Nerv tо‘qimasi.
Nerv xujayrasi har xil tashqi va ichki ta’sirlarni qabul qilib, uni impulsga aylantirish va xujayra о‘simtalari orqali uzatib berish xususiyatiga ega. Odam va hayvonlar organizmda uchraydigan neyronlar о‘zidan chiqaradigan о‘simtalarining soniga qarab:
Unipolyar – bir qutbli ya’ni bir о‘simtali neyronlar.
Bipolyar - ikki qutbli ya’ni ikki о‘simtali neyronlar.
Multipolyar – kо‘p qutbli, ya’ni kо‘p о‘simtali neyronlar.
Nerv tо‘qimasi xujayralarini tuzilishini о‘rganishimiz uchun preparatni ot kо‘zining tо‘r pardasidan tayyorlangan preparatda kо‘ramiz. Buning uchun mikroskopni kichik obyektivida qaralganda kо‘zning tо‘r pardasi kо‘riladi. Kо‘p tarmoqli multipolyar neyronlar eozin bilan pushti rangga bо‘yalgan. Neyrondan chiqqan о‘simtalarining bittasi akson, qolganlari dendritlardir.
mashg‘ulot Neyrogiyalar.
Neyrogiyalar nerv tо‘qimalaridagi yordamchi struktura elementlaridir. Ularni asosiy vazifasi nerv tо‘qimalarida tayanch chegaralab turish, gomeostatik himoya va trofik vazifalarni bajaradi va ektodermadan rivojlanadi. Neyrogiyalar asosan ikkiga bо‘lib о‘rganiladi:
Makrogliya va mikrogliyaga.
Makrogliya esa о‘z navbatida bir necha xil bо‘ladi.
Ependimogliya, astrositlar, oligodendrogliyalarga. Bulardan astrogliya ham asosan ikkiga bо‘linadi: protoplazmatik va tolali astrositlar. Protoplazmatik astrositlar ular markaziy nerv sistemasining kulrang moddasida bо‘ladi. Hujayra tanasi dumaloq yoki oval shaklida bо‘lib, sitoplazmasida dumaloq yadrosi va yadrochasi bо‘ladi. Astrosit tanasidan har tomonga kо‘plab yо‘g‘on, ammo kalta daraxtsimon shoxlangan о‘simtalar chiqaradi. Shuning uchun uning nami qisqa shulali astrositlar deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi chegaralab turi shva tayanch vazifalarini bajaradi. Tolali astrositlar bular markaziy nerv sistemasining о‘q moddasi tarkibida uchraydi. О‘zidan uzun va kalta о‘simtalar chiqaradi. Bularda uchrovchi uzun о‘simtalarni uchi biroz kengayib kapillyar qon tomirlarga, kaltalari esa bosh miyaning yumshoq pardasiga borib tutashadi. Shu yerga u xujayra membranasi bilan chegaralab turishi vazifasiga о‘taydi.
Ependimaning xujayralari bir qator bо‘lib joylashadi va prizmatik yoki kubsimon shaklga ega bо‘ladi. Ependimositlarning bazal qismi ingichkalashadi va о‘sha joydan sitoplazmatik о‘simtalar hosil bо‘lib, ular nerv tо‘qimasi ichiga kiradi. Ependimositlarning о‘simtalari bir-birlari bilan birikib, tо‘rni hosil qiladi. Ependimositlarning orqa miya kanal iva miyachaning bо‘shlig‘iga qaragan apikal qismida, har bir xujayrada taxminan 40 tagacha kiprikchalar bо‘lib harakatlanishida ishtirok etadi. Bundan tashqari mikrogliya markaziy nerv sistemasida tarqoq, yakka holda joylashgan, uncha uzun bо‘lmagan bir necha о‘simtali mayda xujayralardan tashkil topgan. Ular qon tomirlar atrofida fagositoz vazifasini bajaradi. О‘simtalari yordamida kо‘chib yurish xususiyatiga ega, yadrosi dumaloq, bitta yadrochasi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |