mashg‘ulot
Nerv tolasining kо‘ndalang kesimi.
Nerv tolalari deb glial parda bilan о‘ralgan nerv xujayralarining о‘simtalariga aytiladi.
Ushbu nerv tolalari pardalarining tuzilishiga kо‘ra ikki gruppaga bо‘linadi:
Miyelinsiz nerv tolalari.
Miyelinli nerv tolalari
Miyelinsiz nerv tolasini kо‘rish uchun preparat gemotoksilin va eozinga bо‘yalgan miyelinsiz nerv tolasidan tayyorlanadi. Nerv tolasi tarkibida bog‘lam hosil qilib joylashgan uzun neyrofibrillar kо‘rinadi. Bunda nerv tolasi о‘q qismdan iborat bо‘lib, unda miyelin qavat bо‘lmaydi. Mikroskopni katta obyektiviga qо‘yib kо‘ringanda nerv qavati bо‘lmaydi. Mikroskopni katta obyektiviga qо‘yib kо‘rilganda nerv tolasining yupqa parda о‘rab turishini kо‘ramiz. Bu Shvann pardasidir. Parda nerv tolasiga yopishgan bо‘lib, yumaloq
yadrosi tо‘q rangga bо‘yalgan. Parda qalinligi yadro qalinligi bilan bir xil. Miyelinsiz nerv tolalari odatda vegetativ nerv sistemasini tashkil qiladi.(17-rasm)
Mikroskopdan yaxshi qaralganda о‘q silindr taraqqiyot davomida neyrolemmosit ichiga botib kiradi va uning devoridan chuqurcha hosil qiladi. Chuqurchaning devorlari о‘q silindrni hamma tomondan о‘rab oladi va uning yon devorlari birlashib ikki membranali tuzilma – mezoksonni hosil qiladi.
17- rasm. Miyelinsiz nerv tolasining elektron mikroskop tuzilish sxemasi.
1- О‘q silindrdan, 2-lemmositlar, 3-lemmosit qobig‘i, 4-undan hosil bо‘lgan burmalar, 5- lemmosit sitoplazmasi, 6-lemmosit yadrosi (I.Badalxо‘jayev, 2006)
20-mashg‘ulot Miyelinli nerv tolalari.
Miyelinli nerv tolalari uzun ipsimon tuzilishga ega bо‘lib, bu tolalar miyelinsiz tolalarga qaraganda ancha yо‘g‘on va ularning diametri 1-20 mkm.ga yetadi.
Mikroskopning kichik obyektivida miyelinli nerv tolasining tutamlar va alohida tolalari kо‘rinadi. Shularning ichida alohida turgan uzilmagan tolani tanlab olib, uni oxirigacha kuzatish kerak. Bunday tolaning yо‘g‘onligi hamma joyda bir xil emas. Turli intervallarda oraliqlarida u ingichkalashadi. Bu joylarni tо‘siqlar yoki Ranvye tо‘siqlari deyiladi. Miyelinli nerv tolalariga osmiy kislotasi bilan ta’sir qilganda uning miyelin qismi qora yoki tо‘q jigarrangga bо‘yaladi, chunki uning tarkibida lipid va oqsil moddalar bor. Pardaning miyelinli
qismi ma’lum bir masofada uziladi. Bularni yuqorida aytganimizdek, Ranvye bо‘g‘iqlari yoki tugun bо‘g‘iqlari deb atalib, ular qо‘shni neyrolemmositlar chegarasida joylashadi. Bо‘g‘iqlar orasidagi miyelin qavatda oz yoki kо‘p miqdorda qiya joylashgan chiziqlar Shmidt – Lanterman kertiklari bor. Bu kertiklar miyelin qavatdagi oqsil va lipidlarning о‘zaro ma’lum bir tartibda joylashishi tufayli sodir bо‘ladi. О‘z taraqqiyoti davrida bо‘lg‘usi miyelinli nerv tolasining о‘q silindri, miyelinsiz nerv tolasi kabi Shvann xujayralari tizimchasiga botib kiradi.
a.
18- rasm. a. Miyelinli nerv tolasining tuzilishi. Baqaning о‘tirg‘ich nervi
1-О‘q silindr (akson), 2-miyelinli qobiq, 3-lemmosit, 4-Ranve bо‘yini, 5-lemmosit yadrosi, 6- Shmidt Lanterman о‘yiqlari, 7-tashqi qobiq
A va V. Nerv tolalarining tuzilshi sxemasi
A. Miyelinli nerv tolasi, V-Miyelinsiz nerv tolasi
1-о‘q silindrlar, 2-mikronaychalar va neyroflamentlar, 3-mitoxondriyalar, lemmositlar, 5- mezakson, 6-miyelinli qobiq о‘yiqlari, 7-bо‘yin, 8-lemmositlarning panjasimon birikishi, 9- miyelinli qobiq, 10-bazal membrana (I.Badalxо‘jayevdan, 2006)
Do'stlaringiz bilan baham: |