sianid uchuvchan, rangsiz suyuqlik. Suv bilan xar qanday nisbatda aralashadi va sianid kislotasini hosil qiladi. Kislota xossasi nixoyatda kuchsiz. Shuning uchun tuzlardan osongina ajratib olinadi. Kislota ham, uning tuzlari ham nihoyatda zaharli. Kumush sianidini 3500С da qizilsa sian yoki ditsian ajraladi:

2AgCN(CN)22Ag

U rangsiz, zaharli gaz. Kimyoviy xossa jihatidan galoidlarga o‘xshaydi. Bunda galoid rolini bir valentli radikal CN bajaradi.

Kaliy sianidni oltingugurt bilan qo‘shib qizilsa rodanid kislotasining tuzi hosil bo‘ladi:

KCNSКCNS22 ккал

Erkin holdagi НCN рангсиз газ , -900С da suyuq, -1100С da oq kristall massa. Gaz holidagi molekulalar, suyuq va qattiq holda polimer. Uning ko‘pgina tuzlari rangsiz, odatdagi sharoitda suvda yaxshi eriydi.

Uglerodning galoidli birikmalari СG4 umumiy formulaga ega. Elementlar birikishidan faqatgina ftor bilan biriktirib hosil qilinadi. Boshqalari esa bilvosita usullar bilan olinadi. Ularning ichida eng ahamiyatlisi uglerod tetraxlorid. Suvda erimaydi. Kimyoviy jihatidan inert modda. Odatdagi sharoitda ishqorlar bilan ham, kislotalr bilan ham reaksiyaga kirishmaydi. Yaxshi erituvchi vazifasini o‘taydi.




Download 10,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish