17-mashg‘ulot
Yurakning kо‘ndalang yо‘lli muskul tо‘qimasi.
Yurakning kо‘ndalang yо‘lli muskul tо‘qimasi silliq muskullarga о‘xshab, ritmik ravishda qisqarib charchamaydigan xususiyatga ega. Bu muskul xujayralari tarkibi ham shunga moslangan. Innervasiya ham odam yoki hayvonlar ixtiyoriga bog‘liq emas, markaziy bosh miya orqali muttasil boshqarilib turiladi. Zamonaviy elektron mikroskoplarda olib borilgan tadqiqotlar natijasida yurak muskulli о‘ziga xos nozik mikroskopik tuzilganligi bilan boshqa muskullardan
oz miqdorda farq qiladi. Bu muskul tolachalardan emas, balki zanjirsimon shaklida bir-biriga birikib ketgan uzun muskul xujayralardan tarkib topgan.
Yurak muskul tо‘qimasini kо‘rish uchun qо‘yning yuragidan foydalaniladi. Mikroskopni kichik obyektivida yurakni devori uchta qobiqdan tuzilganligi kо‘rinadi. Ichki qobiq endokard bо‘lib, uning yuzasini endoteley qoplab turadi. Uning ostida g‘ovak biriktiruvchi tо‘qima joylashadi. Yurakning qobig‘ini asosiy qismini muskulli qobiq miokard tashkil etadi. U tuzilishiga kо‘ra kо‘ndalang targ‘il muskul xujayralaridan mitositlaridan tuzilgan. Bularni orasida esa tipik muskul xujayralari deb ataladigan qisqartiruvchi muskul xujayralari va yurakning о‘tkazuvchi sistemasi deb ataladigan muskul xujayralari farq qiladi.
О‘tkazuvchi sistema xujayralari tipik muskul xujayralari deyiladi. Yurak miositlari uzunasiga kesilganda deyarli tо‘rt burchak shaklida bо‘lib, markazida oval shaklli yadro joylashadi. Sarkoplazmaning skeleti qismlarda miofibrill tutamlari bо‘ladi. Yurak miositlari zanjirsimon joylashadi. Yonma-yon zanjirlar bir-birlari bilan tutashib anastomoz tо‘rini hosil qiladi. (16-rasm)
Anastomozlar orqali esa miofibrillar bir toladan ikkinchi tolaga о‘taveradi. Bu yurak muskuli tolalari kо‘ndalangiga kesib о‘tuvchi oraliq plastinkalar bо‘laklarga bо‘ladi. Oraliq plastinkalar yonma-yon turgan miositlar chegarasi yoki umumiy membranasida ular ba’zan yonma-yon turgan bir necha muskul tolalarida zinapoya shaklida joylashadi. Har bir miosit miofibrillalari oraliq plastinklar desmasomalarida tugaydi.
16-rasm. Yurak muskulining tuzilishi.
A. Ishchi va о‘tkazuvchi yurak muskul tо‘qimasi. 1-ishchi yurak muskul tolasi, 2-miositlar, 3 - oraliq plastinkalar, 4-limfa kapilyarlar, 5-bо‘shliq, 6-о‘tkazuvchi miositlar, 7 - g‘ovak biriktiruvchi tо‘qima,
V. Yurak-muskul hujayralari oralig‘idagi plastinka.
sarkolemma, 2-oraliq plastinka, 3-mioprotofibrillalarning tugash joyi, 4-mitoxondriyalar, 5- mioprotofibrillalar, 6-A disk, 7- I disk, 8-sarkoplazma. (I.Badalxо‘jayevdan, 2006)
Do'stlaringiz bilan baham: |