Qarshi davlat universiteti kasbiy ta’lim fakulteti norqobilova Buviholning



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/37
Sana21.07.2022
Hajmi1,37 Mb.
#834406
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
Bog'liq
kasb-hunar kollejlarida tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi fani boyicha amaliy mashgulotlarni modulli texnologiya asosida loyihalash

 
 
 
 
 
 
 


15 
II-bob. Kasb-hunar kollejlarida amaliy mashg‘ulotlarni
modulli texnologiya asosida loyihalash. 
2.1 Kasb-hunar ta’limida o’quv jarayoni 
samaradorligini ta’minlash yollari

Ta‘lim-inson bilish faoliyatining eng murakkab turlaridan biri hisoblanadi. 
O’qituvchi ta‘lim jarayonida faqat bilim berish bilan cheklanmaydi, balki bu 
jarayonda o’quvchiga ta‘sir ko’rsatadi, bu esa ularning bilim olishlarini yanada 
faollashtiradi, natijada o’quvchi ta‘lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi. 
Ta‘lim berish uchun o’qituvchi mutaxassis sifatida o’z fanini chuqur bilishi, 
pedagogik mahorat, muloqat ustasi bo’lishi zarur.
Ta‘limning 
asosiy 
vazifasi
shaxsni 
ilmiy 
bilimlar,
ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat. 
Ta‘lim orqali yosh avlodga insoniyat tajribasi to’plagan bilimlar beriladi, 
zaruriy ko’nikma va malakalar hosil qilinadi, bundan tashqari ularda dunyoqarash, 
axloqiy-ma‘naviy sifatlar, e‘tiqodlar, qobiliyatlar shakllanadi. 
Ta‘lim jarayonida bilim, ko’nikma va malakalar bir-biri bilan uzviy 
bog’lanadi, bunda bilimlar yetakchi rol o’ynaydi. 
Ta‘lim-
o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini egallash bo’yicha 
o’quv-bilish faoliyatini tashkil qilish, ularning tafakkur va qobiliyatlarni o’stirish, 
dunyoqarash, ma‘naviy sifatlari, axloqiy, estetik madaniyatni shakllantirishga 
qaratilgan pedagogik jarayondir [7]. 
Ta‘lim jarayonida o’quvchi faqat bilim berish bilan cheklanmaydi, balki bu 
jarayonda o’quvchi, o’quvchiga ta‘sir ko’rsatadi, unga tarbiya ham beradi, 
ma‘naviy axloqiy sifatlarini shakllantiradi. Ta‘limdagi yutuqlar avvalo 
o’qituvchiga bog’liq, mutaxassis sifatida u o’z fanini chuqur bilishi, pedagogik 
muloqot ustasi bo’lishi, pedagogik psixologik va metodik bilim va malakalarni 
egallagan bo’lishi, pedagogik ta‘sir ko’rsatishning maqbul usul va vositalarini 
tanlab olish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak [20]. 
Ta‘lim, o’qituvchi va o’quvchilarningbirgalikdagi faoliyati bo’lib, u ikki 
tomonlama xarakterga ega. Ya‘ni unda ikki tomon-o’qituvchi va o’quvchi faol 


16 
ishtirok etadi. O’qituvchi aniq maqsadni ko’zlab, reja va dastur asosida bilim, 
ko’nikma va malakalarni singdiradi, o’quvchi o’quvchi esa faol o’zlashtirib oladi. 
“Ta‘lim to’g’risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul 
qilingach, mamlakatimizdagi yangi tipdagi ta‘lim maskanlari- akademik litseylar 
va kasb-hunar kollejlari yuzaga keldi. 
Kasb-hunar kolleji - o’quvchilarning o’zlari tanlagan yo’nalishlari bo’yicha 
bir yoki bir necha zamonaviy kasb egallash imkoniga ega bo’ladigan ta’lim 
muassasisidir. Kollejlar oldingi bilim yurtlaridan ham mazmunli va shakli bilan 
tubdan farq qiladi. Bular quyidagilar: Qabul qilish tanlov, test asosida bo’ladi, 
o’quv jarayoni mazmuni, tashkil etilishi, bitiruvchilar bir necha kasb egasi , ustasi, 
kichik mutaxassis bo’lib o’qishni tomomlaydilar. O’quv jarayoni jahon 
andozalariga mos keluvchi ta‘lim standartlari, zamon talablariga javob beruvchi 
o’quv rejasi, dasturlar asosida tashkil etiladi. Kollej pedagoglarning savyasi 
yuqoriligi va pedagogik texnologiyalarning yangiligi bilan ham farq qiladi . 
Kasbiy ta‘lim-insonni o’zi tanlagan tor yo’nalishdagi mehnat faoliyatiga 
xizmat qiluvchi, o’quvchilarni hozirgi zamon ishlab chiqarishi asoslari, uning 
texnologiyasi haqidagi bilimlar sistemasi bilan qurollantirishni ta‘minlaydi, hamda 
inson faoliyatining turli sohalarida zarur bo’lgan mehnat ko’nikma va malakalarni 
egallab olishni nazarda tutadi. Bu esa har tomonlama yetuk yoshlarni, malakali 
kadrlarni tayyorlashga imkoniyat yaratadi [3]. 
Ayni paytda mavjud kasb-hunar kollejlari zamonaviy tipda qurilgan bo’lib,
yangi adabiyotlar bilan ta’minlangan kutubxonalar, o’qitish qurollari,texnik 
vositalar va kompyuterli sinfxonalar bilan to’liq ta’minlangan va zamon 
talablariga mos mutaxassis kadrlar tayyorlashning barcha imkoniyatlari mavjud. 
Ammo, maxsus fanlar bo’yicha o’quv – uslubiy majmualarning yetarli 
darajada ishlab chiqilmagani, darslarda an’anaviy ta’lim salmog’ining yuqori 
ekanligi, 
o’quvchilarni 
qiziqtiradigan 
ta’lim 
metodlaridan 
yetarli 
foydalanilmayotgani, maxsus fanlar bo’yicha fan mavzularining oldindan 
loyihalangan ta’lim texnologiyalarining to’liq ishlab chiqilmagani va amaliyotga 
qo’llanilmayotgani kabi ba’zi muammolar kasb-hunar ta’limi samaradorligini 
oshirish uchun soha oldida bir qancha dolzarb vazifalar borligini ko’rsatadi.


17 
Bo’lajak mutaxassisning har tomonlama kamol topishda ta’lim jarayoni asosiy 
tayanchi hisoblanar ekan, uni samarali tashkil etish, zamonaviy pedagogik va 
axborot texnologiyalarini joriy etish, o’quv jarayonini zarur o’qitish vositalari, 
manbalari va o’quv -uslubiy majmualar bilan ta’minlash muhim. 
Fikrimizcha, kasb – hunar kollejlarida ta’lim jarayonining samaradorligi:
-
o’quv-tarbiyaviy jarayonining o’quv-uslubiy ta’minoti; 
-
o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish sifati; 
-
о‘qituvchi va о‘quvchilarning muayyan maqsadga qaratilgan birgalikdagi 
faoliyati uchun tanlangan ta’lim metodlarining to’g’riligi va mavzu 
mazmuniga mosligi hamda shu asosda ishlab chiqilgan dars ishlanmalari 
va didaktik materiallarning mavjudligi va amalda qo’lanish darajasi; 
-
o’qituvchilarning ilmiy salohiyati, kasbiy mahorati, bilimi va tajribasi; 
-
kollejda axborot va pedagogic texnologiyalardan foydalanish darajasi va 
samaradorligi kabi bir qancha omillarga bog’liq [29].
Kollejning moddiy texnik bazasini rivojlantirish va maxsus fanlarning o’quv 
amaliyot xonalarini zarur jihozlar bilan ta’minlash va ulardan samarali foydalanish 
ta’lim sifatini oshirish alohida e’tibor qaratish lozim. Hozirgi vaqtda maxsus 
fanlarni o’qitish samaradorligini oshirishda, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, 
o’qitishning interaktiv usullari, xorijiy mamlakatlarning yetuk mutaxassislari va 
malakali 
pedagoglarni 
tajribalaridan 
foydalangan 
holda 
tashkil 
etish, 
o’quvchilarning kasbiy bilim va ko’nikmalarini shakllantirishda mustaqil ishlash 
muhitini yaratadigan, har bir o’quvchining bilish imkoniyatlarini hamda ijodiy 
qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltiriladigan zamonaviy o’qitish metodlarining 
ahamiyati katta. 
Kasb- hunar kollejlari o’quv jarayonini uslubiy ta’minotiga tegishli: ishchi 
o’quv reja, fan bo’yicha ishchi o’quv dasturi, DTS(Davlat ta’lim standartlari), 
taqvim-mavzu reja, o’quv-uslubiy majmualar, amaliy va tajriba ishlarini bajarish 
uchun uslubiy ko’rsatmalar, mustaqil ishni bajarish uchun uslubiy yoki o’quv 
qo’llanma, ko’rgazmali qurollar, stendlar, jadvallar, grafiklar, chizmalar va 
plakatlar, jihozlar va asbob-uskunalar, ta’limning texnikaviy va axborot vositalari, 


18 
kompyuter, proektorli videoko’z, kodoskop, videomagnitafon, o’quv adabiyotlari 
va boshqalar bilan ta’mnlash muhim [8,29]. 
Kollej o’quvchilarining amaliy malaka va ko’nikmalarini shakllantirish 
uchun ishlab chiqarish ta’limi darslari, ishlab chiqarish amaliyotlarini to’g’ri va 
samarali tashkil qilish zarur. Mutaxassislikka oid kasbiy ko’nikma va malakalarni 
shakllantirish amaliy ta’limning asosiy vazifasidir. Amaliyot uchun ishlab 
chiqarish muassasalarini to’g’ri tanlash, amaliyot rahbarlari, yetakchi 
mutaxassislarning o’zaro hamkorligi, dastur talablarini to’liq bajarish 
mutaxassislarni sifatli tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. 
Kasb-hunar ta’limi o’qituvchilarining malakasini doimiy ravishda 
oshirishni tashkil etish, ularni yangi zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish, 
pedagogic va kasbiy mahoratini oshirib borish, malaka oshirish muassasalarining 
faoliyatini zamonaviy ta’lim talablariga muvofiqlashtirish ta’lim samaradorligini 
ta’minlashga xizmat qiladi.
Yuqorida keltirilgan tadbirlar mamlakatimiz uchun har tomonlama yetuk
ijodkor, bilimdon kichik mutaxassislarni tayyorlab berishga zamin yaratadi. 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish