H2HPO3 + 2AgNO3 + H2O = H3PO4 + 2Ag + 2HNO3
Kuchli qaytaruvchilar ishqoriy yer metallari, rux va magniy ta’sirida, fosfit kislota fosfingacha qaytariladi:
H2HPO3 + 3Zn + 3H2SO4 = 3ZnSO4 + PH3 + 3H2O
Fosforning (V) birikmalari. P2O5 - oq kristall modda. U oson bug‘lanadi (bug‘lanish harorati 359 оС), va P4O10 tarkibli molekular kristall panjara hosil qiladi.
5-rasm. Fosfor (Y) oksid molekulasining tuzilishi.
P-О- bog‘larining uzunligi 0,162 nm bo‘lsa, P=О bog‘lari qisqaroq va 0,139 nm ga teng (5-rasm). Bundan tashqari polimer shakl o‘zgarishi P2О5 ham ma’lum. U ancha yuqori suyuqlanish haroratiga ega (suyuql. harorati taxminan 580оС) va kimyoviy faolligi kamroq. P2О5 suv bilan shiddatli ta’sir etib fosfat kislota hosil qiladi. Shuning uchun undan gazlarni quritishda foydalaniladi. Agar fosfor(V) oksid sovuq suv bilan ta’sir etsa metafosfat kislota hosil qiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |